Radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib olish




Download 57.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.01.2023
Hajmi57.07 Kb.
#38712
Bog'liq
Radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ula
реального, Азизова Т, LOGOPSIXOLOGIYA SLAYD, Lantanoid va Aktinoidlar-fayllar.org, Ахмедов Фарход Ризокулович, 34, ISH 2, havo liniyalari, Sim va kabellarning ko\'ndalang kesim yuzasini ruxsat etilgan у3, havoda elektr uzatish linyilari, Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari, Elektr yuklamalarning sutkali,oylik,yillik boshqachasi, ISTEMOLCHILARNINGKELTIRILGAN XARAJATINI ANIQKLASH, transformatorlarda quvvat isroflari


Radiokimyo
Radiokimyo — radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib olish,
konsentrlash (toʻplash) fan va texnikaning turli sohalarida koʻllash usullarini oʻrganadigan soha.
R. rivojlanish davrida bir necha bosqichni bosib oʻtdi. R.ning dastlabki 1 bosqichi 1898-yildan,
yaʼni P. Kyuri va M. Kyuri ilk tabiiy radioaktiv elementlar — poloniy va radiyni ajratib olishlaridan
boshlandi. II boskich (1914—33)da tabiiy radioaktiv elementlarning kimyoviy tabiati oʻrganildi. Ill
bosqich I.Kyuri va F. Jolio-Kyurilarning 1934-yilda sunʼiy radioaktiv izotoplarni kashf qilganlaridan
keyin boshlandi. IV bosqich sunʼiy izotoplarning texnologiyasi bosqichi boʻlib, parchalanish zanjir
reaksiyasining sanoat miqyosida amalga oshirilgan davri — 1944-yilga toʻgʻri keladi. Eng soʻnggi
bosk,ich 50-yilni — izotoplarni ajratib olish davrini oʻz ichiga oladi.
Hozirgi zamon R. sini quyidagi asosiy boʻlimlarga ajratish mumkin: umumiy R., yadro aylanishlari
kimyosi, radioaktiv elementlar kimyosi va amaliy R.
Umumiy R. radioaktiv elementlar va izotoplarning fizik-kimyoviy krnuniyatlarini: radioaktiv
elementlar va izotoplarning turli muhitda qanday shaklda uchrashini aniqlaydi, kichik
"radiokimyoviy" konsentratsiyadagi radioaktiv elementlarning xossalarini tekshiradi, radioaktiv
moddalarning fazalararo taqsimlanish jarayonini oʻrganadi.
Yadro aylanishlari kimyosi yadro reaksiyalari va radioaktiv oʻzgarishlarda hosil boʻladigan
mahsulotlarni va kimyoviy aylanishlarni oʻrganadi, yadro reaksiyalari va yadro aylanishlarida hosil
boʻladigan izotoplarning turgʻun shakllarini aniqlaydi.
Radioaktiv elementlar kimyosi barqaror va uzok, mavjud boʻluvchi izotoplari boʻlmagan
elementlarni oʻrganadi. R. usullari asosida oʻrganiladigan elementlar texnetsiy, prometiy, astat,
uran, toriy, poloniy, radon, fransiy, radiy, aktiniy, protaktiniy va transuran elementlar, shuningdek,
vodorodsimon atomlar: myuoniy, pozitroniy va mezoatomlardan iborat. Bu boʻlimga shartli
ravishda yadro yoqilgʻisi texnologiyasini ham kiritish mumkin.


Amaliy R. nishonli birikmalar sintezini, radioaktiv izotoplarning fan va sanoatda (kimyo, fizika,
geokimyo va boshqa tadqiqotlarda) qoʻllanishini oʻz ichiga oladi.
R. usullari boshqa kimyoviy sohalarda (kolloid kimyo, kimyoviy kinetika va boshqalar)
oʻrganiladigan qonunlar tadqiqotida ham keng oʻrin oldi. Elementlar va izotoplarni ularning
radioaktiv nurlanishi yoki yadro aylanishlari mahsulotlariga qarab aniqlash R.ning uslubiy
xususiyatlaridan biridir. R. usullari elementlar va birikmalarning fizik-kimyoviy xossalarini juda
kichik va juda katta konsentratsiyada oʻrganishga imkon beradi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Radioki
myo&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Radiokimyo&oldid=2442929

dan olindi
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 5 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 57.07 Kb.




Download 57.07 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib olish

Download 57.07 Kb.
Pdf ko'rish