Reja : Tok invertorlari haqida. Tok invertorlari




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#57482
  1   2   3
Bog'liq
Tok invertorlari
копия5 Mavzu Tijorat banklarining to’lov qobiliyati va uni mustahkamla



Reja : 
1. Tok invertorlari haqida. 
 
TOK INVERTORLARI 
 
Tok avtonom invertori to‘liq bo'lmagan boshqariluvchi yarimo‘tkazgich-larda bajarilishi mumkin 
(3.13- a rasm). TAI yuklanishga parallel ulangan kondensator C ning vazifasi, bir juft tiristor 
ulangan holatda bo’lganida ikkinchi juft tiristorning o'chiq holda bo‘lishi uchun ularga 
boshqariluvchanlik xususiyatlarini tikianish davri oralig'ida manfiy kuchlanish bilan to'siq hosil 
qilishdan iboratdir. Manbadan chiqayotgan tokning pulsatsiyasini kamaytirish maqsadida TAIning 
kirish qismiga yetarli darajada induktivlikka ega bo‘lgan reaktor ulanadi. Agar kondensatorni ham 
yuklanishning bir qismi deb qaraydigan bo'lsak, yuklanish tokining shakli to‘g‘ri burchakli 
shaklda bo‘ladi (3.13- b rasm). Yuklanishdagi kuchlanish shakli yuklanishning xarakteriga 
bog‘liqdir. Invertorning kirish qismidagi kuchlanishning manfiy ishorali qismi vaqt oralig'ida 
tiristorlarning yopiq holatiga to‘g‘ri keladi. 
3.13-rasm. Bir fazali TAIning sxemasi (a) va uning kuchlanish va tok diagrammasi (b). 
Shunday qilib, KAIlarning asosiy afzalligi kuchlanishning yuklanishga bog’liq emasligi, 
balki tiristorlar kommutatsiyasining tartibiga bog’liqligidan iborat. TAIlarda tiristorlar 
kommutatsiyasining tartibi tok shaklini belgilaydi, kuchlanishning shakli yuklanishning 
xarakteriga bog’liq bo‘lganligi sababli invertorlarning chiqish tavsiflari 3.14- rasmda 
tasvirlanganidek bo’lib, KAIning tashqi tavsifi abssissa o‘qi I
yuk
ga parallel bo’ladi, ya'ni U
yuk
= E 
(1- egri chiziq). TAIning tashqi tavsifining matematik ifodasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
𝑈
𝑦𝑢𝑘
=
𝐸𝐼
𝑑
𝐼
𝑦𝑢𝑘
cos 𝜑
=
𝐸
cos 𝜑
(3.1) 



bunda: U
yuk 
va I
yuk
yuklanish kuchlanishi va tokining birinchi garmonik tashkil 
qiluvchilarining haqiqiy qiymatlari; cosφ - yuklanishning quvvat koeffitsiyenti. (3.1)dan ko‘rinib 
turibdiki, manba kuchlanishining o'zgarmas qiymatida yuklanishdagi kuchlanish quvvat 
koeffitsiyentiga teskari proporsional bo’ladi. Yuklanishda tok qiymatining kamayishi natijasida 
U
yuk
 
E ham kamayadi, natijada yuklanishdagi kuchlanish qiymati ortadi (2- to‘g‘ri chiziq). 
Yuklanish tokining ortishi esa cosφ ortishi va birga intilishi natijasida U
yuk
 
 E ga intiladi. 
3.15-rasm. Avtonom invertorlarning tashqi tavsiflari.Sun’iy kommutatsiya qurilmalari 
tiristorli avtonom invertorlarning zarur qismlaridan bo’lishi bilan bir qatorda invertorning rostlash 
xususiyatlarini, energetik va ishonchlilik darajalarini ko‘p jihatdan belgilaydi. Quyida amaliyotda 
keng qo’llaniladigan sun'iy kommutatsiya sxemalarining ikki xilini ko‘rib chiqamiz. 
3.15-a rasmda tasvirlangan sun'iy kommutatsiya sxemasi bir ishchi tiristorning ulanishi 
bilan ikkinchi ishchi tiristorning o‘chirilishini ta'minlaydi. 
3.16-rasm. A vtonom invertor kuch sxemalaridagi ishchi tiristorlarning sig'imli (a) va tebranma 
konturli (b) sun ’iy kommutatsiya sxemalari hamda ularning kuchlanish diagrammalari (d). 
 
