|
O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish
|
bet | 3/3 | Sana | 01.11.2023 | Hajmi | 35.69 Kb. | | #92908 |
Bog'liq “Quyosh energetikasi” faniga kirish va energetika sohasida tutgan o‘rni. Billingvizm, 11-mustaqil ta\'lim, tilshunoslik sintaksis, 7-s-b-t-2-1 (2), MUTAXASSISLIKKA KIRISH, [KDIS] 2023 Fall Application Guidelines, Abdulla Qaxxor, Bozor iqtisodiyoti modellari, Rich Dad Poor Dad What the Rich Teach Their Kids About Money—That the Poor and Middle Class Do Not by Robert T. Kiyosaki (z-lib.org).epubO‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish
Yoqilg‘i manbalaridan tejab foydalanish mexanik energiyani, binobarin, elektr energiyasini olish narxini kamaytirishga intilish, uzluksiz tiklanuvchi energiya manbai bo‘lgan shamol energiyasidan keng ko‘lamda foydalanishga olib keldi. Hozirgi davrda O‘zbekiston energetika sistemasi 19 ming sanoat, 80 ming qishloq xo‘jaligi, 19 ming kommunal va 3,5 million maishiy iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi. Quyosh energiyasi haqida Quyosh nurlari har yili yerga bag‘oyat ulkan energiya, ya’ni 621016 kvt soatga teng energiya olib keladi. Bu energiyaning 60 foizi yer atmosferasi, 25,5 foizi okean va dengiz, 14,5 foizi quruqlikni isitishga sarf bo‘ladi. Bundan 2,5 foizi shamolning mexanik energiyasiga, 0,14 foizi daryolar harakatining mexanik energiyasiga, 0,12 foizi turli xil yoqilg‘i o‘tin, torf, toshko‘mir, neft va yonuvchi slanetsning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Yerning ko‘ndalang qismi yuzasi 127,6106 km2 ekanligini e’tiborga olsak, yerga tushadigan quyosh nurining energiyasi 176,61012 kVt, demak bir yilda yerga 1,561018 kVt soat 1,61018 kVt soat quyosh energiyasi tushadi. Quyoshning zarrin nurlari yerimizga yiliga 150000 milliard kVt soat shamol energiyasini, 33000 milliard kVt soat suv energiyasini olib keladi. O‘rmonlarda esa quyosh nurlari tufayli yiliga 220000 milliard kVt soat energiya to‘planadi. Bundan tashqari, quyosh energiyasi tufayli ming-ming yillar mobaynida yer bag‘rida ulkan energiya zahiralari jamg‘arilgan. Chunonchi, sayyoramiz bag‘rida yotgan toshko‘mirda 3580000 milliard kVt soat, torfda 480000 milliard kVt soat, yonuvchi slanetslarda 700000 milliard kVt soat, tabiiy gazda 80000 milliard kVt soat energiya zahirasi mavjud. Hozirgi vaqtda insoniyat yiliga bu ulkan zahiralarni mingdan bir qismidan ham kamrog‘ini ishlatadi.
|
| |