• TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR 1. Geologik xavfli hodisalar
  • Gidrotexnik halokatlar va avariyalar




    Download 22.46 Kb.
    bet5/7
    Sana16.10.2022
    Hajmi22.46 Kb.
    #27310
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Tinchlik va urush davridagi favqulodda vaziyatlar
    2 5413352070931549162 (2), Документ Microsoft Word (2)
    7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:
    suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi ko‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o‘limiga, sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.
    TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR

    1. Geologik xavfli hodisalar:

    - odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;


    Zilzila - 
    yer qobig‘ida yoki yuqori mantiyadagi to‘satdan surilishlar va yorilishlar oqibatida yuzaga keladigan va bikr to‘lqinlar ko‘rinishida uzoq masofalarga uzatiladigan yer osti silkinishlari va yer usti tebranishlari.

    Yer qobig‘idagi seysmik to‘lqinlar tarqalayotgan nuqtani zilzila gipotsentri deyiladi. Yer yuzasining gipotsentr ustidagi joyi epitsentr deyiladi.


    Zilzila kuchi 12 balli seysmik shkala (MSK-64) bilan o‘lchanadi. Zilzilaning energetik tasnifi uchun magnitudadan foydalaniladi. Zilzila shartli ravishda kuchsiz (1-4 ball), kuchli (5-7 ball) va vayronalik keltiruvchi (8 va undan ortiq ball) silkinishlarga bo‘linadi.


    Zilzilaning
     tektonik, vulqon va o’pirilish turlari mavjud.

    Tektonik zilzilalar barcha yer silkinishlarining 80-85% ni tashkil etadi.

    - odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.


    Ko‘chki - 
    tog‘ va jar yonbag‘irlaridan, dengiz, ko‘l va daryolarning tik qirg‘oqlaridan tuproq va tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ostida pastga siljishi.

    Sunami - 
    asosan suv osti silkinishlari vaqtida dengiz tubi katta maydonlarining pastga yoki yuqoriga siljishi natijasida yuzaga keladigan, dengiz to‘lqinidan iborat xavfli tabiiy hodisa.

    Sunamidan darak beruvchi tabiiy signal zilziladir. Sunami boshlanishidan avval, odatda, suv qirg‘oqdan uzoq masofaga chekinadi, dengiz tubi yuzlab metr, hatto bir necha ming metrga ochilib qoladi. Bu holat bir necha daqiqadan yarim soatgacha davom etadi. To‘lqinlar harakati momoqaldiroqsimon tovush bilan birga kechishi mumkin.



    Download 22.46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 22.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gidrotexnik halokatlar va avariyalar

    Download 22.46 Kb.