Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni. Reja




Download 18.86 Kb.
bet3/5
Sana10.04.2017
Hajmi18.86 Kb.
#3927
1   2   3   4   5
Xo’jaligi. Markaziy Qozog’iston og’ir sanoati taraqqiy etgan hududiy ishlab chiqarish majmuasidan iborat.Iqtisodiy rayonda ishlab chiqarishning ko’mir,metallurgiya-kimyo, mashinasozlik majmualari davlatlararo ahamihatga ega.Iqtisodiy rayondagi barcha og’ir sanoat tarmoqlari ko’mir,rangli,qora,kam uchraydigan metallarni qazib olish bilan uzviy ravishda bog’liqdir.

Iqtisodiy rayonda respublikada qazib olinadigan kokslanuvchi ko’mirning 100% qazib olinadi. Iqtisodiy rayonda cho’yan va po’latning barchasi, misning asosiy qismi eritiladi.Mashinasozlik zavodlarida asosan kon sanoati va metallurgiya zavodlari uchun mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaradi.Kimyo sanoati,sintetik kauchuk,rezina texnika buyumlari,oltingugurt kislotasi,azot o’g’itlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Iqtisodiy rayonda yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari mahalliy xom ashyo asosida ishlab,mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.Rayon yoqilg’i energetikasining asosiy Qarag’anda ko’miri asosida ishlaydigan isiqlik elektr stansiyalari tashkil qiladi.

Iqtisodiy rayonda kon va qayta ishlash sanoati tarmoqlarining rivojlanishi bu yerda Qarag’anda-Temirtov,Balxash va Jezqazg’an sanoat tugunlarining tarkib topishiga olib keldi.Ushbu sanoat tugunlari bir-birlari bilan yuqori kuchlanishli elektr leniyalari va temir yo’llar bilan bog’langan.

Qarag’anda-Temirtov sanoat tuguni eng rivojlangan hisoblanadi. Ushbu tugun tarkibiga Abay, Saran, Shaxtinsi kabi shaharlar va shahar tipidagi manzilgohlari kiradi.Sanoat tugunlarida quyidagi texnalogik jarayon amalga oshiriladi. Qarag’andadan ko’mirni qazib olish, ko’mirni boyitish fabrikasi, ko’mirni kokslash batariyasi, domna pechi, po’lat eritish va briketlash sexlari. Bularning barchasi Temirtovdagi metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi.Sanoat tugunida metalni ko’p talab qiladigan mashinasozlik va azot o’g’itlari ishlab chiqaradigan zavod ishlab turibdi.Suv ta’minotida Irtish-Qarag’anda kanali va Nura suv ombori asosiy o’rinni egallaydi.

Balxash va Jezqazg’an sanoat tugunlari mis sanoati bazasida tarkib topgan.Ushbu sanoat tugunining har birida katta quvvatga ega bo’lgan tog’ metallurgiya kombinatlari tarkib topgan.Ushbu kombinatlar tarkibiga qazib olish, boyitish, eritish, misni rafinadlash kabi texnologik jarayonlarni bajaruvchi fabrika va zavodlar kiradi. Kambinat tarkibida keng iste’molchi buyumlari ishlab chiqarish korxonalari ham mavjud.

Markaziy Qozog’istonda turli xildagi qazilma boyliklarini qazib olish,ularni boyitish,eritish va qayta ishlash jarayonida atmosferaga har xil gazlarning chiqishiga olib keladi. Shu sababli iqtisodiy rayonda tabiatni muhofaza qilish masalasi juda muhimdir. Iqtisodiy rayonda eng avvalo qazilma boyliklarini qazib olishda, buzilgan yerlarni qayta tiklash(rekultivatsiya),zavod va fabrikalarni atmosferaga chiqadigan zaharli gaz va changlarni ushlab qoladigan uskunalar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

Markaziy Qozog’iston iqtisodiy rayonida agrosanoat majmui yetakchi tarmoq emas.Bu yerda don yetishtirish,chorvachilik,shahar oldi rayonlarida sut xarakteridagi qoramolchilik taraqqiy etgan.Temirtov,Jezqazg’an,Balxash shaharlari atrofida aholi yil davomida sabzavot maxsulotlari bilan ta’minlash uchun issiqxonalar tashkil qilingan.

Markaziy Qozog’iston iqtisodiy rayoni shaharlari turli davrlarda turli yo’llar bilan hosil bo’lgan.Respublikada temir yo’llar o’tkazilganga qadar,asosiy aloqa vositasi daryo transporti hisoblangan.Shu sababli bu vaqtda shaharlar daryo yohalarida tarkib topgan, temir yo’llar o’tkazilgandan keyin shaharlar asosan temir yo’lyoqalarida tarkib topdi.

Markaziy Qozog’istonda daryolar ham kam,temir yo’llar ham keyingi yillarda o’tkazildi.Shu sababli bu yerda shaharlarning tarkib topishi uchun asos yo’q edi.Shu sababli iqtisidiy rayonda shaharlar uzoq vaqt davomida tarkib topgan emas.

Iqtisodiy rayondagi barcha shaharlar va shahar tipidagi manzilgohlar urushdan oldin va urushdan keyingi yillarda tarkib topdi.Bu yerdagi shaharlarning asosiy qismi foydali qazilmalarni o’zlashtirish bilan bog’liq, urushdan oldingi davrda Qarag’anda ko’mirini o’zlashtirish uchun temir yo’l o’tkazildi. Shu sababli Qarag’anda shahri va uning atrofida uncha katta bo’lmagan shahar tipidagi manzilgohlar tarkib topdi. Ulug’ vatan urushidan keyin shaharlar kengaydi va iqtisodiy rayonning ichki qismidagi qazilma boyliklarini oz’lashtirish natijasida qator shaharlar tarkib topdi. Bunday shaharlarga Qorajal, Jayrem, Qarag’ayli, Qo’rg’oshin, Akchatov, Jambil va boshqalar misol bo’la oladi. Katta shaharlar atrofida yto’ldosh shaharlar tarkib topib shahar aglomeratsiyalari vujudga keldi.





Download 18.86 Kb.
1   2   3   4   5




Download 18.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni. Reja

Download 18.86 Kb.