• Qonning ivishi.
  • Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi. Qon plazmasi. Eritrotsitlar




    Download 28.9 Kb.
    bet4/6
    Sana01.08.2023
    Hajmi28.9 Kb.
    #77817
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    yosh anatomiya PP 07-22 Maxmudova Zuhra mustaqil ishi
    Agrar siyosat, Абу Али ибн Сино, Mavzu Fotometrik kattaliklar va ularning birliklari
    Qonning reaksiyasi. Qon plazmasi faqatgina doimiy osmotik bosimga va tuzlarning ma'lum sifatdagi tarkibigagina ega boim asdan, uning reaksiyasining doimiyligini ham ta'minlaydi. Amaliyotda muhitning reaksiyasi vodorod ionlarining konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Muhitning reaksiyasini xarakterlash uchun pH deb belgilanuvchi vodorod ko'rsatkichlaridan foydalaniladi (Vodorodli koisatkich teskari belgi bilan vodorod ionlari konsentratsiyasining logorifmidir). Distillangan suv uchun pH oicham i 7.07 ni tashkil etadi. pH-7,07 dan kam bo'lsa. kislotali. 7.07 dan yuqori bo'lsa, ishqoriydir. Tana harorati 37 °C bo'lganida odam qonining pH - 7,36 ga tengdir. Qonning faol reaksiyasi kuchsiz ishqoriydir.
    Qon reaksiyasining doimiyligi unda mavjud bo'lgan buferli moddalar (gemoglobin. ko'mir kislotasining achchiq tuzi, fosfor kislotasining tuzi va qon oqsillari) tomonidan ta'minlanadi hamda o'pka faoliyati orqali organizmdan karbonat angidrid gazi chiqarib vuboriladi: buyraklar va ter bezlari orqali kislotali va ishqorli reaksiyalarga ega bo'lgan ortiqcha moddalar chiqarib vuboriladi. Qon plazmasining oqsillari.
    Qon plazmasining organik moddalari orasida oqsillar ancha katta ahamiyatga ega. Ularning katta qismi jigarda sintezlanadi. Plazma oqsillari qon va to'qimalararo suyuqliklar orasidagi suv almashinuviga ta'sir qiladi. organizmdagi suv-tuz muvozanatini ta'minlaydi. Bu rolni albumin oqsillari bajaradi. Oqsillar himoyaviv immun tanalarning hosil boTishida ishtirok etadi, organizmga kiruvchi zaharli moddalarni yopishtiradi va zararsizlantiradi. Barcha antitana - oqsillar globulinlar guruhiga kiradi. Bular, asosan, gamma-globulinlardir. Shu sababli hozirda gamma-globulinlar organizmning himoya kuchini mustahkamlovchi, davolovchi preparat sifatida keng qo`llanilmoqda. Plazmaning fibrinogen oqsili - qon ivishining asosiy omilidir. Uni plazmadan juda vengil cho'km a shaklida ajratib olish mum kin. Fibronogeni ajratib olingan plazma zardob deb ataladi. Zardob plazmadan ivimasligi bilan farq qiladi.
    Qonning ivishi. Qon jarohatlanmagan tomirlar bo‘ylab harakat qilar ekan. u suyuqligicha qoladi. Lekin tomir jarohatlanishi bilan jarohat yuzasida qon laxtasi hosil boiadi. Qon laxtasi (tromb) tiqin singari jarohatni qoplaydi, qon oqimi to ‘xtaydi va yara sekin-asta tuzaladi.
    Agar qon ivimaganida edi kichldna timalishdan ham odam qon yo'qotib olish mumkin edi. Odam qon tomiridan chiqqan qoni 3-4 daqiqada iviydi. Qonning ivishi organizmning muhim himoya reaksiyasi b o iib hisoblanadi, u qon yo'qotilishining oldini oladi va shu yo‘1 bilan aylanib yuruvchi qon miqdorining doimiyligi taininlanadi. Qon ivishining asosida qon plazmasidagi erigan holdagi fibrinogen oqsilining fizik-kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishi yotadi.
    Qon ivish jarayonida fibrinogen oqsili erimavdigan fibringa aylanadi va u may da nozik ipchalar shaklida koiinadi. Fibrin ipchalari juda mayda turchalar hosil qiladi va unda qonning shaklli elementlari ushlab qolinadi. Qon laxtasi yoki tromb hosil boiadi. Sekin-asta qon laxtasining zichlashishi yuz beradi, zichlanish natijasida jarohatning chetlarini tortadi va shu y o i bilan jarohatning bitishini ta'minlaydi. Qon laxtasining zichlashishi paytida undan sargich tiniq suyuqlik - zardob ajraladi. Qon laxtasining zichlashishida trombositlar muhim rolni o ‘ynaydi, ya’ni qon laxtasining siqilishini ta’minlovchi moddalarni saqlaydi. Bu jarayon sutning ivish jarayonini eslatadi, bunda ivituvchi oqsil boiib. kaziyen hisoblanadi, m aium ki, pishloq hosil boiayotgan paytda ham zardob ajralib chiqadi. Jarohatning bitish jarayonida fibrin laxtasi eriydi va surilib ketadi.
    Yuryev (hozirgi Tartu) universitetining professori A. A. Shmidt 1861- yilda qonning ivish jarayoni fermentativ jarayon ekanligini aniqladi. Qon plazmasida erigan holdagi fibrinogenni erimaydigan fibrin oqsil holatiga o iish i trombin fermenti ta’siri ostida amalga oshadi. Qonda doimiv holda jigarda ishlab chlqiladigan nofaol holdagi trombin-protrombin saqlanadi.
    Gemofiliya bilan kasallangan odamlarda qonning ivishi keskin pasaygan boiadi. Hattoki kichkinagina jarohat ham ularda xavfli qon ketishini chaqirishi mumkin.
    Organizmda qonning ivishiga qarshilik ko'rsatuvchi moddalar hosil boiadi. Xuddi shunday xususiyatga o'pka va jigar hujavralarida ishiab chiqiladigan geparin egadir.
    Shunday qilib, qonda bir vaqtning o'zida ikkita: qonni ivituvchi va uni ivishdan saqlovchi tizimlar mavjuddir. M`alum darajadagi ushbu tizimlarning muvozanati tufayli tomirlar ichida qon ivimaydi.
    Jarohatlanganda va ayrim kasalliklar paytida bu muvozanat buziladi va qonni ivishiga olib keladi. Qon ivishini limon va otquloq kislotalarining tuzlari ivish uchun zarur bo'lgan kalsiy tuzlarini cho'ktiradi va bu jarayormi tormozlaydi. Tibbiyot zulugining bo'yin bezlaridan juda kuchli ivishga qarshilik ko'rsatuvchi modda giriudin ishlab chiqiladi.
    Bular anntikoagulyantlar ham deb yuritiladi va ulardan tibbiyotda keng qoilanilm oqda. Bolalarning tug'ilgandan keyingi dastlabki kunlari qonini ivishi ancha sekin kechadi, ayniqsa, buni bola hayotining 2- kunida ko'rish mumkin. 3 kundan 7 kunlikkacha boigan hayoti davomida qonning ivishi tezlashadi va voyaga yetgan odamlarniki normasiga vetadi.
    Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda qon ivishining muddati shaxsiy o'zgarishga ega. O'rtacha qon ivishi 1-2 daqiqadan keyin boshlanadi, u, odatda, 3-4 daqiqadan keyin tamom bo'ladi.


    Download 28.9 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 28.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi. Qon plazmasi. Eritrotsitlar

    Download 28.9 Kb.