Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi. Qon plazmasi. Eritrotsitlar




Download 28.9 Kb.
bet5/6
Sana01.08.2023
Hajmi28.9 Kb.
#77817
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yosh anatomiya PP 07-22 Maxmudova Zuhra mustaqil ishi
Agrar siyosat, Абу Али ибн Сино, Mavzu Fotometrik kattaliklar va ularning birliklari
3.ERITROTSITLAR

Eritrotsitlarning shakli va miqdori. Odamlar va juda ko'pchilik sut emizuvchilarda eritrotsitlar yoki qizil qon tanachalari ikki tomoni botiq yadrosiz hujayralar shaklida bo'ladi. Ular juda elastik va kapillarlarning tor yoikalari bo'ylab o'tishiga yordamlashadi. Eritrotsitlarning diametri odamlarda 7-8 mk ni, qalinligi esa 2-2,5 mk ni tashkil etadi. Yadroning boim asligi va ikki tomoni botiq linzaga ega bo i ish (ikki tomoni botiq linzaning yuzasi 1,6 martaga shar yuzasidan kattadir) eritrotsitlarning yuzasini kengaytiradi va eritrotsit ichiga tez va bir xildagi kislorodning diffuziyalanishini tezlashtiradi. Odamlar va hayvonlarning yosh eritrotsitlarida yadrolar bo'ladi. Eritrotsitlarning yetilish davrida ularning yadrosi yo'qoladi.


