O'rta guruhda tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari




Download 144 Kb.
bet9/14
Sana12.05.2023
Hajmi144 Kb.
#58985
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
QURISH-YASASH VA MATEMATIK MARKAZNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI kurs ishi
UMK ekonometriya 2019-2020, press-reliz-avgust-uzb sanoat, SIMSIZ ALOQA TARMOQLARIDA OFDM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH, Simsiz a\'loqa tizimlarida ishlatiladigan raqamli modulyatsiyalash usullari, MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOD METODLARI kurs ishi, PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TARBIYACHI FAOLIYATIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI, Doc1, Uch karrali integrallar, Varaq shakli.doc, S.Sh .S.4-sinf tasviriy san\'at test @sadikov uz, oktyabr, маркетинг, amaliy-ish, 64e666e182c62 23-27 (3)
O'rta guruhda tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. Bolalarni yangi qurilish materiali - qog'oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O'rta guruh tarbiyalanuvchilari tabiat materiali bo'lgan - shox, barg, ildiz, turli yong'oqlar, ularning po'stlaridan narsa yasashga o'rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga turli tabiiy materiallar borligi va undan turli xil narsalar yasashda foydalanilishi yoritib beriladi. Bolalarda umumiy ko'nikma va malakalar shakllanib boradi, ya'ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshlagan ishni oxirigacha bajarish hamda qo'llarni aniq harakatlantirish va hokazolar.
Dastlabki mashg'ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog'ozdan yasalgan o'yinchoqlarni ko'rsatib, uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun o'yinchoq va sovg'alar uchun turli xil qiziqarli o'yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg'ulotdayoq bolalar tarbiyachining ko'rsatmasi va tushuntirishi asosida qog'ozni teng ikkiga buklashni o'rganadilar. Keyingi mashg'ulotlarda archa uchun o'yinchoq, sovg'a yasalgan paytlarda bu ko'nikma mustahkamlanadi. Mashg'ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o'yinchoq yasash, asosiy qismga alohida detallarni yopishtirishni ham o'rganadilar. Masalan, uychaga - eshik, deraza; avtobusga - oyna, g'ildirak yopishtiradilar. Topshiriqning bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarning aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi. O'yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir-biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopishtirish kerakligini o'ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy materiallardan foydalana boshlaydilar. Avvalo, tarbiyachi bolalarni shu material bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida predmetlarni, ular o'rtasidagi o'xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog'ozdan qurish-yasash mashg'uloti bilan qurilish materialidan qurish-yasash mashg'uloti almashinib turadi.

Download 144 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 144 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'rta guruhda tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari

Download 144 Kb.