|
Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi. Qon plazmasi. Eritrotsitlar
|
bet | 3/6 | Sana | 01.08.2023 | Hajmi | 28.9 Kb. | | #77817 |
Bog'liq yosh anatomiya PP 07-22 Maxmudova Zuhra mustaqil ishi Agrar siyosat, Абу Али ибн Сино, Mavzu Fotometrik kattaliklar va ularning birliklari2.QON PLAZMASI
Qon plazmasining tarkibi. Sog'lom odamning 100 ml qon plazmasida 93 g ga yaqin suv saqlanadi. Plazmaning qolgan qismini mineral moddalar oqsillar (shu jumladan. fermentlar) uglevodlar, yog'lar, gormonlar, darmon-dorilar, aminokislotalar tashkil qiladi. Plazmaning osmotik bosimi. Tuzlar. oqsillar. glukoza. mochevina va boshqa moddalarning plazmada erigan umumiy konsentratsiyasining yig'indisi osmotik bosimni tashkil etadi. Plazmaning osmotik bosimi. asosan. anorganik tuzlar bilan hosil qilinadi, chun ki qand, oqsillar, mochevina va boshqa moddalarning konsentratsiyasi unchalik katta emas.
Osmotik bosim organizmda qon bilan to'qim alar orasidagi suv almashinuvining ta'minlaydi. Qonning osmotik bosimining doimiyligi organizmdagi hujayralarning hayot faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ko'plab hujayralar, shu jumladan, qon hujayralarining membranalari tanlab o'tkazish xususiyatiga ega. Shu sababli qon hujayralarini turli tuz konsentratsiyalariga ega bo'lgan eritmalarga, ya’ni turli osmotik bosimga ega bo'lgan eritmalarga solinganida qon hujayralarida jiddiy o ‘zgarishlar yuz beradi.
Ma’lumki, erituvchi doimo osmotik bosim yuqori tomondan past tomonga qarab harakat qilganligi sababli qon tarkibidagi eritrotsitlarning osmotik bosimi plazmadagi bosimdan past bo'lgan eritmaga solinganida (gipotonik eritma) osmos qonuniga asosan suv jadal ravishda eritrotsitlar ichiga kiradi, eritrotsitlar shishadi va ularning po'sti yorilib, uning ichidagi komponentlar suvga chiqadi, gemoliz yuz beradi. Eritrotsitlari gemolizga uchragan qon tiniq yoki loklangandek bo’lib qoladi. Odamlarning eritrotsitlari osh tuzining 0,44-0,48 % li eritmasiga solinganida gemolizlanishni boshlaydi. Gipotonik eritmalarga solingan eritrotsitlarning parchalanmaslik xususiyatga eritrotsitlarning osmotik chidamliligi yoki rezistentlik deyiladi,
Eritrotsitlarning bu xususiyati yangi tug'ilgan va emadigan bolalarda voyaga yetgan odamlarnikiga nisbatan yuqori bo'ladi. Qon plazmasining osmotik bosimi osh tuzining 0,9% li eritmasi konsentratsiyasiga tengdir. Emadigan bolalarning eritrotsitlarining maksimal chidamliligi 0,3 dan 0,4 % li osh tuzi chegarasida bo'lsa, minimal chidamlilik osh tuzining 0,48 dan 0,52 % chegarasida bo’ladi. O'zining sifatiy tarkibiga va tuzlar konsentratsiyasiga ko'ra plazma tarkibiga teng bo'lgan eritmalar fiziologik eritmalar deb yuritiladi, Ular izotonikdir. Bunday suyuqliklardan qon yo'qotilganida qon o'rnini bosuvchi sifatida foydalaniladi. Qonga turli miqdordagi suv va mineral tuzlar tushishi mumkin, lekin shunga qaramasdan buyraklar faoliyati tufayli qonning osmotik bosimi doimiy ravishda bir darajada turishi ta’minlanadi. Bu jarayonda buyraklar, ter bezlari ham ishtirok etib. ular orqali organizmdan suv, tuzlar va moddalar almashinuvining boshqa mahsulotlari chiqariladi.
|
| |