Referat mavzu: Mahsulot tannarxi va hisoblash usullari Bajardi: Norqizilova Bobomurod Tekshirdi: Qilichov Sobir Toshkent 2023




Download 298.46 Kb.
Sana02.04.2024
Hajmi298.46 Kb.
#185595
TuriReferat
Bog'liq
biznes asoslari
boshqaruv-qarorlarini-qabul-qilish, Jismoniy tarbiya va sport 2, 151-19, critical thinking, 46, 4-amaliy top, 2 5244698480563199183, ABDULAZIZ AUDIT, laboratoriya namuna, Psixologiya haqida, file, 20.52.ABUBAKIROVA ISMIGULNING BIOLOGIYADAN MASALALAR YECHISH FANIDAN-Zoologiyaga oid masala va mashqlar yechish metodikasi-fayllar.org, Zilola(axborot texnologiya), КТМ 20-маъруза (1), 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023



TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI


Iqtisodiyot fakulteti
Eco-13 guruh talabasi
Norqizilov Bobomurodning
Biznes asoslati fanidan

REFERAT
Mavzu: Mahsulot tannarxi va hisoblash usullari

Bajardi: Norqizilova Bobomurod
Tekshirdi: Qilichov Sobir

Toshkent 2023

MAVZU: Mahsulot tannarxi va hisoblash usullar

Reja:



  1. Xarajatlarning iqtisodiy hisobi

  2. Xarajatlarning tasniflanishi 

  3. Mahsulot tannarxi va uni hisoblash metodlari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi. 


Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajat­lari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fev­ralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)­ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:



  • Buxgalter mutaxassis ko'p vazifalarni bajaradi.

  • Boshlang'ich hujjatlarni boshqarish, qabul qilish va qayta ishlash.

  • Shartnoma to'lovlari.

  • Ish haqini hisoblash va berish.

  • Soliq hujjatlarini tekshirish va taqdim etish.

  • Ilm-fan taraqiyotining asosiysi, xohish, ,bu siz qisqa vaqt ichida buxgalteriya asoslarini puxta o'rganishingiz va ishning o'ziga xos xususiyatlarini tushunishingiz mumkin bo'lgan qoidalar.

  • Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi.

  • Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.

Kiritilgan yangi uskuna.

Hisobchi ijro etuvchi jamoaga tegishli. Ushbu lavozimga o'rta maxsus, oliy ma'lumotga ega, ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturlariga ega bo'lgan odamlar mos keladi. Mutaxassisga tayinlangan funktsiyalarning standart to'plami mavjud.
Asosiy vositalarni, moddiy boyliklarni, xarajatlarni, tovarlarni sotishni hisobga olish ishlarini tashkil qiladi. U iqtisodiy faoliyat natijalarini, etkazib beruvchilarga, mijozlarga hisob-kitob qilishni, ulardan mablag 'olishni nazorat qiladi.
Resurslarni oqilona taqsimlash bo'yicha harakatlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Moliyaviy intizomni nazorat qiladi.
Tannarx — bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Bu oʻrinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Maʼlumki, mahsulot qiymati oʻz ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati hamda yangidan yaratilgan qiymatni toʻliq oladi. Oʻz navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi va yalpi foydaga ajraladi.
Tannarx, mahsulot tannarxi — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarish.da T.ning muxim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish xaki; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarfxarajatlar. T.ga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrashjoylash va joʻnatishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar uzgarmagan hollarda mahsulot T.ini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi. Qoʻshimcha foyda esa mahsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish. va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir.
Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat: 

  • Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi); 

  • Yordamchi va boshqa materiallar; 

  • Yoqilgi; 

  • Energiya; 

  • Asosiy va qo’shimcha ish haqi; 

  • Ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 

  • Asosiy fondlar amortizasiyasi; 

  • Boshqa pul xarajatlari. 

Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.

Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi.
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mav­judki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqador­ligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’min­laydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.
«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiya­si agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Mahsulot tannarxini hisoblash murakkab hisoblash tartibi hisoblanadi. Korxonada bu korxonaning barcha mumkin bo'lgan xarajatlarini hisobga olgan holda kutilayotgan daromadni hisoblashi kerak bo'lgan buxgalterlarning mas'uliyati
Ishlab chiqarish tannarxi - asosiy ta'riflar
Xarajat bahosi - bu korxonaning tovar ishlab chiqarish va sotishga yo'naltirilgan pul shaklida ifodalangan joriy xarajatlari. Narxi - iqtisodiy kategoriya, bu kompaniyaning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini aks ettiradi va qancha ekanligini ko'rsatadi moliyaviy resurslar mahsulot ishlab chiqarish va sotishga boradi. Korxonaning foydasi to'g'ridan-to'g'ri tannarxga bog'liq va u qanchalik past bo'lsa, rentabellik shunchalik yuqori bo'ladi.
Narxlarning turlari va turlari
Xarajat sodir bo'ladi:
To'liq (o'rta)- barcha xarajatlarning yig'indisini nazarda tutadi, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va asbob-uskunalar sotib olish uchun tijorat xarajatlari hisobga olinadi. Biznesni yaratish xarajatlari odatda to'lanishi kerak bo'lgan davrlarga bo'linadi. Asta-sekin, teng ulushlarda ular umumiy ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shiladi. Shunday qilib, mahsulot birligiga o'rtacha tannarx hosil bo'ladi.
Cheklash- to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bog'liq bo'lib, har bir qo'shimcha ishlab chiqarish birligining tannarxini aks ettiradi. Ishlab chiqarishni yanada kengaytirish qanchalik samarali bo'lishini ko'rsatadi.
Xarajat turi egasi biznesning qaysi sohasini nazorat qilishni istayotganiga bog'liq:
Xarajatlar tuzilishi qanday
Xarajat quyidagi elementlardan iborat:

  • Xom ashyo ishlab chiqarish uchun zarur.

  • Ba'zi korxonalar hisoblashni talab qiladi energiya tashuvchilar(har xil turdagi yoqilg'i).

  • Uskunalar va mexanizmlar uchun xarajatlar korxona faoliyati uchun zarur.

  • Xodimlarning ish haqi va barcha to'lovlar va soliqlarni to'lash.

  • qo'shimcha xarajatlar(ofis ijarasi, reklama va boshqalar).

  • Ijtimoiy tadbirlar uchun xarajatlar.

  • Bilan bog'liq xarajatlar amortizatsiya Asosiy vositalar.

  • Ma'muriy xarajatlar.

  • Uchinchi shaxslarning faoliyati uchun to'lov.

Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. . Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Vaxobov A., Jumayev N., Xoshimov E. “Jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi: sabablari, xususiyatlari va iqtisodiyotga ta’sirini yumshatish yullari” - T:, “Akademnashr” - 2019 y. 123- bet .

  2. Vaxobov A, Malikov T. Moliya: umumnazariy masalalar. T.: “IQTISODMOLIYA” 2018. 354 b.

  3. Vavilov A. Gosudarstvennыy dolg: uroki krizisa i prinsipы upravleniya. -M.: Gorodes-izdat, 2021.

  4. Yermasova N.B. «Finansovыy menedjment», Moskva - «Vыssheye obrazovaniye» - 2008g. , 46 str.




Download 298.46 Kb.




Download 298.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat mavzu: Mahsulot tannarxi va hisoblash usullari Bajardi: Norqizilova Bobomurod Tekshirdi: Qilichov Sobir Toshkent 2023

Download 298.46 Kb.