• TUSHUNTIRISH XATI
  • Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari
  • Rasmiy uslub




    Download 37.36 Kb.
    bet9/15
    Sana27.10.2022
    Hajmi37.36 Kb.
    #28294
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
    Bog'liq
    7-MAVZU
    dddd, 10- sinf Fizika 2-chorak, kapital qojilmalar auditi, 2- Amaliyot topshiriq, 2, noinertsial, 12 – amaliy mashg’ulot, 1-маъруза (2), Tactics for Listening - Basic - Student Book (2), TSTNK FAN (1), Документ (7), 12-ma’ruza. Kiritish-chiqarishni boshqaruv tizimi. Reja, 4720 (3), 14-Yanvarga
    TUSHUNTIRISH XATI – xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.
    Namuna

    TTA 1-Davolash fakulteti 5 kurs
    301 guruh talabasi
    Aripova Zamira Erkinovnadan

    TUSHUNTIRISH XATI
    Joriy yilning 21-29- sentabr kunlari betobligim sabab barcha darslarga qatnasha olmadim. Qoldirilgan darslarni o‘z vaqtida qayta topshirishga va sababsiz dars qoldirmaslikka so‘z beraman.
    Tibbiy ma’lumotnoma ilova etiladi.
    Imzo Z.E.Aripova Sana

    Tarjimayi hol


    Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va foliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi holdir. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimayi holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
    Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:

    1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol).

    1. Matn:

    a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;
    b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
    v) millati, ijtimoiy kelib chiqishi;
    g) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);
    d) ma’lumoti (qayerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
    e) ish faoliyatining turlari;
    y) oxirgi ish joyi va lavozimi;
    z) jamoat ishlarda ishtiroki;
    i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari ;
    k) pasport ma’lumotlari;
    l) turar joyi (uy adresi), telefoni.
    3.Sana. Imzo.
    Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga,ayrim hollarda, ya’ni ishga,o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.
    Namuna


    Download 37.36 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Download 37.36 Kb.