Rasmiy uslub




Download 37.36 Kb.
bet7/15
Sana27.10.2022
Hajmi37.36 Kb.
#28294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
7-MAVZU
dddd, 10- sinf Fizika 2-chorak, kapital qojilmalar auditi, 2- Amaliyot topshiriq, 2, noinertsial, 12 – amaliy mashg’ulot, 1-маъруза (2), Tactics for Listening - Basic - Student Book (2), TSTNK FAN (1), Документ (7), 12-ma’ruza. Kiritish-chiqarishni boshqaruv tizimi. Reja, 4720 (3), 14-Yanvarga
DALOLATNOMA
2004-yl 28-may.
Samarqand shahri.
Asos: universitet bo‘yicha 2004-yil 20-mayda “Universitet arxivining holati va foliyatini o‘rganish haqida” chiqarilgan 07-F raqamli farmoyish.Farmoyishga binoan universitet monitoring va ichki inspeksiyasi boshlig‘i A.M.Uzoqov raisligida hamda huquqshunos-maslahatchi F.B.Alixo‘jayeva, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bishlig‘i X.To‘xtayev, maxsus bo‘lim boshlig‘i A.A.Toshpo‘latov, devonxona mudiri vazifasini bajaruvchi M.Boltayevlar a’zoligida komissiya tuzildi.Komissiya shu yil 21-maydan 28-maygacha bo‘lgan muddat davomida universitet arxivi holati hamda ish faoliyatini o‘rganib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
1. Universitet arxivi uchun yangi qurilgan to‘qqiz qavatli binoning to‘qqizinchi qavatidan bir qancha xonalardan iborat joy ajratilgan, hujjatlar saqlanishi uchun metali tokchalar o‘rnatilgan, hujjatlarning xavfsizligi ta’minlangan.
2. Devonxonaning arxiv bo‘limi uchun 1 mudira, 3 arxivarius,
1 EHM operatori
shtat birliklari belgilangan. Avval mudir, keyinchalik arxivarius lavozimlarida ishlab kelgan Z.Rahmonova o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan va oqibatda bir qancha hujjatlar yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yo‘qolgan.
3. Universitet arxivining avvalgi –harbiy kafedra bilan birga joylashgan binoning ikkinchi qavatida isitish tizimida yuz bergan nosozlik tufayli bir necha bog‘lam hujjatlar zangli iflos suvda qolib ketgan va natijada 1969-, 1970-, 1975-, 1977-, 1978-, 1979-, 1980-, 1982-, 1987-yillarga tegishli hujjatlar suvda bo‘kib, yaroqsiz holga kelib qolgan.(Bu hujjatlarning to‘liq ro‘yxati dalolatnomaga ilova qilinadi)
4. Universitetning turli yillardagi faoliyati bilan bog‘liq 204 nusxadagi hujjat,shaxsiy tarkibga oid 1796 hujjat turli sabablarga ko‘ra yaroqsiz holga kelib qolganligi yoki yo‘qolganligi tufayli hisobdan choqarilishi lozim. (Bu hujjatlar ro‘yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
5. Sobiq pedagogika institutining turli yillarga oid faoliyati bilan bog‘liq 21 nisxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga doir 305 hujjatning yaroqsiz holga kelib qolganligi yoki yo‘qolganligi tufayli ularni hisobdan chiqarish lozim. (Bu hujjatlar ro‘yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
6. Komissiya universitet arxivi yangi va uning xizmatidan foydalanuvchilar uchun qulay joyga ko‘chirilib, hujjatlar saqlash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilganligini tasdiqlaydi.
7. Dalolatnoma ikki nusxada tuzildi, unga 8 betlik hujjatlar ro‘yxati va ikki betdan iborat bildirishnoma ilova qilindi.

Komissiya raisi: imzo Uzoqov M.M.


Komissiya a’zolari: imzo Rustamova S.SH.
imzo Fayziyev A.A.
imzo Artiqov D.M




Download 37.36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 37.36 Kb.