Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi Reja




Download 241.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.05.2023
Hajmi241.24 Kb.
#56854
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi Reja
1756a01731 1566794795


98 

 
 
 
 

Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi 
Reja: 
1) Registr haqida ma’lumot 
2) Registr turlari 
3) Siljituvchi va siljitmaydigan registrlar haqida 
4) Intel firmasining protsessorlarida registrlar 
5) Flag va boshqarish registrlari 
 
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu 
axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, 
yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 
raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb 
ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining
razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning 


99 
bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular 
quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish; 
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish; 
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha; 
4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi. 
Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida 
amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.
Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi: 
 xotira (siljitmaydigan) registr; 
 siljituvchi registr. 
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.
Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir 
necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib 
ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish 
uchun ham qo‘llaniladi. Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar 
ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda 
yozilishi mumkin.

Parallel kodlarda; 

Ketma – ket kodlarda.
Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga 
soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi ko‘rinishida beriladi. Har bir 
razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Natijada yozilgan ikkilik son bir 
razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda 
trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli 
trigerga ma’lum vaqt kechikib boradi. Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan 
registrdagi ikkilik son (kodli signal) kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamma 
razryadlar yozib bulingandan keyin “o‘qish” komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar 
orqali parallel kodli shinaga uzatiladi. Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli 
shinaga beriladi. “Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi. N 
razryad siljitish uchun n marta siljituvchi impuls berish kerak. SHunday qilib bitta registr 
yordamida soni parallel kodini ketma – ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni chapga siljitish 
uchun kichik razryadli trigerni birlik chiqishini kechiktiruvchi element orqali katta razryadli 
trigerni hisobchining kirishiga ulash kerak. Ko‘pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar 
ham ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko‘rinishda ishlab 
chiqarilmoqda. Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta 
turg‘un holatga ega bo‘lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik qarshilikli 
kuchaytirgichdan iborat bo‘lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari bog‘lanishi amalga 
oshirilgan. Hisoblash texnikasida trigerlar xotira qurilmasi sifatida qo‘llaniladi. Trigger 
kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg‘un holidan ikkinchi turg‘un 
holatga o‘tadi. Uning bitta turg‘un holati mantiqiy 1 deb, ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi. 
Trigerni kirishiga beriladigan har signalga muvofik u o‘z holatini o‘zgartirishi uchun hisobli 
kirish rejimi qo‘llanildi. Buning uchun trigerni alohida kirishlari o‘zaro birlashtirib ulanadi.
Trigerlar amalda inersiyasiz bo‘lib 1 sekunda 106 marta qayta-qayta ulanib turishi mumkin. 
Trigerlar asosida EHM larni registrlari, hisoblagichlari va jamlagichlari yig‘iladi. Trigerlar 
integral mikrosxema asosida ish chiqilmokda. Trigerlar axborotni saqlash usuliga ko‘ra 


100 
asinxron va sinxron trigerlarga bo‘linadi. Asinxron trigerlarda axborot vaqtning istalgan 
momentida kirish signalining o‘zgarishi bilan o‘zgarishi mumkin. Sinxron trigerlarda 
ularning chiqishlaridagi axborot vaqtning aniq momentida sinxron signal berilgandagina 
o‘zgaradi.

Download 241.24 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 241.24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi Reja

Download 241.24 Kb.
Pdf ko'rish