• Transformatsiya” so‘ziga ta’rif bering
  • Raqamli biznes transformatsiyasi deganda nimani tushunasiz
  • Raqamli transformatsiya bilan biznesning qanday masalalarini yechish mumkin
  • Raqamli yetuklik deganda nimani tushunasiz
  • Raqamlashtirish tushunchasi haqida ma’lumot bering




    Download 68.1 Kb.
    bet1/26
    Sana17.02.2023
    Hajmi68.1 Kb.
    #42634
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    biznes
    OCHIQ DARS ISHLANMASI

    Raqamlashtirish tushunchasi haqida ma’lumot bering
    Raqamlashtirish tushunchasi bilan ko‘pchilik korxonalarga axborot texnologiyalarni joriy etishni sinonim sifatida ko‘rishadi. Axborot tizimlari va biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishni raqamli transformatsiyani bildirmaydi. Bu axborot tizimlarini joriy qilishdan ham yuqori.
    Transformatsiya” so‘ziga ta’rif bering
    “Transformatsiya” so‘zini biznesni to‘liq almashtirish sifatida ham ta’riflash mumkin. Bunda tashkilotni rivojlantirish strategiyasi, uning maqsadi va yondashuvlari, mahsulotlari va xizmatlari, mijozlar bilan o‘zaro aloqasi, tuzilmasi, madaniy munosabati to‘liq o‘zgaradi. Umuman, biznes-model tubdan o‘zgargan holda tashkilot raqamli relslarga o‘tishini bildiradi. Bunda raqamlashtirish asosida quyidagi platformali yechimlar yotadi: tashkilotning butun servisini integratsiyalaydigan va tashkilot ichki jarayonlarini kompleks o‘zgarishini ta’minlaydigan raqamli ekotizim yaratiladi.
    Raqamli biznes transformatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
    Odatda, raqamli biznes transformatsiyasi deganda savdoning oshishi va foydaning o‘sishi tushuniladi. Ammo bunday o‘zgarish faqatgina tijorat sohasi uchun emas. Raqamli transformatsiya davlat sektoriga, ya’ni meditsina va sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va boshqa faoliyat sohalariga ham tegishli. Hozirda raqamli transormatsiya bu sohalarda samarali ishlab kelmoqda.
    Raqamli transformatsiya bilan biznesning qanday masalalarini yechish mumkin?
    Tashkilot ishining samaradorligini oshirish. Raqamli texnologiyalar yordamida turli operatsiyalarni tezlashtirish, kerakli ishlarni olib tashlash va muhim ishlarni tartiblashtirish, resurslarni qo‘llashni optimallashtirish mumkin. Bu mahsulot narxini pasaytiradi, samaradorlikni oshiradi va pulni tejaydi.
    Raqamli yetuklik deganda nimani tushunasiz?
    Raqamlashtirish davrida raqobatga chidaydigan kompaniyalar uchun raqamli transformatsiya judayam muhim. Ammo bu har tashkilot o‘z biznes-modeliga qandaydir o‘zgartirishlar kiritmasdan raqamlashtirish sharoitiga o‘tsin degani emas. O‘zgarishlar raqamli transformatsiya shartlariga rioya qilgan holda amalga oshirilgandagina muvaffaqiyat olib keladi. Ushbu shartlarning eng muhimi raqamli yetuklik deb ataladi. Bu raqamli transformatsiyalarga tayyorlik, strategiyaning mavjudligi, taktikani belgilash, jamoaning malaka darajasi va boshqa jihatlarni aks ettiradi. Ham joriy, ham kutilayotgan raqamli yetuklikni o‘lchash mumkin: buning uchun aniqlangan baholash mezonlari mavjud.

    Download 68.1 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 68.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamlashtirish tushunchasi haqida ma’lumot bering

    Download 68.1 Kb.