Media va axborot savodxonligi




Download 56.1 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi56.1 Kb.
#48764
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat
ПОС, 1-maruzu Axborot tizimlari faniga kirish., Abdumo‘minov Lazizjon Zokir o‘g’li, Testlar
Media va axborot savodxonligi.
Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir. Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash va to‘g‘ri baholash qobiliyati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Media savodxonligi, media ta’limi, media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko‘rsatish — bu kalit so‘zlarning barchasi ikki kunlik seminar trening mohiyatini aks e ttirdi. “O‘zbekiston ta’lim tizimiga media savodxonlikni jori y e tish” loyihasi doirasida “Media savodxonlik nim a va uni maktabda qanday o‘qitish kerak?” mavzusidagi ushbu seminar-trening O‘zbekiston Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi, DW Akademiyasi va Germaniya tomoni hamkorligida tashkil e tildi. Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan fikr almashib, “Adolat tili”, kontent, Vebler sxemasi kabi yangiliklarga, turli ma’lumot, usul va metodikalarga ega bo‘lishdi.
Xo‘sh, media savodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiya sarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun media savodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Media savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur savollar nafaqatsiz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanda y a xborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak. Bugungi axboriy muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks e ttirayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir. Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro e nsiklopediyasida qayd e tilishicha, “Media savodxonlik — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir”. Medi a savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanda y a xborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir.

Fikrimizcha, media savodxonlik media ta’limning uzviy bog‘liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda medianing tahlil e tilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya’ni media savodxonlik, media ta’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil e tish, baholashda media savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta’lim, mediani o‘rganish, media madaniyat tushunchalari ham qo‘llanilyapti.

Bugungi kunda media, ya’ni ommavi y a xborot vositalari, kino, teatr, san’atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot insonongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda media ta’lim, media savodxonlik, media tanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uningtarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.

Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, o‘quvchila yoshlarga maktablarda ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda bahola y o lish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozi ts iyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
U media texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatidan tortib, media tarkibiga tanqidiy munosabatgacha bo'lgan ko'plab mezonlarni o'z ichiga oladi, shu bilan birga ommaviy axborot vositalari ko'pchilikning fikrlariga ta'sir ko'rsatadigan eng kuchli kuchlardan biri bo'lib qolmoqda. Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi ma'lumotlar ishtirok etish, faol fuqarolik, vakolatlarni rivojlantirish va umrbod o'rganishga yordam beradi. Shunday qilib, aholining axborot savodxonligi va axborot madaniyatini shakllantirish demokratik jamiyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Media savodxonlik degani: ommaviy axborot vositalari orqali kirish, tushunish va o'zini namoyon qilish.

  • kirish ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanishni o'z ichiga oladi, masalan, navigatsiya funktsiyalari (telekanallarni o'zgartirish, kanalga yo'naltirish, Internet havolasidan foydalanish), ommaviy axborot vositalarini boshqarish qobiliyatlari (interaktiv onlayn tizimlardan foydalanish, Internetda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish); qonunchilikni bilish (so'z erkinligi, shaxsiy hayotni himoya qilish, "spam" dan himoya qilish);

  • tushunishga media-kontentni to'g'ri talqin qilish va tushunchaga ega bo'lish, shuningdek tanqidiy fikrlash qobiliyati kiradi;

  • yaratish ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro aloqalarni (Internetdagi munozaralar, elektron ovoz berish), media-kontentni yaratishni o'z ichiga oladi.

  • Turli xil muhit uchun materiallar ishlab chiqarish bo'yicha tajribaga ega bo'lish media tarkibiga nisbatan yaxshi tushunishni va tanqidiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.



Jamiyat orqali har kuni juda katta miqdordagi ma'lumotlar o'tadi. Faqat yuqori sifatli, tasdiqlangan bilimlarni topa olish va zamonaviy texnologiyalardan foydalana olish muhimdir. Axborot madaniyatini shakllantirish chuqur o'z-o'zini rag'batlantirishga va butun hayot davomida o'rganishga intilishga va natijada ijodiy rivojlanishga va mehnat unumdorligi darajasining oshishiga olib keladi. Insonlarning axborot savodxonligi asoslarini tushunishi aqlli jamiyat barpo etishning asosiy talabidir.


Download 56.1 Kb.
1   2   3   4




Download 56.1 Kb.