Quvur va elektron transporti




Download 29.12 Kb.
bet1/3
Sana16.11.2022
Hajmi29.12 Kb.
#30613
  1   2   3
Bog'liq
QUVIR TRANSPORTI
Истории государства и права зарубежных стран ОТВЕТ, 3, D5Bva0UOe7dAJxQyrEU8j1fakoDaD2NDO4th3QyV, Reja-WPS Office, 4-амалий машғулот, Индустрия 4 рус, kitob, 169-8-113-Q 21, Amalyot, Biologiya, Mavzu Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simli, pdf 20221207 094347 0000, Avesto, 1-ma\'ruza

Quvur va elektron transporti
Reja:
1. Quvur va elektron transporti
2. Suv transporti
3. Daryo transporti

Quvur transportida asosan tabiiy gaz,neft, suv va sut (Avstriya,Shvesiya tog` yaylovlarida),issiqlik (paravoy) tashiladi. Quvur transportining ish unumi quvurning yo`g`onligi, materialning sifatiga,gaz va neftning qanday bosim bilan harakatlanishiga bog`liq.FTI yutuqlari hozirda 120 va hatto undan ortiq atmosfera bosimi yaratish va shunga chidamli quvurlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.Lekin atmosfera bosimiga eng chidamli quvurlarda tabiiy gaz va neft tashish faqat ayrim rivojlangan mamlakatlarga xos bo`lib,ko`plab rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko`rsatkich juda past.Masalan: O`zbekistonda quvur transportida hozircha bosim 40atmosferadan oshmayapti (xonadonlarimizdagi gaz quvurlarida bosim 0,5-2 atm. bo`ladi).


Neft va tabiiy gazni quvurlarda tashish shimoldagi mamlakatlarda birmuncha qimmatga, janubdagi davlatlarda ancha arzonga tushadi.Sababi neft bilan tabiiy gaz sovuqda quyuqlashadi va quvurlardan o`tishi sekinlashadi.Buning chorasi sifatida quvurlar ma`lum oraliqda maxsus pechlar yordamida isitib turiladi.Quvurlar transportini o`tkazilishida va unda mahsulot tashilishida murakkab relef shakllari (tog`lar,jarlar,daryolar,dengizlar)sezilarli ta`sir ko`rsatadi,ayniqsa,neftь tashishda.
Jahonda quvur transportining umumiy uzunligi 1960000km (2006 y) dan ortiq.Jahonda tashiladigan barcha yukning 11%i quvur transportiga to`g`ri keladi.Lekin bu ko`rsatkich Rossiyada 27,5%, AQSHda 16,5%, Fransiyada 5,2%, Yaponiyada 0,2%ni tashkil qiladi.
Jahonda quvur transportining uzunligi bo`yicha yetakchi regionlar:
1.MDH (200000km) 3.AQSH
2.Kanada 4.Janubi-G`arbiy Osiyo mamlakatlari.
Quvur magistralining uzunligi ba`zan 5000km gacha boradi.
MDHda quvurlar orqali neftning 60%, tabiiy gazning deyarli hammasi tashiladi.Jahonda esa tashiladigan barcha yukning 17%i quvur transporti hissasiga to`g`ri keladi.”Do`stlik” (Drujba) neft quvur magistrali “Shimol yog`dusi” (Siyanie Severa) va “Ittifoq” (Soyuz) tabiiy gaz quvurlari MDHdagina emas, balki jahondagi eng yirik magistrallar hisoblanadi.Mazkur magistrallar orqali MDHdan Bolgariya, sobiq Yugoslaviya, Vengriya, Chexiya va Slovakiya, Polsha, Fransiya va GFR kabi davlatlarga neft va tabiiy gaz eksport qilinadi.Mazkur mamlakatlarning neft-ximiya sanoati tarmoqlarining asosiy qismi mazkur magistrallar atroflarida joylashgan.
Quvurlarni hamma joyda, istalgan yo`nalishda yotqizish mumkin, buning ustiga uning yuborish masofasi daryo va temir yo`l transportidagiga nisbatan qisqaroq va tannarxi pastroq bo`ladi.
FTI tufayli neft va gaz quvurlar dengizlar ostida ham yotqizilmoqda.Masalan: Shimol dengizi va O`rta Yer dengizida.1980 yillar boshida jahonda 1-marta qit`alararo quvur magistrali yotqizildi.Bu Jazoir-Italiya gaz quvuri bo`lib, uning uzunligi 2,5ming km, chuqurligi 500-600 m.li dengiz tubidan o`tgan.Trassa butun O`rta dengizni kesib o`tgan bo`lib, uning yotqizilishida maxsus kemalar qatnashgan.
Kelajakda quvurlardan suv yordamida qattiq materiallar (ko`mir,ruda)ni maydalangan holda tashish ko`zda tutilmoqda va loyihalari ishlanmoqda.
Elektron transport-yangi va ahamiyati tez o`sib borayotgan transport tarmog`idir.Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yaxshi taraqqiy etgan.Lekin ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda,ayniqsa, qoloq Afrika mamlakatlarida endi shakllanayotgan yoki butunlay shakllanmagan transport turidir.Elektron transportda elektr energiyasi, tovush (telefon), tasvir (internet) va turli xil belgilar tashiladi.Radio hamda teleto`lqin faks ham tashiladi.Mazkur transport turining rivojlanganlik darajasi jahon mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog`liq.Elektr stansiyalarining (GES,IES,AES) bir-biriga ulanishi natijasida energetika sistemasi hosil bo`ladi,ya`ni elektron transport vujudga keladi.Biroq mamlakat yoki regiondagi (mamlakatlararo) ESlarning o`zaro tutashishidan, ya`ni birlashtirilishidan YAES (yagona energetika sistemasi) hosil bo`ladi.
YAES-iqtisodiy jihatdan katta qulaylik yaratadi.Masalan: ES buzilsa yoki remontga to`xtasa.
Jahondagi eng yirik YAESga MDHdagi “MIR” misol.”MIR”ga ayrim Horijiy Yevropa davlatlari ham ulangan.
Aloqa liniyalari (telefon,telegraf, faks,tele va radio to`lqinlarini tarqatish) ham transport tarmog`i hisoblanadi.Chunki ular ham turli signal va to`lqinlarni tashiydi.


Download 29.12 Kb.
  1   2   3




Download 29.12 Kb.