• KURS ISHI Mavzu: “Transkripsiya, translyatsiya va oqsil sintezi” Bajardi: Ilmiy rahbar: Andijon – 2022 yil
  • Transkripsiya haqida umumiy tushuncha Transkripsiya
  • Qobulova moxlaroyning genetika va genomika asoslari fanidan




    Download 0.93 Mb.
    bet1/7
    Sana14.09.2022
    Hajmi0.93 Mb.
    #25902
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kurs ishi Genetika
    UQMtMUsNqBy0QW3WcMzECCMcLoqbnpomSQMzTiQa, Feruza operatsion amaliy 1, Insoniyat taraqgiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning-kompy.info



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    Z.M. BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

    SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO’LIMI
    TABIIY FANLAR FAKULTETI EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI
    BIOLOGIYA YO`NALISHI 306 – GURUH TALABASI
    QOBULOVA MOXLAROYNING
    GENETIKA VA GENOMIKA ASOSLARI FANIDAN

    KURS ISHI
    Mavzu: “Transkripsiya, translyatsiya va oqsil sintezi”

    Bajardi:
    Ilmiy rahbar:


    Andijon – 2022 yil
    Mundarija:
    Asosiy tushunchalar:
    1.Transkripsiya haqida umumiy tushuncha…………………..3 2.RNK polimeraza……………………………………………4 3.Transkripsion initsiatsiya…………………………………..6 4.Bakteriyada promoterlar……………………………………7 5.Inson organizmida promoterlar ……………………………8 6.Elongatsiya………………………………………………..10 7.Transkripsion terminatsiya………………………………..12 8.Bakteriyalarda terminatsiya………………………………12 9.RNK transkriptining keyingi taqdiri nima boʻladi?............15 10.Xulosa…………………………………………………...17 11.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………..18

    Transkripsiya haqida umumiy tushuncha
    Transkripsiya – gen ekspressiyasidagi birinchi qadam. Bu jarayon davomida gendagi DNK ketma-ketligi RNKga koʻchiriladi.
    Transkripsiya boshlanishidan oldin genning atrofidagi DNK qoʻsh spirali ochilishi kerak. DNKning ochilgan qismi transkripsion pufakcha deyiladi.



    Transkripsiyada DNKning maʼlum qismi ochiladi. Bitta zanjir komplimentar RNK transkriptini sintez qilish uchun andoza boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchi zanjir, kodlovchi zanjir, RNK transkripti bilan bir xil, faqat uning tarkibida timin (T) asoslari oʻrniga uratsil (U) asoslari mavjud.
    Masalan:
    Kodlovchi zanjir: 5ʻ-ATGATSTSGTAA-5ʼ Andoza zanjir: 3ʻ-TASTAGAGSATT-5ʻ RNK transkript: 5ʻ-AUGAUSUSGUAA-3ʻ
    Translyatsiya jarayonida polipeptid ishlab chiqarilishi uchun RNK transkript oʻqilishi lozim.
    Masalan:
    RNK transkript: 5ʼ-AUG AUS USG UAA-5ʼ Polipeptid: (N-terminal) Met - Ile - Ser - [STOP] (C-terminal)
    Transkripsiyada ochilgan DNK zanjirining bittasi andoza sifatida ishlatiladi; bu andoza zanjir deb yuritiladi. Sintezlangan RNK andoza zanjirga komplimentar va ikkinchi zanjir bilan deyarli bir xil boʻlib, u andoza boʻlmagan (yoki kodlovchizanjir deyiladi. Lekin ular oʻrtasida bitta muhim farq mavjud: RNKda barcha T nukleotidlari oʻrniga U joylashadi.
    DNKning RNK sintezi boshlanuvchi dastlabki nuqtasi +1+1plus, 1 yoki initsiatsiya nuqtasi deyiladi. Initsiatsiya nuqtasidan oldin keluvchi nukleotidlar manfiy sonlar bilan belgilanadi va oqimga qarshi deyiladi. Bu nuqtadan keyingi nukleotidlar musbat sonlar bilan belgilanib, oqim boʻyicha deb yuritiladi.
    Agar transkripsiya qilinayotgan gen (koʻplab genlar kabi) oqsilni kodlasa, RNK molekulasi translyatsiya deb nomlangan oqsil ishlab chiqarish jarayonida oʻqiladi.

    Download 0.93 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qobulova moxlaroyning genetika va genomika asoslari fanidan

    Download 0.93 Mb.