Referat Reja: Kompyuter haqida Shaxsiy kompyuterlarning tuzulishi Tizimli blok




Download 33.54 Kb.
Sana08.01.2023
Hajmi33.54 Kb.
#37773
TuriReferat
Bog'liq
Referat...
1e589652-5241-4cf4-b835-947d43cd5767 , tabiiy fan metod birlashma 2021, Презентация1, 2-Amaliy mashg\'ulot, Маълумот14-10-2021, Sarvinoz.katalogiya, Nozanin, Bank operation 22-05-2023, Multimediyaning asosiy tushunchalari, Onlayn ta\'limda olib boriladigan saytlar, exam table, kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish, MAQOLA №1 , Maqola SEVARA

FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI FARMATSIYA TURLARI BO’YICHA





Bajaruvchi: Salaydinov Sardor
Mavzu: Kompyuterlar. Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari

Referat


Reja:

  1. Kompyuter haqida

  2. Shaxsiy kompyuterlarning tuzulishi

  3. Tizimli blok

KOMPYUTER HAQIDA Kompyuter inglizcha hisoblayman degan ma’noni bildiradi. U oldindan berilgan dastur bo’yicha ishlaydigan avtomatik qurilma hisoblanadi.


«Kompyuter» tushunchasi, asosan elektron hisoblash mashinasi (EHM) ning kelib chiqish tarixini belgilaydi.
Dastlabki kompyuterlarning asosiy elementi elektron lampa bolgan. Shuning uchun juda katta joyni egallagan.
Texnikaning rivojlanishi bilan elektron lampalar o’rnida tranzistorlar va bosma platalardan, keyin kichik integral mikrosxemalardan foydalanildi. Bu mashinalar hisoblash texnikasini qo’llashda yangi texnologiyani yaratdi.
Kompyuterlarning o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan jahon tarmoqlari yuzaga keldi. Bu integral sxemalarni qo‘llash natijasida 1977-yillardan boshlab o’lchamiari kichik bo’lgan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.
1981-yilda IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan turli modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyin boshqa firmalar IBM PC bilan birlashtirilgan kompyuterlarni «Apple Macintosh» («Makintosh») yoki oddiygina «maki» ishlab chiqara boshladilar.
Kompyuterlarning bir necha turlari bor. Ular turli masalalarni yechishda foydalaniladigan komponent (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, murakkab masalalarni yechadigan kompyuterda juda kuchli qurilma bo’ladi.
Hujjatlarni bosishga mo’ljallanganida esa juda kuchli qurilmaning keragi bo’lmaydi, biroq unda harf bosish qurilmasi bo’lishi kerak. Idoralarda bir joyga o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterdan foydalaniladi.
Har qanaqa kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturalardan iborat bo’ladi. Kerak bolganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi.
Tizimlar blokida kompyuterning ishlashi uchun kerak boladigan muhim qismlar bo’lib, unga qolgan qurilmalar ulanadi.
Tizimlar blokining ko’rinishi xuddi to‘g‘ri to’rt burchakli qutiga o’xshaydi. Uning old devorida turli xil tugmachalar (klavishlar), indikatorlar, disketni joylashtirish cho’ntaklari bor.
Monitor (ba’zan displey deb ham atashadi) televizorga o’xshash bo’lib, uning ekranida axborotning natijaviy ko’rinishi tasvirlanadi.
Klaviatura (klavishli panel) axborotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan asosiy qurilma hisoblanadi. Ko‘pincha kompyuter tarkibiga sichqon manipulyatori va printer kiritiladi.
«Sichqon» ikki yoki uchta knopkasi (tugmachasi) bo’igan qurilma bo’lib, uning yordamida kompyuterning ishini oson boshqarish mumkin.
Printer esa axborotlarni qog’ozga tushirish uchun xizmat qiladi. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini koordinatsiyalaydi va boshqaradi.
Protsessor kompyuterning markaziy qurilmasi bo‘lib, axborotlarga ishlov beradi, ya’ni hisoblash amaliarini, arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi, ularni solishtiradi va uzatadi.
Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar bilan belgilanadi, ya’ni kompyuter ish dasturlari orqali boshqariladi. Foydalaniladigan dasturlar ichki tezkor xotira qurilmasida saqlanadi.
Uzoq vaqt saqlanadigan axborotlar kompyuterning tashqi xotira qurilmalarida (disketlarda) saqlanadi. Ichki va tashqi xotira qurilmalarida axborot almashinuvi kiritish va chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Qattiq disk yoki vinchester axborotlarni uzoq vaqt saqlaydigan qurilma bo‘lib, unda dastur va ishlov beriladigan axborotlar «fayl» ko‘rinishida saqlanadi.
Kompyuter o‘yinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud bo’lib, ular yordamida ko‘p narsalarni amaliy bilib olish mumkin.
Kompyuterlarning universalligi axborotni aniq maqsad yolida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirishga, kishilarning ish sharoitini yaxshilashga imkon berdi.
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash printsipini birinchi bo’lib ingliz olimi Charlg’z Bebich va uning g’oyasini mukammallashgan ko’rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g’oyasidan iborat. hozirda ko’p rusumli kompyuterlar shu g’oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko’p protsessorli kompyuterlar, yahni bir vaqtda dasturning bo’laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o’tish joizdir. shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O’z navbatida dastur qo’yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuter tiliga o’tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, mahlum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi bo’yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.

Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi va uni bajarilishini tahminlaydi. Amal (arif­metik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to’g’ridan-to’g’ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko’rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning dasturiy tahminoti - kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.


Tizimli bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko’rinishida ishlab chiqariladi.

Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan bo’lib, ular quyidagilardir:



Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo’lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (yahni kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan tahminlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk yurituvchi qurilmasi (hDD-hard Disk Driver), faqat o’qish uchun mo’ljallangan (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory) yoki uning o’rniga xozirda xam o’qish xam yozish uchun hizmat qiladigan lazer disk yurituvchi qurilmasi (CD RW yoki DVD RW) bo’lishi xam mumkin, shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko’plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Download 33.54 Kb.




Download 33.54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat Reja: Kompyuter haqida Shaxsiy kompyuterlarning tuzulishi Tizimli blok

Download 33.54 Kb.