• Yarimoʻtkazgichlar
  • Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik solishtirma qarshilikka teskari qiymatdir




    Download 126.71 Kb.
    bet3/3
    Sana27.10.2022
    Hajmi126.71 Kb.
    #28241
    1   2   3
    Bog'liq
    Mustaqilishgesrgse4g (1)
    11-sinf-test-va-yozma-ish-informatika-baxtiyoruz, Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni, Egamqulova Charosxon 2, 2-1429-Semi-Radial-5Parts-PGo-16 9, 3 labaratoriy.doc, Umarov R, Unsolved-Differential-Equations-with-Respect-to-the-Product (1), Техnologiya ta’limining shakl va metodlari p f. f d. Pulatova Di-fayllar.org, portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
    Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik solishtirma qarshilikka teskari qiymatdir:
    k=l/p
    bu yerda: k — solishtirma elektr o’tkazuvchanlik, p — solishtirma qarshilik.
    Birinchi xil o’tkazuvchilarning zlektr o’tkazuvchanligi temperatura ko’tarilganda kamayadi; ikkinchi xil o’tkazuvchilarniki esa, aksincha, temperatura ko’tarilganda ortadi. O’tkazgichning qarshiligi (R) jismning uzunligiga to’g’ri, ko’ndalang kesimi yuzasiga teskari proportsional bo’ladi:
    Birinchi xil o’tkazuvchilarning zlektr o’tkazuvchanligi temperatura ko’tarilganda kamayadi; ikkinchi xil o’tkazuvchilarniki esa, aksincha, temperatura ko’tarilganda ortadi. O’tkazgichning qarshiligi (R) jismning uzunligiga to’g’ri, ko’ndalang kesimi yuzasiga teskari proportsional bo’ladi:
    R=p*(l/S)
    bu yerda: ρ — solishtirma qarshilik. Solishtirma qarshilik o’tkazgich turiga bog’liq. Uzunligi 1 sm, ko’ndalang kesimi 1 сm2 bo’lgan o’tkazgichning qarshiligi uning solshitirma qarshiligi deb ataladi
    2-topshiriq.Moddalarning tuzilishi haqida umumiy ma’lumotlar
    Yarimo'tkazgichlar oʻtkazuvchanligi jihatidan metall va dielektriklar orasidagi moddalar boʻlib, oʻz fizik xususiyatlarini turli tashqi taʼsirlar (masalan yoritish, isitish va hokazo)
    natijasida keng intervalda oʻzgartira olish xususiyatiga ega.
    Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada juda keng qoʻllanilib, zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi - kompyuterlardan tortib to uyali aloqa
    telefonlarigacha barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng
    qoʻllaniladigan yarimoʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi. Yarimoʻtkazgichlar — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar (oʻtkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida II, III, IV, V va VI guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar. ularning bir qator birikmalari yarimo'tkazgichlar jumlasiga kiradi. Ya.da ham metallardagi kabi elektr oʻtkazuvchanlik elektronlarning harakati tufayli yuzaga keladi. Biroq elektronlarning harakatlanish sharoitlari metallar va Ya.da turlicha boʻladi. Ya. quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligi temperatura koʻtarilishi bilan ortib boradi (mas, temperatura 1 K ga ortganda Ya.ning solishtirma oʻtkazuvchanligi 16—17 marta ortadi); Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligida erkin elektronlardan tashqari atom bilan bogʻlangan elektronlar ham ishtirok etadi (baʼzi hollarda bogʻlangan elektronlar asosiy rol oʻynaydi); sof Ya.ga oz miqdorda qoʻshilma kiritib, uning oʻtkazuvchanligini keskin oʻzgartirish mumkin (mas, 0,01% qoʻshilma kiritilganda Ya. ning oʻtkazuvchanligi 10000 marta ortib ketadi).
    Past temperaturalarda Ya.ning solishtirma qarshiligi juda katta boʻladi va amalda ular izolyator hisoblanadi, lekin temperatura ortishi bilan ularda zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi keskin ortadi. Mas, sof kremniyda 20° trada erkin elektronlar konsentratsiyasi ~1017m~3boʻlsa. 700° da 1024 m"3gacha, yaʼni million martadan koʻproq ortadi. Ya.da erkin elektronlar konsentratsiyasining traga bunday keskin
