• FV larning turlari va kelib chiqish sabablari.
  • R e j a: Favqulodda vaziyatlarning turlari va ularning kelib chiqish sabablari. Favqulodda vaziyatlar, halokatlar haqida asosiy tushunchalar. Favqulodda vaziyatlar tasnifi, uning turlari, kelib chiqish sabablari




    Download 22.46 Kb.
    bet1/7
    Sana16.10.2022
    Hajmi22.46 Kb.
    #27310
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Tinchlik va urush davridagi favqulodda vaziyatlar
    2 5413352070931549162 (2), Документ Microsoft Word (2), abbos korxonalar, ABBOS INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLISH



    «Tinchlik va urush davridagi favqulodda vaziyatlar»
    R e j a:

    1. Favqulodda vaziyatlarning turlari va ularning kelib chiqish sabablari.


    2. Favqulodda vaziyatlar, halokatlar haqida asosiy tushunchalar.


    3. Favqulodda vaziyatlar tasnifi, uning turlari, kelib chiqish sabablari, manbalari

    FV larning turlari va kelib chiqish sabablari.


    Sir emas, dunyo miqyosidagi favqulodda vaziyat (FV) lar ko’lami yildan – yilga ortib bormoqda. Bularga Chernobil’ AES-sidagi xalokat, temir yo’l transportidagi sodir etilayotgan falokatlar, ayniqsa, kuchli zaxarlovchi modda (KZM) larni tashish mobaynidagi falokatlar, turli tabiiy ofatlar xamda texnogen xususiyatli xalokatlarning ko’lami ortib bormoqda. Masalan, Ashxobod (1948) va Armanistondagi (1998y) er silkinishlar, xatto tinchlik vaqtida xam ommaviy kirgan qurollarining ishlatilish xavfi saqlanib qolayotganligi urush va tinchlik davrlaridagi FV larni o’rganish zarurligini taqozo etadi. Shuning uchun xam Fuqoro muxofazasining tinchlik va urush vaqtidagi o’rni va FV larning oqibatlarini bartaraf qilishdagi vazifalari va axamiyati dolzarbligicha qolmoqda.
    Dunyo miqyosida sodir etilaetgan barcha FV larni quyidagi turlarga bo’lib o’rganish qabul qilingan:
    Tabiiy ofatlar tufayli yuzaga keladigan FV lar (er qimirlash, xalokatli suv toshqinlar, bo’ronlar, qor bo’ronlari, ko’chkilar, sel kelishi, o’rmon va torf yong’inlari, epidemiyalar va boshqalar.)
    Atrof muxitga radioaktiv va zaxarli moddalarning chiqarib yuborilishi bilan bog’liq bo’lgan FV lar (AESlaridagi falokatlar, yadro energetikasiga ta’luqli bo’lgan karxonalardagi radioaktiv moddalar)ning atmosferaga chiqib ketishi. KZM ishlab chiqaruvchi korxonalardagi falokatlar, bakteriologik moddalarni va pestitsidlar ishlab chiqaruvchi korxonalardagi nosozlik va falokatlar tufayli atmosferaning zaxarlanishlari).
    Yong’inlar, portlashlar tufayli yuzaga keladigan FVlar va ularning oqibatlari (imorat, inshoot, texnologik qurilmalar,xar xil xajmlar, portlash va yong’in xavfi bor bilgan quvurlar, axoli punktlaridagi yong’in va portlashlar, shuningdek transport quvurlaridagi xalokatlar va boshqalar)
    Turli mojoralar tufayli yuzaga keladigan FV lar (shtab, omborxonalar, xarbiy garnizonlarga uyushtiriladigan qurolli xujumlar, dinniy-estremistik guruxlarning tashabusi tufayli tashkil etiladigan namoyishlar va tartibsizliklar, milliy adovatlar tufayli yuzaga keladigan to’qnashuvlar va x.k.).
    FV larning turlaridan eng daxshatlisi er silkinishi bo’lishiga qaramasdan insonlar orasidagi bo’layotgan qurbonlar xisobiga binoan bo’ronlar birinchi o’rinda turar ekan.
    Barcha FV larni kelib chiqishi sabablariga ob’ektiv va sub’ektiv omillarni ro’para qilish mumkin. Ob’ektiv omillar sifatida xalq xo’jaligining rivojlantirilishi uchun zarur bo’lgan barcha texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangilarini joriy etishni taqozo etadi. Bu jarayonni ro’yobga chiqarishda inson omili katta axamiyat kasb etadi, lekin buning zaminidagi muammolarning echimini xal qilishda oqilona yondashuv o’ta muxim axamiyatga ega, chunki dastlabki loyixalash, sinovdan o’tkazish va joriy qilingan taqdirda xam zamon talabiga javob beradigan texnologyalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish zarur, shundagina turli xil ko’rinishdagi falokat va xalokatlarning oldi olingan bo’ladi.
    Sub’ektiv omillarga: ishchi xizmatchilarning va mutasadi xodimlarning o’z xizmat vazifalariga e’tiborsizlik xamda ma’suliyatsizlik bilan munosabatda bilishligi - oqibat natijada turli baxtsizliklar, kelishmovchiliklar, falokat va boshqa ko’rinishdagi FV larning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari xodimlar malakasining pastligi, loqaydsizligi, xizmat vazifalarini suiste’mol qilishligi, texnologik jarayonlarni qo’pol ravishda buzish xolatlari, ish o’rinlarini tashlab ketish xollari va x.k. Ayniqsa, insoniyat tomonidan tabiiy boyliklardan ayovsiz foydalanish xolatlari, tabiatga nisbatan befarq munosabatda bo’lish, eng achinarlisi yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik va qo’pol ravishda buzish xisobiga ko’p miqdordagi yong’inlarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.

    Download 22.46 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 22.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R e j a: Favqulodda vaziyatlarning turlari va ularning kelib chiqish sabablari. Favqulodda vaziyatlar, halokatlar haqida asosiy tushunchalar. Favqulodda vaziyatlar tasnifi, uning turlari, kelib chiqish sabablari

    Download 22.46 Kb.