• 2-§. Iste’molchilarning elektr ta’minotini loyihalashtirish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishda kompensatsiyalovchi qurilmalarni hisob-kitob qilish va tanlash
  • Podstansiyaning yuqori kuchlanishida 6-10 kVshinalardagi tgφ n qiymati, kV
  • Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni hisoblab chiqish bo‘yicha hisob-kitoblar metodikasi




    Download 98.97 Kb.
    bet2/4
    Sana11.12.2022
    Hajmi98.97 Kb.
    #34072
    1   2   3   4
    Bog'liq
    35.129.141
    xolida, o\'yinlar orqali kasb-hunarga yo\'naltirish, 25955, 3-mustaqil ish aparatlar, Kalendarlar haqida tushuncha. Quyosh va oy kalendarlar., 3-KYM Ўқитиш воситалари (1), MUSIQIY-TARBIYA-METODIKASI-FANIDAN-TEST-SAVOLLARI (1), VPN, 11,Масофавий хужумлар, 2 5204013552448315613, YAKUBOV ALGORITHMIZATION OF CAD SYSTEMS FOR OPTIMIZATION OF SHELL, 8-TEMA. GIDRATATSIYA HA’M DEGIDRATATSIYA PROTSESSLERI., Olefinler, aliniwi ha\'m qa\'siyetleri2, 339857
    1-§. Qo‘llanish sohasi
    1. Reaktiv quvvatning manbalari uch turda bo‘lishi mumkin:
    a) elektr tarmoqlarining havo va kabel liniyalari;
    v) qo‘shimcha o‘rnatiladigan kompensatsiya qilish vositalari (sinxron kompensatorlar, ko‘ndalang ulanadigan kondensator uskunalari, maxsus rostlanadigan ventil uskunalari va boshqalar).
    2. 1000 V gacha kuchlanishli tarmoqlarda rostlanadigan kondensator batareyalarini o‘rnatish joyi tarmoq kuchlanishining rostlanishi yoki reaktiv quvvatning rostlanishi talablarini hisobga olib belgilanishi lozim. 6 — 10 kV sex podstansiyalari tomonida kondensator batareyalarini o‘rnatish tavsiya qilinmaydi. Nisbatan past quvvat koeffitsiyentiga ega bo‘lgan va bir yildagi ishlash soatlari ko‘p bo‘lgan yirik elektr qabul qilgichlarda xususiy kompensatsiya maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
    2-§. Iste’molchilarning elektr ta’minotini loyihalashtirish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishda kompensatsiyalovchi qurilmalarni hisob-kitob qilish va tanlash
    3. 500 kV yuqori kuchlanishli podstansiyalarning 6 — 10 kV shinalari uchun va generator kuchlanishining shinalari uchun quvvatning o‘rtacha chamalab olingan koeffitsiyentini normativ qiymati tgφn = 0,6 deb belgilanishi lozim.
    1-sonli jadvalda keltirilgan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymatlari tgφn energiya tizimining maksimum yuklamali soatlari uchun iste’molchini elektr tarmoqlari bilan 35 — 220/6 — 10 kV podstansiyaning 6 — 10 kV shinalari o‘rtasidagi bo‘linish nuqtalariga taalluqlidir:

    1-jadval.







    Podstansiyaning yuqori kuchlanishida 6-10 kVshinalardagi tgφn qiymati, kV

    35

    110

    220

    0,32

    0,38

    0,50

    5. 0,38 kV tarmog‘idan ta’minlanadigan iste’molchilar uchun quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati tgφn = 0,25 deb belgilanishi lozim.
    6. Kompensatsiyalovchi qurilmalarni kerakli quvvatini hisoblab chiqishda va ularni tanlashda quvvatning o‘rtacha chamalab olingan koeffitsiyenti normativ qiymatlaridan kelib chiqish lozim. Kompensatsiyalovchi qurilmalarni kerakli quvvati quyidagi nisbat asosida aniqlanadi:

