• Referatlar turlari
  • Referat matni
  • Referatning Rasmiylashtirilishi
  • Referatning baholanishi
  • Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar




    Download 18.11 Kb.
    Sana23.05.2022
    Hajmi18.11 Kb.
    #21710
    TuriReferat
    Bog'liq
    Xushvaqtov Yunus
    AXXBK metodichka-15-01 (1)

    TATU SAMARQAND FILLIALI TTKT
    YO’NALISH 101-GURUH TALABASI
    Xushvaqtov Yunusning
    AKADEMIK YOZUV FANIDAN PREZENTATSIYASI
    Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar
    Reja:
    1. Referat nima?
    2. Referat turlari va tuzilishi.
    3. Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari.
    4. Referatning rasmiylashtirilishi.
    5. Referatning baholanishi

    • Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi.

    • Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.

    • Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o’zlashtirib olishdan iborat bo’lib qolmasligi, ya’ni ko’chirmachilik va kompilyasiya mahsuli bo’lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo’lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.

    • Referatning o’ziga xosligi:

    • • keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi,

    • matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.

    • Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi!

    • Referatlar turlari:

    • Bayonning to’liqligi bo’yicha: 1.Axborotli (referat – konspektlar) 2.Indikativ (referat – rezyumelar)

    • Referatlanadigan manbalar soni bo’yicha: 1. Monografik 2. Tahliliy

    • Referatning tuzilishi:

    • 1.Bibliografik bayon;

    • 2.F.I.O, Asar nomi, Nashr qilingan joyi, Nashriyot, Yil, Sahifalar soni.

    • Referat matni:

    • - Mavzu, muammo; referat qilinadigan ishning
      predmeti, maqsadlari va
      tuzilishi.
      - Qisqacha mazmuni.
      - Aniq natijalari.
      - Muallif xulosalari.
      - Ish natijalari qo’llaniladigan soha

    • Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari
      «Ishda …. Tizim ko’rib chiqiladi…»
      (Muallifning F.I.Oi.) «……….» asarida … berilgan.
      «Kirishda ko’rsatilishicha, ..»
      «Muallifning hisoblashicha, …»
      Muallif shunga asoslanadiki, ….
      Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi.
      «1-bobda … masalasi yoritiladi»
      «2-bobda … tadqiq qilinadi»
      « … haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi»
      «Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi»
      «Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi»
      « 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko’rib chiqiladi»
      «… zarurligi belgilanadi»
      «Xulosada muallif: «…» deb yozadi.

    • Referatning Rasmiylashtirilishi

    • Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog’ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o’ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak.
      Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo’ladi va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varag’i va ish rejasi bo’lib, ular raqamlanmaydi). Sahifa raqami yuqorida o’rtaga yoki o’ng tomonga qo’yiladi.
      Ilovalar ular mazmunini ko’rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib qo’yiladi.
      Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo’yicha kafedra belgilagan ko’rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.

    • Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.
      Referatning tuzilishi:
      1) titul varag’i;
      2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko’rsatilgan ish
      rejasi;
      3) kirish;
      4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bo’lingan
      matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham
      ko’rsatiladi;
      5) xulosa;
      6) foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
      7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar.

    • Referatning baholanishi:

    • 1. Referat qilingan matnning yangiligi. Maks.- 20 ball

    • 2. Muammo mohiyatini ochib berish darajasi. Maks.- 30 ball

    • 3. Manbalarni tanlashning asosliligi. Maks.- 20 ball

    • 4. Rasmiylashtirish talablariga rioya qilinishi. Maks. - 15 ball

    • 5. Savodlilik. Maks.- 15 ball

    • Natijada referat quyidagi tarzda bilimlarni baholashning 100 ballik va 5 ballik tizimida baholanadi:
      • 86 – 100 ball – «a’lo»;
      • 70 – 75 ball – «yaxshi»;
      • 51 – 69 ball – «qoniqarli”;
      • 51 balldan kam – «qoniqarsiz».
      Ballar dasturiy materialni bilishni joriy baholash jarayonida hisobga olinadi.

    E’tiboringiz uchun rahmat
    Foydalanilgan adabiyotlar:

    • http://school-collection.edu.ru

    • http://phet.colorado.edu/

    • http://www.quantumatomica.co.uk/download.htm

    Download 18.11 Kb.




    Download 18.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar

    Download 18.11 Kb.