Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumani 26-sonli umumta’lim maktabi




Download 14,48 Kb.
Sana16.05.2024
Hajmi14,48 Kb.
#237134
Bog'liq
yigiliw bayonnoma 4


Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumani 26-sonli umumta’lim maktabi
Boshlang’ich ta’lim metodbirlashmasi yig’ilish
BAYONNOMASI № 4
31.03.2023 Beruniy tumani

Yig’ilish raisi B.Ro’zimov


Yig’ilish kotibi A.Seriyeva
Qatnashdilar: Metodbirlashma a’zolari

K U N T A R T I B I D A G I M A S A L A L A R.

1. Metodbirlashmaning 2022-2023 o’quv yili 3-choragida amalga oshirilgan ishlar va 4-chorakdagi vazifalarni belgilash.
2. Fan o’qituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’qitishda AKT vositalarining qo’llanilishi bilan tanishtirish.
3. Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishda fanlararo integrasiyani kuchaytirish hamda STEAM ta’limini samarali joriy etish .
4. Fan to’garaklari faoliyati haqida.

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metodbirlashma rahbarining axboroti eshitildi.Axborotchi o’z so’zida 3-chorakda erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklarga to’xtaldi.3-chorakda boshlang’ich ta’lim fanlaridan o’zlashtirishi tahlil qilinganligi aytib o’tildi.


Bundan tashqari axborotchi o’z so’zida boshlang’ich ta’lim fanlaridan darsdan tashqari vaqtlarda to’garak mashg’ulotlari fan o’qituvchilari tomonidan olib borilayotganligi haqida to’xtaldi.
Bu masala bo’yicha A.Seriyeva o’z fikr mulohazalarini bayon qildi.Chorak yakunida monitoring ishlari olinib mavjud bo’shliqlar aniqlandi.
Kun tartibidagi 2-masala bo’yicha B.Ro’zimov so’z oldi .U o’z so’zida dars mashg’ulotlari jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar ,AKT vositalaridan o’z o’rnida foydalanish ta’lim sifatining o’sishiga o’quvchilarning fanga nisbatan qiziqishlarining ortishiga imkon yaratadi. Mashg’ulotlar jarayonida “maktab.uz”,”ta’lim.uz” kabi ta’limga oid saytlardan foydalanish o’quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini oshiradi.Bu saytlarda mavzuni onlen o’rganish,mavzuga doir test topshiriqlarini bajarish,test topshiriqlarida yo’l qo’ygan xatoliklarni tuzata olish imkoni mavjud ekanligi aytib o’tildi. Bu masala yuzasidan metodbirlashma a’zolari bilan fikr va mulohazalar o’rtoqlashildi.
3-masala yuzasidan ham metodbirlashma rahbari axboroti eshitildi.Axborotchi o’z so’zida STEAM ta’limi bu real hayot ekanligi,o’quvchining qiziqishlari,ehtiyojlari,qobiliyatlari,shaxsiy sifatlarini dars jarayonida ko’proq hisobga olinishi kerakligidir.Tajribalar o’tqazish,modellarni konstruksiyalash,musiqa va filmlarni mustaqil yaratish,darslikdagi qiziqarli ma’lumotlar orqali o’quvchilarning fikr almashishlari,olingan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo’llay olishlari STEAM ning vazifasidir.Matematik bilimlarni geometric tushunchalarni loyihalarda qo’llay olishga o’rgatish muhimdir.
Yig’ilish kun tartibidagi eng so’nggi masala fan to’garaklari faoliyati qoniqarli darajada ekanligi ,ishni bundanda yaxshilash metodbirlashma rahbari tomonidan ta’kidlab o’tildi.Fan to’garaklari sinfdan tashqari ishlar jumlasiga kiradi,bunda o’quvchilarga mavjud bo’shliqlar bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar o’tiladi.Metodbirlashma a’zolaridan iqtidorli hamda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan alohida to’garak mashg’ulotlari olib borishlari ta’kidlandi.Bu masala yuzasidan Radjapov o’z mulohazalarini bildirib o’tdi.

Kun tartibida ko’rilgan masalalar bo’yicha yig’ilish qaror qiladi:



1. 2022-2023 o’quv yili 3-choragida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha berilgan hisobot ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va AKT vositalaridan samarali foydalanish har bir fan o’qituvchisidan so’ralsin.
3. Dars mashg’ulotlari jarayonida STEAM ta’limidan foydalanish fan o’qituvchilaridan so’ralsin.
4. To’garak ishlarining faoliyati qoniqarli deb baholansin va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish to’garak rahbarlaridan so’ralsin.
Yig’ilish kotibi : A.Seriyeva.
Download 14,48 Kb.




Download 14,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumani 26-sonli umumta’lim maktabi

Download 14,48 Kb.