Gidrometeorologik xavfli hodisalar




Download 22.46 Kb.
bet6/7
Sana16.10.2022
Hajmi22.46 Kb.
#27310
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tinchlik va urush davridagi favqulodda vaziyatlar
2 5413352070931549162 (2), Документ Microsoft Word (2)
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
- odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, ba’zi sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar;


Suv toshqini - 
qor erishi, jala (kuchli yomg‘ir), suvning shamol yordamida haydab kelinishi, muz bo‘laklarining tiqilishi va boshqa holatlarda daryo, ko‘l yoki dengiz suvlari sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida quruqlikning anchagina qismini suv ostida qolishi.

Suv ko‘tarilishi - 
suv sathining qisqa muddatda jadal ko‘tarilishi. Kuchli jala, ayrim hollarda qor erishidan paydo bo‘ladi.

Sel - 
tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tog‘ jinslari bo‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim.
- aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.


Qor ko‘chkisi -
 20-30 m/soniya va undan ortiq tezlik bilan harakatlanayotgan yoki pastga surilayotgan qor massasi.

Dovul - 
tezligi 120 km/s, er yuziga yaqin joyda 200 km/s ni tashkil etuvchi shamol.

Bo‘ron - 
tezligi 20 m/s dan ortiq va uzoq davom etuvchi kuchli shamol. U siklon davrida kuzatiladi va dengizda katta to‘lqinlarni, quruqlikda esa vayronaliklarni keltirib chiqaradi.

Quyun - 
momoqaldiroq bulutida yuzaga keluvchi va ko‘pincha er yuzasigacha diametri o‘nlab va yuzlab metrga etuvchi xartum shaklida cho‘ziluvchi shamol. U uzoq muddat davom etmaydi, bulut bilan birgalikda harakat qiladi.


Download 22.46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 22.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gidrometeorologik xavfli hodisalar

Download 22.46 Kb.