    Km — ma’lumotnomadan aniqlanadigan maksimal yuklama koeffitsiyenti;
    Psg — elektr uskunasi tomonidan iste’mol qilinadigan o‘rtacha yillik aktiv quvvat, kW (R kattaligi hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi);
    tgφ1 — fazalar siljishi burchagining tangensi, u quyidagi formula yordamida aniqlanib bir yildagi o‘rtacha chamalab olingan quvvat koeffitsiyentiga muvofiq bo‘ladi:

    Wr.g. — reaktiv energiyani sinxron yuritgichlarning ishlashini hisobga olmagan holdagi yillik iste’moli;
    W/r.g. — sinxron yuritgichlar tomonidan, ularning tgφ (cosφ) eng qulay bo‘lgandagi bir yilda ishlab chiqiladigan reaktiv energiyasi;
    Wg — elektr energiyasining bir yillik iste’moli (formulada foydalanilgan kattaliklar hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi);
    tgφn — quvvatning kompensatsiyadan keyingi koeffitsiyentiga to‘g‘ri keladigan fazalar siljishi burchagi tangensining normativ qiymati.
    7. Kompensatsiyalovchi qurilmalar reaktiv quvvatni iste’mol qiluvchi elektr uskunalarining bevosita yonida joylashtirilishi lozim.
    8. 1000 V gacha kuchlanishli tarmoqlarda rostlanadigan kondensator batareyalari sexda guruhli taqsimlash shchitlari yonida o‘rnatilishi yoki magistral shina simlariga ma’lum nuqtalarda ulanishi lozim. 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlash shchitiga yoki shinalar magistralining bosh uchastkasiga ulangan podstansiyalarda markazlashtirilgan o‘rnatish faqat yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha kondensatorlarni sexda o‘rnatish mumkin bo‘lmaganda qo‘llanilishi mumkin. Bunda kondensatorlar batareyasining eng samarali quvvati hisoblab chiqilgan bo‘lishi kerak.
    6 — 10 kV kondensatorlarini 6 — 10 kV taqsimlash uskunalariga ega bo‘lgan sex podstansiyalarida, taqsimlash punktlarida va istisno tariqasida MTP yoki GPPda o‘rnatish lozim. 6 — 10 kV kondensatorlar batareyalarini quvvati, ular alohida uzgich yordamida ulanganida 400 kVAr dan kam bo‘lmasligi va kondensatorlar kuch transformatori, asinxron yuritgichi va boshqa elektr uskunalari bo‘lgan umumiy uzgich orqali ulanganida 100 kVAr dan kam bo‘lmasligi kerak. Guruhli shchitoklar yonida o‘rnatilgan kondensator batareyalarining quvvatini 10 kVAr dan kam emas qilib qabul qilinishi tavsiya etiladi. Kompensatsiyalovchi uskunaning quvvati 10 000 kVAr dan ko‘p bo‘lganida energiya ta’minoti tashkilotining ruxsati bilan iste’molchida sinxron kompensator o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
    9. Kondensator batareyalari xizmat ko‘rsatishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida maxsus zaryadsizlagich induktiv va aktiv qarshiliklar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Zaryadsizlagich qarshilikning kattaligi (Om):

    Uf — faza kuchlanishi, kV,
    Q — kondensator batareyasining quvvati, kVAr.
    10. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash vositalari (kondensator qurilmalari) quvvatining rostlanishi, faqat iste’molchida reaktiv quvvat va kuchlanishni bir vaqtda rostlash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Reaktiv quvvat manbalari — kondensator qurilmalarining quvvatini rostlanishi avtomatlashtirilgan, qo‘lda boshqariladigan yoki telemexanika yoki telefon aloqasidan foydalangan holda dispetcherlik boshqariladigan bo‘lishi mumkin. Avtomatlashtirilgan rostlash kuchlanish, reaktiv quvvat, elektr yuklamasining toki va berilgan kuchlanish o‘rtasidagi ts burchagi, sutkalarning vaqti va bir nechta omillarga qarab kombinatsiyalangan sxemalar bo‘yicha bajarilishi mumkin.

    Download 98.97 Kb.
    1   2   3   4




    Download 98.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni hisoblab chiqish bo‘yicha hisob-kitoblar metodikasi

    Download 98.97 Kb.