227
ololmagan, chunki bu tadbir tashkilotchilari uchun anketa ma’lumotlari kerak
bo’lgan xolos. Ushbu anketa ma’lumotlari esa boshqa turdagi «
antiqa
»
firibgarliklarni amalga oshirish uchun xomashyo rolini o’ynagan. Emigratsiya
bilan bog’liq firibgarliklarda
Internetdan Kanada, AQSh yoki Avstraliyaga viza
to’g’rilab beramiz, deb taklif qilinadi. Bu shaxslar o’zlarini advokat deb atashadi
va Sizning cho’ntagingizni yanada engillashtirishga o’z
hissalarini baholi-qudrat
qo’shishga harakat qiladilar. Barcha firibgarliklar bir xil ko’rinishdagi so’zlarni
ishlatadilar – ya’ni «
eksklyuziv taklif
», «
ajoyib imkoniyat
», «
shoshiling, vaqt juda
xam tig’iz
», «
bunaqasi bo’lmagan
» va xakozalar. Bunda asosiy maqsad, diqqatni
chalg’itish va potentsial mijozning taklifni yaxshilab fikrlab ko’rishidan iloji
boricha ko’proq chalg’itishdir. Juda katta foyda va
barcha kasalliklarga davo
bo’ladigan preparatlar xaqidagi cho’pchaklar xam ko’pchilik insonlarni ishontiradi.
Shu yerda bir savol tug’iladi -
qanday qilib kompyuter firibgarligini bilish
mumkin?
Internet bilan bog’liq firibgarliklarni
aniqlash uchun masalan,
quyidagilarni xar kim bilishi kerak:
Taklif elektron pochta orqali juda ko’p potentsial mijozlarga keladi;
Olingan taklifda jo’natuvchining manzili yo’q yoki bo’lsa xam u fiktiv;
Sizga kredit kartochkangiz raqamini ko’rsatishni so’raydilar;
Sizdan pul jo’natishingizni so’raydilar;
Maxsulot yoki xizmatning asosiy ko’rsatgichlari o’rniga «
bundan
millionlar foydalanayaptilar va juda xursandlar
» kabi antiqa ma’lumotlar
jo’natiladi;
Bu mahsulot yoki hizmatdan foydalangan insonlarning ajoyib fikrlari
misol sifatida va
jonli ravishda keltiriladi;
Taklif juda foydali, qulay va aqlga muvofiq emas.