Quyosh isitish tizimlarining tuzilishi va ish tamoyili




Download 1.23 Mb.
bet2/3
Sana31.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#92137
1   2   3
Bog'liq
Quyosh foto elektr elementlari va modullari
1-tema Amaliy ish , 1-2-Amaliy, TURKIY TILLAR VA ROMAN, 5Maruza, Din falsafaning turli tarmoqlari, Dialektika va metafizika asosiy falsafa metodlar, ДАВАЙТЕ ПОЗНАКОМИМСЯ, Мехмонхона туризми, iqtisodiy tahlil fanidan krossvord, KUCHAYTIRGICHLARNI KATTA SIGNALLARDA ISHLASHI, Guruh, Reja Mustaqillik mas’uliyati (1), mt geodeziya, 114458 3 mavzu
Quyosh isitish tizimlarining tuzilishi va ish tamoyili.
Passiv isitish tizimida issiqlik tashuvchilarning harorati 70°C dan yuqori emas. Bunday isitish tizimida ishlatilayotgan issiqlik tashuvchi an’anaviy va noan’anaviy issiqlik man’balarining ishlatilishi bilan ajralib turadi. Bu turdagi issiqlik man’balariga quyosh nuri, ishlab chiqarsh jarayonida chiqarib tashlanayotgan issiq suv, suv bug‘i, gaz va ximiya kombinatlarida yonib turgan mash’ala va geotermal suvlarni misol keltirish mumkin. Passiv quyosh isitish tizimlarining ishlash prinsipi quyidagi jarayonlarga, ya’ni shaffof qoplama bilan himoyalangan va qoraytirilgan sirtlarga quyosh nurlanish energiyasini to‘plashga va ularni qizdirishga, issiqlik o‘tkazuvchanlik va erkin konveksiya orqali issiqlikni isitiladigan xonaga uzatishga asoslangan.
Passiv tizimlar binoning konstruksiya elementlaridan va issiqlik yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi. Passiv tizimlarda issiqlik tashuvchi sifatida havo xizmat qiladi[2-3] ,[27].
Isitiladigan xonaga issiqlikni uzatish usuliga qarab passiv isitish tizimlarini uch turga bo‘lish mumkin: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri; 2) bilvosita 3) izolyatsiyalangan (ajratilgan) usullar bilan issiqlikni qabul qilish va uzatish.
Passiv quyosh isitish tizimlarini keng qo‘llash, ya’ni quyosh radiatsiyasi o‘tishini rostlash va issiqlik yo‘qotishlarni kamaytirish uchun binoning konstruksiya elementlaridan foydalanish, turli xil qaytargich, ekran, parda, jalyuz va xk. larni ishlatish "quyosh me’morchiligi"ning rivojlanishiga olib keldi.
O‘zbekiston sharoitida passiv quyosh isitish tizimlaridan foydalanish tajribalari va tahlilidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin :

  1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi o’tishiga asoslangan tizimlarining samaradorligi past. Qish paytida qo‘shimcha issiqlik manbai talab etiladi, yozgi vaqtda esa xonalar qizib ketadi.

  2. Katta massali issiqlik akkumulyatorlariga ega bo‘lgan bilvosita yoki izolyatsiyalangan (ajratilgan) isitish o‘sullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

  3. Qaytarish va ekranlash tizimlaridan foydalanilganda samaradorligi yanada oshadi, ya’ni ular yozda quyosh radiatsisini binoga o‘tishini kamaytiradi, qish faslida kunduzgi vaqtda quyosh radiatsiyasi o‘tishini ko‘paytiradi, tunda esa - issiqlik yo‘qotishlarini kamaytiradi.

  4. O‘zbekiston sharoitida passiv tizimlar isitish uchun kerakli issiqlik yuklamasining 30-60% ni quyosh energiyasi hisobidan ta’minlashi mumkin.

Isitish tizimida issiqlik manbai sifatida quyosh energiyasidan foydalanilsa, buni isitish tizimida quyosh nuridan foydalanish deyiladi (gelio qurilma).
Quyosh nurini qabul qiluvchi gelio qurilma quyosh radiatsiyasini o’ziga qabul qilib, uni issiqlik energiyasiga aylantirib beradi.
Bunday isitish tizimlari quyosh radiatsiyasini ishlatish uslubiga ko’ra past haroratli passiv va aktiv isitish tizimiga bo’linadi.

Download 1.23 Mb.
1   2   3




Download 1.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh isitish tizimlarining tuzilishi va ish tamoyili

Download 1.23 Mb.