    bogʻlikligi oʻtkazuvchanlik elektronlari issiqlik harakati taʼsirida hosil boʻlishini koʻrsatadi. Yarimoʻtkazgich kristallda atomlar valent elektronlari yordamida oʻzaro bogʻlangan.
    Atomlarning issiqlik tebranishlari vaqtida issiqlik energiyasi valent elektronlar orasida
    notekis taqsimlanadi. Ayrim elektronlar oʻz atomi bilan bogʻlanishni uzib, kristallda erkin koʻchib yurish imkonini beradigan yetarli miqdordagi issiqlik energiyasiga ega boʻlib qolishi va erkin elektronlarga aylanishi mumkin.
    Tashqi elektr maydon boʻlmaganda bu erkin elektronlar tartibsiz harakat qiladi. Elektr maydon taʼsirida esa maydonga qarshi yoʻnalishda tartiblangan harakatga kelib, Ya.da tok hosil qiladi. Erkin elektronlar yuzaga keltirgan oʻtkazuvchanlik elektron yoki p tip oʻtkazuvchanlik deb ataladi.
    Bogʻlangan elektronning oʻz atomini "tashlab ketishi" atomning elektr neytralligini buzadi. unda "ketib qolgan" elektron zaryadiga miqdoran teng musbat zaryad — teshik vujudga keladi. Tashqi elektr maydon boʻlmaganda elektronlar ham, teshiklar ham
    tartibsiz harakatlanadi, tashqi maydon boʻlganda esa elektronlar maydonga qarshi,
    teshiklar maydon boʻylab koʻchadi. Teshiklarning koʻchishi bilan bogliq oʻtkazuvchanlik teshikli yoki n tip oʻtkazuvchanlik deyiladi. Erkin elektronlar soni bilan teshiklar soni bir- biriga tengligi tushunarli. Aniklanishicha, ularning harakatlanish tezligi ham bir xil ekan. Demak, Ya.dagi tok ayni vaqtda ham elektron, ham teshikli oʻtkazuvchanlikdan vujudga
    keladi. Bunday elektronteshikli oʻtkazuvchanlik Ya.ning xususiy oʻtkazuvchanligi deyiladi. Xususiy oʻtkazuvchanlik sof Ya.da kuzatiladi. Biroq tabiatda sof Ya. yoʻq. Baʼzi qoʻshilmalar Ya.ni erkin elektronlar bilan boyitsa, boshqa baʼzi qoʻshilmalar teshiklar bilan boyitadi. Ya.da yuzaga keladigan bunday oʻtkazuvchanlik qoʻshilmali oʻtkazuvchanlik deb ataladi.
    Agar asosiy Ya. atomi oʻrniga elementlar davriy sistemasida undan keyingi guruhda turgan element atomi kiritilsa, bu qoʻshilma atomning bitta valent elektroni atomlararo bogʻlanishda ishtirok etmaydi va erkin elektronlar safiga qoʻshiladi, binobarin, itip oʻtkazuvchanlik ortadi. Va, aksincha, undan oldingi oʻrinda turgan element atomi kiritilsa, atomlararo toʻla bogʻlanishda 1 ta elektron yetishmaydi, teshik hosil boʻladi. Bunda rtip oʻtkazuvchanlik ortadi. Qoʻshimcha birinchi holda donor (elektron beruvchi) qoʻshilma, ikkinchi holda esa akseptor (elektron oluvchi) qoʻshilma deb ataladi.
    Shunday qilib, Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligi xususiy va aralashmali oʻtkazuvchanliklar yigʻindisidan iborat boʻladi. Yuqori tralarda xususiy oʻtkazuvchanlik, past tralarda esa qoʻshilmali oʻtkazuvchanlik asosiy rol oʻynaydi.
    2 Murakkab yarim o'tkazgichlar
    A aralash yarimo'tkazgich yarimo'tkazgichdir birikma tarkib topgan kimyoviy elementlar kamida ikki xil turdagi. Ushbu yarim o'tkazgichlar odatda hosil bo'ladi davriy jadval guruhlari 13-15 (eski III-V guruhlar), masalan Bor guruhi (eski III guruh, bor, alyuminiy, galliy, indiy) va dan 15-guruh (eski V guruh, azot, fosfor, mishyak, surma, vismut ). Mumkin bo'lgan formulalar doirasi juda keng, chunki bu elementlar ikkilik shakllanishi mumkin (ikkita element, masalan. galliy (III) arsenidi (GaAs)), uchlamchi (uchta element, masalan. indiy galliy arsenidi(InGaAs)) va to'rtlamchi (to'rt element, masalan. alyuminiy galliy indiy fosfidi (AlInGaP)) qotishmalari
    Download 126.71 Kb.
    1   2   3




    Download 126.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik solishtirma qarshilikka teskari qiymatdir

    Download 126.71 Kb.