Multimedia li aloqa tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari, usullari va vositalari




Download 8,17 Mb.
bet93/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

11.3. Multimedia li aloqa tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari, usullari va vositalari




Bugungi kunga kelib, MATda axborot xavfsizligini ta’minlashni bir necha qarashlari mavjud. Bu Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU-T, X.800, 1991 yil), Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO), AQSh mudofaa vazirligi (Department of defense — DOD) va IETF (IRTF) Internet xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhlar xavfsizlik modellariga taa’luqlidir. Shu bilan birga, bu modellarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, istalgan tarmoq qo‘shimcha xavfsizlik funksiyalarini ta’minlashi kerak (istalgan ochiq tizim uchun funksiyalar to‘plamidan tashqari), ular o‘z navbatida tarmoq xavfsizligi ob’ektlari va uni amalga oshirish jihatlarini aniqlaydi.
Tasvirlangan rasm (11.2-rasm) shuni ko‘rsatadiki, xavfsizlik funksiyalari nimfunksiyalarga “bo‘linadi” va tarmoqni himoyalashni ma’lum usullari va vositalari to‘plami orqali amalga oshiriladi. Har bir nimfunksiya ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli (OTO‘B EM) arxitekturasining aniq bir sathiga tegishli va mos bo‘lgan xavfsizlikni ta’minlash usullari va vositalari guruhini o‘z ichiga oladi.

11.2-rasm. MAT AXni ta’minlash funksiyasining ob’ektlari va amalga oshirish jihatlari




Bunda o‘sha bir xil usullar va vositalar MAT arxitekturasining turli sathlarida qo‘llanilishi mumkin.
Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari deganda axborotlarni himoyalash bo‘yicha aniq masala yechiladi yoki maqsadga erishishda amalga oshiriladigan qandaydir operatsiyalar va usullar majmui tushuniladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash vositasi deganda ma’lum xossalarga ega bo‘lgan va axborotlarni bir yoki bir necha himoyalash usullarini ishlatadigan texnik qurilmalar (apparat-dasturiy, dasturiy va boshqalar) majmui tushuniladi. Bunda bir necha turli vositalar bitta axborot xavfsizligini ta’minlash usulini amalga oshirishi mumkin.
11.3-rasmda MATda axborotlarni himoyalash vositalari tasvirlangan.
italari

11.3-rasm. Axborotlarni himoyalash vositalari




Mavjud MAT AXni ta’minlash modellariga muvofiq, OTO‘B EM tarmoq arxitekturasining har bir boshqarish sathi nafaqat foydalanuvchilarning axborotlarini himoyalash, balki tarmoqning “me’yordagi” ishlash qobiliyatini qo‘llab quvvatlaydigan boshqarish funksiyalarining o‘zini himoyalashni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu qo‘shimcha funksiyalar mos nimfunksiyalarga (o‘zining xavfsizlik usullari va vositalari bilan) bo‘lingan, bu nimfunksiyalar esa har bir boshqarish sathida mos axborot almashinuvi protokollariga “taqsimlangan va o‘rnatilgan”.
Xavfsizlik arxitekturasi deganda AXga tahdidlardan himoyalashni ta’minlash maqsadida xavfsizlikni ta’minlashning qo‘shimcha funksiyalarini MAT boshqarish arxitekturasi sathlari bo‘yicha taqsimlanishini tushunamiz, binobarin, har bir sathning vositalari faqat bu sathni eng zaif bo‘lgan aniq bir tahdidlar turidan himoyalashni ta’minlaydi yoki bu sathda himoyalashni yaratish boshqa sathlarda bu tahdid turidan xavfsizlikni ta’minlash funksiyalarini takrorlanishini (bunday funksiyalarni har bir sathda takroran bo‘lishi inkor qilinmasada) oldini olishga imkon beradi.

    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimedia li aloqa tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari, usullari va vositalari

Download 8,17 Mb.