|
Raqamli iqtisodiyot
|
bet | 10/11 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 3,09 Mb. | | #237207 |
Bog'liq AzizaAxborotlarga ishlov berishning asosiy vositasi boʻlgan mavjud axborot va kompyuter tizimlaridan keng foydalanish tajribasi shuni koʻrsatadiki, axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi toʻliq yechimini topmagan, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan himoya vositalari tizimi esa yechayotgan masalalari va qoʻllanilgan usullari boʻyicha, shuningdek, erishgan natijalari bilan ham bir-biridan katta farq qiladi. Bu jahon iqtisodiyotidagi axborot xavfsizligi muammosi dolzarbligicha qolayotganligini aniqlab beradi. Bu yoʻnalishning iqtisodiy xavfsizlik sifatida yangiligi jahon iqtisodiyoti bilan bogʻliq axborot xavfsizligini baholashning metodologik jihatlarini tadqiq etish va oʻrganish bilan bogʻliq bir qator muammolarni keltirib chiqaradi . - Axborotlarga ishlov berishning asosiy vositasi boʻlgan mavjud axborot va kompyuter tizimlaridan keng foydalanish tajribasi shuni koʻrsatadiki, axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi toʻliq yechimini topmagan, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan himoya vositalari tizimi esa yechayotgan masalalari va qoʻllanilgan usullari boʻyicha, shuningdek, erishgan natijalari bilan ham bir-biridan katta farq qiladi. Bu jahon iqtisodiyotidagi axborot xavfsizligi muammosi dolzarbligicha qolayotganligini aniqlab beradi. Bu yoʻnalishning iqtisodiy xavfsizlik sifatida yangiligi jahon iqtisodiyoti bilan bogʻliq axborot xavfsizligini baholashning metodologik jihatlarini tadqiq etish va oʻrganish bilan bogʻliq bir qator muammolarni keltirib chiqaradi .
Shuning uchun, axborot xavfsizligi masalalarida davlat, alohida tashkilot kabi darajalarda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Hozirgi kunda kiberhujum yoki jinoyatlar global xususiyatga egaligi bilan ham alohida muammolarni keltirib chiqarmoqda: 2017 yilning may oyida 150 dan ortiq mamlakatdagi kompyuterlar WannaCry virusi bilan zararlandi, natijada Buyuk Britaniyaning Milliy sogʻliqni saqlash xizmati (NHS), Ispaniyaning Telefonica telekommunikatsiya kompaniyasi, Germaniyaning eng yirik Deutsche Bahn temir yoʻl operatori, Amerikaning FedEx logistika kompaniyasi va dunyodagi koʻplab boshqa tashkilotlar faoliyatini izdan chiqardi [5]; Nissan Motor va Renault avtomobil konsernlari bir nechta ishlab chiqarish maydonlarida ishlab chiqarishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi [6]. Iqtisodiyotning turli sub’ektlari oʻrtasida raqamli oʻzaro oʻta bogʻliqlik sharoitida xavfsiz axborot muhitini yaratish barqaror raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning ajralmas elementiga aylanadi [4]. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan koʻplab raqamli texnologiyalar orasida katta ma’lumotlar, buyumlar interneti va sun’iy intellekt texnologiyalari boshqarilishi murakkab boʻlgan yoʻnalishlar hisoblanadi. - Shuning uchun, axborot xavfsizligi masalalarida davlat, alohida tashkilot kabi darajalarda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Hozirgi kunda kiberhujum yoki jinoyatlar global xususiyatga egaligi bilan ham alohida muammolarni keltirib chiqarmoqda: 2017 yilning may oyida 150 dan ortiq mamlakatdagi kompyuterlar WannaCry virusi bilan zararlandi, natijada Buyuk Britaniyaning Milliy sogʻliqni saqlash xizmati (NHS), Ispaniyaning Telefonica telekommunikatsiya kompaniyasi, Germaniyaning eng yirik Deutsche Bahn temir yoʻl operatori, Amerikaning FedEx logistika kompaniyasi va dunyodagi koʻplab boshqa tashkilotlar faoliyatini izdan chiqardi [5]; Nissan Motor va Renault avtomobil konsernlari bir nechta ishlab chiqarish maydonlarida ishlab chiqarishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi [6]. Iqtisodiyotning turli sub’ektlari oʻrtasida raqamli oʻzaro oʻta bogʻliqlik sharoitida xavfsiz axborot muhitini yaratish barqaror raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning ajralmas elementiga aylanadi [4]. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan koʻplab raqamli texnologiyalar orasida katta ma’lumotlar, buyumlar interneti va sun’iy intellekt texnologiyalari boshqarilishi murakkab boʻlgan yoʻnalishlar hisoblanadi.
|
| |