Radioaktivlik




Download 272.63 Kb.
bet1/3
Sana07.12.2022
Hajmi272.63 Kb.
#33613
  1   2   3
Bog'liq
Murod fizika 5
Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, 00000000858c3fb50185edf3c8360039, Amaliyot hisoboti

Radioaktivlik
Tabiiy radioaktivlikni 1896-yilda fransuz fizigi Bekkeral kashf qildi. Uni fikricha, uran tuzining o'z-o'zidan chiqargan nurlari noshaffof moddalar qatlamidan o'ta oladigan, gazlarni ionlashtira oladigan, fotoplastinkani qoraytiradigan xususiyatlari bordir. P.Kyuri hamda M.Kyuri Skladovskaya va boshqalar tomonidan keyinchalik o'tkazilgan tadqiqotlar ko'rsatadiki, tabiiy radioaktivlik faqat uran tuzlarigagina xos bo'lib qolmay, balki og'ir kimyoviy elementlarning ko'pchiligiga, jumladan, aktiniy, toriy, poloniy va radiyga ham xosdir, Poloniy va radiyni 1898- yilda Per va Mariya Kyurilar kashf etgan. Bu elementlarning hammasini radioaktiv elementlar, ulaming chiqarayotgan nurlarini - radioaktiv nurlar deb ataladi. Radioaktiv nurlanishga alfa-nurlar, beta nurlar va gamma-nurlar deb atalgan uch xil nur kiradi.
  • Alfa-nurlar elektr va magnit maydonlarida og'adi; bu nurlar geliy 2Ne4 atomi yadrolari oqimidan iborat. Har bir a - zarracha ikkita elementar musbat zaryad +2e ga ega va massa soni 4 ga teng. a - zarrachalar 14000+20000 km/s tezlikka ega bo'lib, 4+9 MeV kinetik energiyaga ega bo'ladilar. a - zarracha o'z energiyasini atomlami ionlashga sarflab to'xtaydi; bunda, u moddada mavjud bo'lgan erkin eiektronlardan ikkitasini o'ziga qo'shib oladi va geliy atomiga aylanadi. a- zairrachani havoda o'tgan yo'li 3-9 sm.ni tashkil qiladi, ulaming ionlashtirish qobiliyati esa 100000-250000 juft ionga teng. Shunday qilib, a - 277 zarrachaning ionlashtrish qobiliyati yuqori, lekin o'tuvchanlik qobiliyati uncha katta emas. a - zarracha qalinligi 0,06 mm bo'lgan aluminiy qatlamida yoki qalinligi 0,12 mm bo'lgan biologik to'qima qalinligidagi qatlamda butunlay yutiladi.

2. Beta-nurlar elektr va magnit maydonlarida og'adi; ular tez elektronlar oqimidan iborat bo'lib, /^-zarrachalar deb ataladi. /^-zarrachaning o'rtacha tezligi 160000 km/s ga teng. /3-nurlanish ar-nurlanishdan farq qilib, tutash energetik spektrga ega. Pzarracha havoda 40 m gacha, alyuminiyda - 2 sm. gacha, biologik to'qimada - 6 sm. gacha yuguradi. 3. Gamma-nurlar - chastotasi juda katta -1020 Gs, to'lqin uzunligi esa juda qisqa —Ш’2 m bo'lgan fotonlar oqimidan iborat. pfotonlar energiyasi IMeV chamasida bo'ladi. pnurlar eng qattiq elektromagnit nurlar bo'lib, ko'p jihatdan rentgen nurlariga o'xshaydi ular elektr va magnit maydonida og'maydi, yorug'lik tezligi bilan tarqaladi, kristalldan o'tishida difraksiya ro'y beradi. ^nurlaming ionlashtirish qobiliyati katta emas, u havoda 100 juft ionga ega у o'Ini bosadi. ^nurlar eng o'tuvchi nurlardir. Eng qattiq ^nurlar qalinligi 5 sm bo'lgan qo'rg'oshin qatlamidan yoki qalinligi bir necha yuz metr bo'lgan havo qatlamidan o'tadi; kishi tanasidan bemalol o'tib ketadi. /J-yemirilishida radioaktiv element davriy sistemada massa sonini o'zgartirmasdan o'ngga bir nomerga siljiydi:
Radioaktiv yemirilish radioaktiv element atomlarining asta-sekin kamayishiga olib keladi. dt vaqt ichida yemiriladigan atomlar soni dN, vaqtga va radioaktiv element atomlarining umumiy soni N ga proporsionaldir:
bunda, Я - berilgan elementning yemirilish doimiysi deb ataladigan proporsionallik koeffitsiyenti. Minus ishorasi vaqt o'tishi bilan radioaktiv element atomlar sonining kamayisltiini ko'rsatadi.
radioaktiv izotoplarning yarim yemirilish davri T,/2 shunday vaqt oralig'iki, bu vaqt ichida mavjud radioaktiv yadrolaming yarmi yemiriladi. Tt/2 ning qiymatlari turli radioaktiv yadrolar uchun turlicha, masalan, sekundning ulushidan million yillargacha bo'lishi mumkin. Tm ning qiymati tashqi sharoitlarga (harorat, bosim, magnit yoki elektr maydonlarining ta’siriga) va radioaktiv yadrolami qanday kimyoviy birikmaiar tarkibida ekanligiga bog'liq emas. Radioaktiv manbalar aktivligi birlik vaqtda sodir bo'ladigan yemirilishlar sonini ifodalaydi Uning SI dagi birligi bekkerel (Bk) 1 sekunda 1 yemirilish sodir bo'ladigan radioaktiv manbaning aktivligi 1 Bekkerel bo'ladi.

Download 272.63 Kb.
  1   2   3




Download 272.63 Kb.