• Mavzu: Mantiqiy elementni tadqiq qilish Ishni bajarishdan maqsad
  • Ikkinchi imkoniyat
  • Radioelektronika




    Download 0.78 Mb.
    bet1/10
    Sana29.03.2023
    Hajmi0.78 Mb.
    #47430
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI

    RADIOELEKTRONIKA”


    KAFEDRASI
    MIKROPROSETSORLAR QURILMALARI”
    FANIDAN
    LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI UCHUN
    HISOBOT


    JIZZAX - 2020 yil

    Mavzu: Mantiqiy elementni tadqiq qilish


    Ishni bajarishdan maqsad: Integratsiya darajasi kichik bo‘lgan elementlarni o‘rganish va EMAS, VA – EMAS va YoKI – EMAS mantiqiy elementlarini tekshirish.
    Boshlang‘ich ma’lumotlar
    Mantiqiy funksiyalarni apparatlar shaklida amalga oshirishning har xil imkoniyatlari mavjud.
    Ulardan biri talab qilinadigan mantiqiy bog‘lanishlarni hosil qilish uchun integral texnologiya usullaridan foydalanib maxsus integral sxemalarni (IMS) tayyorlash. Maxsus IMSlar qalaylab o‘zaro bog‘lanishlarni hosil qilishni talab qilmaydi, ya’ni ishonchlilikka ega bo‘ladi. Lekin ular juda katta miqdorda ishlab chiqarilgandagina o‘zlarini iqtisodiy jihatdan oqlaydi. Bunga misol sifatida elektron soatlar va mikrokolkulyatorlar uchun ishlab chiqariladigan katta integral sxemalar (KIS)ni ko‘rsatish mumkin.
    Ikkinchi imkoniyat, har qanday mantiqiy funksiyani apparat shaklida amalga oshirish imkonini beradigan IMSlarning nomenklaturasi bo‘yicha minimal universal to‘plamini hosil qilish. Bunday imkoniyatlar o‘rtasida juda ko‘p oraliq yechimlar xam mavjud.
    Integratsiya darajasi kichik bo‘lgan elementlar yordamida mantiqiy sxemalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqaylik. Ma’lumki, har qanday mantiqiy funksiyani VA, YoKI, EMASdan iborat bo‘lgan uchta funksiyaning to‘plami sifatida yozish mumkin. Shunday qilib, bunday funksiyalarni amalga oshiruvchi elementlar mavjud bo‘lsa, ular to‘la to‘plamni hosil qiladi. Lekin bunday to‘plam minimal emas. Minimal to‘la to‘plam De Morgan teoremasini hisobga oladigan bo‘lsak, faqat bitta funksiya VA – EMAS yoki YoKI – EMASdan iborat bo‘lishi mumkin. Agar ulardan biri yordamida VA, YoKI, EMAS funksiyalarini olish mumkin bo‘lsa, bunday sistemaning to‘laligi isbotlangan bo‘ladi. YoKI – EMAS element , agar x=0 yoki x=u bo‘lsa inkor (EMAS) operatsiyasini amalga oshiradi, . YoKI funksiyasini 1 – rasm a)dagi sxema bajaradi:
    ,
    VA funksiyasi 1 – rasm b)da ko‘rsatilgan sxema yordamida hosil qilinadi
    .
    Xuddi shuningdek VA – EMAS elementi

    yordamida, agar u=1 yoki u=w bo‘lsa, EMAS elementi

    hosil qilinadi. VA elementi 1 – rasm, v yordamida:

    va YoKI elementi 1– rasm, g yordamida:

    olinadi.


    1 – rasm. Mantiqiy sxemalar: a,g – YoKI; b,v – VA


    VA funksiyasi 1 – rasm b)da ko‘rsatilgan sxema yordamida hosil qilinadi
    Keng tarqalgan KI55 va K561 seriyadagi mikrosxemalarda mantiqiy nol sifatida potensialning pastki sathi qabul qilingan (K155 seriya uchun 0dan 0,4Vgacha, K561 seriya uchun 0dan 0,01Vgacha), mantiqiy 1 sifatida esa – ta’minlash manbasining musbat kuchlanishiga yaqin bo‘lgan kuchlanish (musbat mantiq). K108 va K120 seriyadagi mikrosxemalarda mantiqiy 1 sifatida –10Vdan katta bo‘lmagan kuchlanish, mantiqiy 0 sifatida esa 0,7Vdan kichik bo‘lmagan kuchlanish qabul qilingan (manfiy mantiq).
    Mantiqiy elementlar integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi. Integratsiya darajasi kichik (KIS), o‘rtacha (O‘IS) va (KIS) sxemalarga bo‘lish qabul qilingan. Kichik integral sxemalar loyixachilar uchun universal material bo‘lib hisoblanadi. Lekin ular yordamida murakkab funksiyalarni amalga oshirish ko‘p miqdordagi korpuslarni va o‘zaro bog‘lanishlarni qalaylab bajarishni talab qiladi. O‘IS mikrosxemalari murakkabroq funksiyalarni amalga oshirish mumkin. Ular funksional xarakteristikalari bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqqa mos bo‘lganda qo‘llaniladi. Ayrim O‘ISlar ko‘pfunksional elementlar bo‘lib, ular yordamida har xil turdagi funksional qismlarni bajarish mumkin. Bunda O‘ISlarga deshifratorlar, multipleksorlar va summatorlar kiradi.
    Yuqori darajadagi integratsiyaga ega bo‘lgan (KIS) sxemalar, odatda, ko‘p funksional bo‘ladi. Ularga ayrim xotira qurilmalari (XQ) va mikroprotsessor komplektlari kiradi. Mikroprotsessorlar mantiqiy va arifmetik bog‘lanishni dasturiy ravishda amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

    Download 0.78 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.78 Mb.