Tiristor V1 orqali tok o'tayotganda kondensator Cning sxemada ko'rsatilgan chap qobig‘i 
«-» o‘ng qobig'i «+» ishora bilan manbaning kuchlanish qiymati E gacha qarshilik R
yuk2
orqali 
zaryadlanadi. Tiristor V2 ga ilk boshqarish signali ochilishi uchun elektrodiariga berilganida 
kondensatordagi kuchlanish tiristor Vlga teskari, ya’ni katodiga «+» anodiga «—» Eshorali 
kuchlanish bilan to'sadi, natijada V1 ning o‘chishiga olib keladi. So‘ngra ulangan tiristor V2 va 
qarshilik R
yuk
orqali kondensator C qayta zaryadlanadi. Kondensatordagi kuchlanishning E dan 0 
gacha tushish vaqti oralig‘ida (3.15- d rasm) tiristor V1 ga teskari ishorali kuchlanish bilan to 
‘siladi va u o‘chadi, Kondensator C ning sig‘imini shunday tanlash lozimki, sxema bo‘yicha 
tiristorning o'chish vaqti t
o’
tiristorning pasportida ko‘rsatilgan tˈ
o’ 
dan kam bo'lmasligi kerak, ya'ni 
𝐶 =

𝑜′
𝑅
𝑦𝑢𝑘
𝑙𝑛2
(3.2) 



3.15-6 rasmda ishchi tiristorni o'chirish uchun unga parallel oldindan zaryadlanib qo‘yilgan 
kondensator ulanadigan sun'iy kommutatsiya sxemasi tasvirlangan. Aytaylik, tiristor V1 ishlab 
turibdi, kondensator qobig‘laridagi zaryad ishoralari sxemada ko'rsatilgandek bo'lsin. Tiristor V1 
ni o'chirish uchun yordamchi tiristor V2 ga boshqaruv signali yuboriladi. Kondensator C tiristor 
V2 va qarshilik R
yuk
orqali qayta zaryadlanadi, keyin tiristor V2 yoqiladi, Tiristor V1 ga ulanish 
uchun signal berilgandan keyin kondensator C ning tiristor V1, induktivlik L va diod dan iborat 
tebranma kontur bo'yicha qayta zaryadlanish yuzaga keladi va natijada sxema yana yangi ulanish 
uchun tayyor holatga keladi (3,15- b rasm). Kondensator C ning sig'imi (3.1) ifoda bilan 
aniqlanadi. Induktivlik L ning vazifasi kondensator C ning kerakli darajada tez qayta 
zaryadlanishida tok amplitudasi qiymatini chega- raiashni ta'minlashdir. Bu sxemaning afzalligi 
shundaki, invertordagi har bir tiristorni boshqa tiristorlaming ish rejimidan qat'iy nazar o'chirish 
imkonini beradi, bu esa tiristorlarga deyarli to‘ liq boshqariluvchanlik xususiyatini beradi, 
Hozirda kichik va o‘rta quvvatli kuch tiristorlarning to’liq boshqariluvchi turlari 
yaratilganligi sababli ularni ochish hamda yopish amallarini avtonom invertorlarning boshqaruv 
tizimlarida bajariladi va bu esa ularning kuch sxemalarini yanada soddalashtirishga hamda 
avtonom invertorlarning ishonchli ishlash darajasini orttiradi. 
3.16-rasmda tasvirlangan avtonom invertorning uch fazali ko'prik sxemali eng sodda 
sxemalaridan biri bo’lib, parallel tok avtonom invertori deb yuritiladi. 
3.16-rasm. Parallel tok avtonom invertorining sxemasi. 
 
Kondensator C
1
, C
2
, C
3
lar asinxron motor fazalariga parallel ulanib, kommutatsi-ya funksiyasini 
bajarish bilan bir qatorda motor iste'mol qilayotgan reaktiv quvvat o'rnini to’ldirish vazifasini ham 
bajaradi. Bunday invertorlarning yuklanish momenti deyarli o‘zgarmaydigan va chastota rostlash 
diapazoni uncha katta bo’lmagan asinxron elektr yuritmalarda qo’llaniladi. Bu invertorning eng 
katta kamchiligi chastotaning kichik qiymatlarida (10 Hz va undan kichik) kondensatorlarning 
sig’imi juda katta qiymatga ega bo‘lishi zarurligidir. Bundan tashqari asinxron motorga 
kondensatorlarning 
parallel ulanishi elektr yuritmada yo‘qotishi qiyin bo'ladigan 



avtotebranishlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Bu sxemaning takomillashgan varianti 
kondensatorlar asinxron motor, stator chulg'amidan Dl—D6 diodlar orqali ajratilgan (3.17- rasm). 
3.17-rasm. Kondensatorlar diodlar yordamida ajratligan tok avtonom invertorining sxemasi. 
 
Kondensatorlar orqali kommutatsiya vaqtidagina tok o‘tib, boshqa paytda ulardan tok 
o‘tmaydi. Bu esa kondensator sig‘imlarining chastota o‘zgarishidan qat’iy nazar anchagina 
kamaytirish imkonini beradi. Ammo kommutatsiya jarayonida asinxron motorning stator 
chulg‘amidagi 
yig‘ilgan 
energiyaning 
kondesatorlariga 
uzatilishi, 
kondensatorlarda 
kuchlanishning o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun kondensatorlaming sig‘imini shunday 
tanlashi kerakki, bir tomondan bu kuchlanish o'sishini ruxsat etilgan qiymatidan ortmasligi, 
ikkinchidan esa kondensatorlarning qayta zaryadlash jarayoni uzayib ketmasligi kerak. 

Download 0.55 Mb.
  1   2   3




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja : Tok invertorlari haqida. Tok invertorlari

Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish