• Yakob Grimm.
  • Qiyosiy – tarixiy tilshunoslik (komparativistika) Reja




    Download 29.18 Kb.
    bet3/4
    Sana22.04.2022
    Hajmi29.18 Kb.
    #20128
    1   2   3   4
    Bog'liq
    KOMPARATIVISTIKA
    Axborot Xavfsizligi 465 ( дилшода2), FOYDALI MANBALAR , 27 02 2023 й 2022 2023 йилнинг 1 чорак хисобати, Mikroprotsessor tushunchasi, Sonli qatorning asosiy tushunchalari. Qator yaqinlashishining zaruriy shartlari. Yaqinlashuvchi qatorlar va ularning xossalari. Garmonik qatorlar. Musbat hadli qatorlarni taqqoslash teoremalari., Ikkinchi tartibli egri chiziqlar, Солиев Бекзод ТЖИЧАБ 353-19
    Rasmus Rask. F.Bopp bilan deyarli bir vaqtda, ammo unga mutlaqo bog`liq bo`lmagan holda hind-Evropa tillarining qiyosiy-tarixiy tadqiqi bilan daniyalik buyuk tilshunos prof. Rasmus Xristian Rask ham shug`ullandi.
    R.Rask 1811 yilda «Island tili bo`yicha qo`llanma» nomli birinchi ishini e`lon qildi. Ushbu tadqiqotidayoq F.Boppdan ham oldin grammatik ko`rsatkichlarni, ayniqsa, qo`shimchalarni qiyoslashning muhimligini aytib o`tdi. Ayni vaqtda u, Bopp g`oyalarini to`ldirgan holda, leksik qiyoslashga ham katta ahamiyat berdi va bu jarayonda dastavval eng zaruriy tushunchalar, hodisalar va predmetlar bilan bog`langan leksikani hisobga olinishini to`g`ri ta`kidladi.
    1818 yilda R.Raskning «Qadimgi shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi» nomli asosiy asari e`lon qilindi. U tadqiqotda german, litva, slavyan, lotin va grek tillarining qarindoshligini isbotlab berdi.
    Ushbu asarning 2-qismi «Frakiy tili haqida» nomi bilan 1822 yilda nashrdan chiqdi. Ishda island tilining o`rnini belgilagan holda uning got tillari guruhiga va frakiy (grek va lotin) tillariga bo`lgan munosabatini o`rganadi.
    R.Rask asarlarida so`zlarning o`z ma`nolarini o`zgartirishi mumkinligiga e`tibor beradi. Shuningdek, tub va o`zlashgan so`zlarning o`ziga xos xususiyatlarini qayd etadi, lisoniy hodisalarni tadqiq qilishda so`zni mukammal morfologik tahlil qilish lozimligini tavsiya qiladi.
    U boltiq tillari slavyan tillari bilan ma`lum bog`liqlikka ega bo`lsa-da, ammo ayni tillar hind-Evropa tillarining mustaqil shahobchasi, tarmog`i hisoblanadi, degan haqqoniy fikrni birinchi bo`lib ilgari suradi.
    R.Rask, F.Boppdan farqli, hind-Evropa tillarini boshqa til oilalari (masalan, kavkaz-yafetik tillari va Indoneziya tillari) bilan qorishtirmaydi. Shuningdek, u o`z tadqiqot-larida sanskrit tiliga murojaat qilmaydi.
    Xullas, R.Rask tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy metodning va germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o`rinni egallaydi.
    Yakob Grimm. Mashhur nemis tilshunosi Yakob Grimm (1785-1863) qiyosiy-tarixiy metod yordami bilan german tillarini tadqiq qildi. Ya.Grimmning to`rt tomdan iborat «Nemis grammatikasi» asari tilshunoslik tarixida muhim o`rin tutadi. U ushbu salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa barcha german tillari bilan qiyoslagan holda beradi.
    Asar 1- tomining birinchi nashri 1819 yilda, mazkur tomning butunlay, tubdan o`zgargan ikkinchi nashri 1822 yilda chop etiladi. Ayni tomdan german tillarining tarixiy fonetikasi hamda german tillaridagi undoshlarning siljishi, «ko`chish» qonuni o`rin olgan. Ya`ni Ya.Grimm (R.Rask, Ya.Bredsdorflar kabi) undoshlarning siljishini isbotlab beradi. Masalan, hind-Evropa tillarining nafas tovushlari (yoki nafas bilan aytiladigan tovushlar) yoki portlovchi undoshlar bh, dh, gh – german tillaridagi b, d, g tovushlariga o`zgargan-siljigan, ko`chgan yoki hind-Evropa tillariga oid b, d, g – german tillarida r, t, k ga; hind-evropacha r, t, k – germancha f, th, h ga siljigan, ko`chgan, o`tgan.
    Ushbu jarayon fonetik qonunlarning tan olingan dastlabki, birinchi namunasi edi. «Nemis grammatikasi» asarining barcha tomlari 1837 yilda yakunlandi.
    Ya.Grimmning «Nemis tili tarixi» asari esa 1848 yilda e`lon qilinadi. U jamiyat tarixini o`rganishda tilning asosiy, eng muhim manba ekanligini aytadi va tilni u yoki bu xalqning madaniy-tarixiy taraqqiyotining mahsuli deb hisoblaydi. Shunga ko`ra Ya.Grimm «Bizning tilimiz bizning tariximizdir» degan g`oyani ilgari suradi. Haqiqatan ham – shunday Ya.Grimm ushbu asarida «Xalqlar haqida suyaklar, qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq guvoh bor. Bu tildir», deydi.
    Ya.Grimm «Nemis lug`ati» asarida (birinchi tomi 1854 yilda, oxirgi tomi 1960 yilda e`lon qilindi) nemis shoiri Lyuterdan tortib Gyotegacha bo`lgan nemis tili leksikasini qamrab olishga, ko`rsatib berishga harakat qildi.

    Download 29.18 Kb.
    1   2   3   4




    Download 29.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qiyosiy – tarixiy tilshunoslik (komparativistika) Reja

    Download 29.18 Kb.