Odamlarning barcha eritrotsitlarining umumiy yuzasi 3000 m2 ni tashkil etadi bu esa uning tanasining yuzasidan 1500 marta kattadir. Odamlar qonidagi barcha eritrotsitlarning umumiy miqdori juda katta, U savyoramizdagi aholining umumiy sonidan 10 ming marta ko‘pdir. Agar odamlar eritrotsitlarini bir qator qilib qo'ysak. uzunligi 150 000 km boigan zanjir hosil boiadi: agar eritrotsitlarni bir-birini ustiga qo'ysak, unda ver shari ekvatoridan uzun boigan pillapoya (zina) hosil boiadi (50 000-60 000 km).
Odamlarning 1 mm3 qonida 4 dan 5 mln gacha eritrotsitlar saqlanadi (ayollarda 4—4.5 mln. erkaklarda esa 4,5-5.0 mln), eritrositlarning miqdori qat'iy rav ishda doimiy emas. Lining miqdori odamlar yuqori balandlikka chiqqanda va jismoniy ish bajarganda kislorod yetishmasligi tufayli keskin ortishi mumkin. Yuqori tog` sharoitida yashovchi odamlarda. dengiz bo'yida yashovchi odamlarga nisbatan eritrotsitlar miqdori 30 % ga ortiq boiadi. Tekislik hududlardan yuqori tog' sharoitiga o igan paytlarda eritrotsitlar miqdori ortadi.
Organizmning kislorodga boigan talabi pasayganida qon tarkibidagi eritrotsitlar miqdori ham kamayadi. Yosh o'zgarishi bilan lm m 3 qon tarkibidagi eritrotsitlar miqdori ham o'zgara boradi.
Yangi tug'ilgan bolalarning 1 mm3 qonida eritrotsitlarning miqdori 7,2 mln tashkil etadi. bu esa homiladorlikning oxirida va tug'ish paytida homilaning kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmasligi sabab boiadi. Tug'ilganidan keyin gaz almashinish jarayoni yaxshilanadi, eritrotsitlarning m a’lum qismi parchalanadi va ularning ichida boigan gemoglobin bilirubin pigmentiga aylanadi.
Katta miqdorda bilirubinning hosil boiishi yangi tug'ilgan bolaning sariq kasali bilan kasallanishiga sabab boiishi mumkin, bu paytda teri va shilliq pardalar sariq rangga kiradi. Yangi tug'ilgan bolalarning qonida katta miqdorda yetilmagan eritrotsitlar ham boiadi (1 mm ’ qon tarkibida 600 tagacha).
Qon tarkibida yetilmagan eritrotsitlarning mavjudligi tug'ilgandan keyin qon hosil bo'lish jarayonini jadal kechishini ko'rsatadi. Yangi tugilgan bolalarning qonidagi eritrotsitlarning oicham i bir xil emas. ularning diametri 8.25 mkm dan 10,25 mkm gacha o'zgaradi. Bir oylik hayotidan keyin bola qonida alohida-alohida yadroli eritrotsitlar qoladi. Eritrotsitlarning o'rtacha yashash muddati 100-120 kun va qarigan eritrotsitlar, asosan. taloqda va qisman jigarda parchalanadi.
Eritrotsitlarning ahamiyati. Eritrotsitlarning asosiy funksiyasi o'pkadan tananing barcha a ’zolariga kislorod tashishdan iborat. Eritrotsit tarkibiga kiruvchi gemoglobin kislorod bilan qancha yengil biriksa ularni shuncha vengil to'qimalarga beradi.
Karbonat angidrid gazini organizmdan chiqarib yuborishda ham gemoglobinning roli muhim. Shunday qilib, eritrotsitlar qonning gazli tarkibini nisbiy doimiyligini ta’minlaydi. Gemoglobin. Eritrotsitlar tarkibiga oqsilli modda qonga qizil rang beruvchi gemoglobin kiradi (90 % dan ortiq).
Gemoglobin ilcki qismdan iborat bo'lib, uning oqsilli qismi globin va oqsil bo'lmagan qismi ikki valentli temir atomini saqlovchi - gem (prostetik guruh) pigmentidan tashkil topgan. Gemoglobin o'pka kapillarlarida kislorod bilan birikib oksigemoglobin hosil qiladi. Gemoglobin o'zining kislorod bilan birikish xususiyatiga gem, aniqrog'i uning tarkibidagi ikki valentli temir atomi tufayli ega bo'ladi.
To'qimalar kapillarlarida oksigemoglobin juda yengil kislorodga va gemoglobinga bo'linadi. Bu hodisaning yuz berishini to'qimalarda katta miqdorda karbonat angidrid gazining saqlanishi ta ’minlaydi. Oksigemoglobin och tiniq qizil rangga ega bo'lsa. gemoglobin esa qoramtir - qizil rangga egadir. Ana shu bilan arterial qon bilan vena qoni orasidagi ranglarni farqlash mumkin. Oksigemoglobin kuchsiz kisiotali muhit xususiyatlariga ega. bu esa, o’z navbatida, qon reaksiyasining (pH) doimiyligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Gemoglobin karbonat angidrid gazi bilan birikib karbgemoglobin hosil qilish xususiyatiga ega, bu jaravon to’qimalar kapillarlarida yuz beradi. CO, o'pka kapillarlarida to'qim a kapillarlaridagiga nisbatan ancha kam boiganligi sababli gemoglobinning karbonat angidrid bilan birikmasi parchalanadi. Shunday yo'l bilan gemoglobin karbonat angidrid gazining tashilishida ishtirok etadi. Gemoglobin is gazi bilan (CO) juda barqaror birikma karboksigemoglobin hosil qiladi. Is gazi bilan gemoglobin kislorodga nisbatan juda yengil birikadi. Shu sababli havoda 0,1 % is gazi boiganida qonning tarkibidagi gemoglobinning yarmidan ko'pi u bilan birikadi, ana shu sababli hujayra va to'qimalar zarur miqdordagi kislorod bilan ta'minlanmaydi.
Kislorod taqchilligi tufayli muskullarning zaiflashuvi. hushdan ketish, tomirlarni tortishib qolishi va o'lim yuz berishi mumkin. Is gazi bilan zaharlanganda birinchi vordam, jarblanuvchiga toza havo bilan nafas olishni ta'm inlash kerak. so’ngra achchiq choy ichirib undan keyin tibbiy yordam koi'satish kerak bo’ladi.
Voyaga yetgan odamning 100 ml qonida 13-16 g gemoglobin saqlanadi. Buni qanday tushunish kerak? Deyarlik barcha adabiyotlarda qonning tarkibidagi gemoglobin uning 65-80 % ni tashkil qiladi deb yozilgan. Gap shundaki. tibbiyot amaliyotida 100 ml qon tarkibidagi 16,67 g ga teng bo'lgan gemoglobin 100 % deb olinadi.

Download 28.9 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 28.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi. Qon plazmasi. Eritrotsitlar

Download 28.9 Kb.