Reja: 1 Malumotlar ombori xaqida




Download 27.71 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi27.71 Kb.
#53750
Bog'liq
Reja 1 Malumotlar ombori xaqida
Документ Microsoft Word, Kompyuter tarmoqlari, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, М.Аббосова, макола Амир Темур, SEO nima

Malumotlar ombori xaqida umumiy malumotlar. Malumotlar ombori,uni tashkil etish. MS Access muxitida ishlash texnologiyasi.
Reja:
1 Malumotlar ombori xaqida.
2 Malumotlar ombori uni tashkil etish.
3 MS Access muxitida ishlash texnologiyasi.
Kompyuterlar asosidagi axborot texnologiyalarining ko‘rinishlaridan biri ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Oddiy fayllarda farqli ravishda ma’lumotlar ombori kmpyuter xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalgam oshirish imkoniyati bor.
Ma’lumotlar ombori deb, kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga mikon beradigan ma’lumotlar yig‘indisiga aytiladi.
Ma’lumotlar omborida turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poyezd, samolyot, avtobuslarning harakatlanish jadvali, do‘kon yoki ombordagi mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar, talaba, o‘qituvchi va xodimlar, shuningdek, kitoblar haqidagi ma’lumot va boshqalar ma’lumotlar omboriga misol bo‘la oladi.
Ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterdan foydalanish shart emas. Masalan, shifokorning qabulxonasidagi bemorlar kartotekasini ma’lumotlar ombori deb hisoblash mumkin (kartotekalar qog‘ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo‘lishi mumkin).
Masalan, shifokor kompyuterda matn fayllarni yaratishni o‘rganib, bemorlar kartotekalarini bir nechta fayllarda yozib “kompyuterli” ma’lumotlar omborini hosil qilishi mumkin. Alllbatta, bunday ma’lumotlar omboridan foydalanilganda bemorlarni hisobga olish va kerakli hujjatlarni tayyorlash (bemorga ma’lumotnoma berish, retsept yozish va h.k.) ancha tez bajariladi.
Ma’lumotlar omborini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig‘indisi deb tushunish mumkin. Biror kutubxonadagi barcha kitoblar yoki butun dunyoda chiqayotgan jurnallardagi matematik tadqiqotlar haqidagi barcha maqolalar ro‘yhatining jamlanishi ma’lumotlar omboriga misol bo‘lishi mumkin.
Yer yuzida keng foydalanilayotgan mavjud 3000 ma’lumotlar omborlaridan ko‘p qismini xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma’lumotlarni saqlash, axborotni qanday yig‘ish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalaarini hal etishgan. Ma’lumotlar ombori ham ular joylashgan mamlakatlar kabi turli-tumandir. Ba’zi axborot tizimlari katta emas. Masalan, Avstraliyadagi “Ausinet” tizimi 17 omborga, Amerikaning “DAYALOG” tizimi 250 dan ortiq omborga ega. Ko‘pchilik tizimlar o‘rtacha o‘lchamlarga ega. Shvetsariyaning “Data – Star” tizimi 46, G‘arbiy Germaniyaning “INKA” tizimi 42, fransiyaning “Kestel” tizimi 45, Buyuk Britaniyaning “Pergamon Infolayn” tizimi 35 omborga ega.
Ma’lumotlar omboridagi axborotlar bir necha usullar bilan tashkil etilishi mumkin. Ma’lumotlar omborlarining eng soda va keng tarqalgan shakli jadval ko‘rinishidir. Ma’lumotlar omborining bunday ko‘rinishi relyatsion omborlar deb ataladi. Relyatsion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo‘lib, ularning hammasi nomlarga ega bo‘ladi.
Kompyuterdan aksariyat hollarda matnli fayllar (turli xat, referat, she’r va h.k.) ni yaratishda foydalaniladi. Foydalanuvchining tajribasi oshib brogan sari u matnli fayllar o‘rnida turli shakldagi va berilgan vazifalarni bajaruvchu fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli, belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvalli, kartotekali, videotekali, tashkilotlar manzili, kasallik varaqlari, telefon nomerlari va boshqa ma’lumotlarni jamlovchi ombor sifatida foydalanishi mumkin.
Har qanday ma’lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyoning obyektlar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman olganda, “obyekt” va “kattalik” degan iboralarni rasman ajratish mushkul. Lekin muayyan vaziyatda bu iboralarni ishlatish uchun ularni ta’riflashimiz mumkin. Ko'pchilik, terminlarni tushunish bo'yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo'yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo'lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo'ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo'lsa, biz darhol Google'ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so'rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug'dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so'zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi.
Bu maqolada ma'lumotlar omboriga oid juda kerakli va ko'pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma'lumotlar ombori va Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT).
Ma'lumotlar ombori bu — tartiblangan ma'lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir xil turdagi axborotlarni o'zida saqlovchi va berilgan so'rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma'lumotlar ombori hisoblanadi, ya'ni bir xil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o'zida saqlaydi, yoki bo'lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma'lumotlar saqlanadi, bu ham ma'lumotlar ombori.
Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi — bu ma'lumotlar omborini hosil qiluvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma'lumotlar ombori faqat ma'lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi.
Ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlar, SQL so'rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MOBT'ga so'rov beriladi, bu so'rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma'lumotlar omboriga murojaat qiladi, u yerdan so'rovga mos ma'lumotni olib, so'rovga javob beradi:
So'rov berish:
SQL so'rov -> MOBT -> Ma'lumotlar ombori
natija olish:
Ma'lumotlar ombori -> MOBT — > So'rovga javob
Quyidagi dasturlar MBBT'ga misol bo'la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
— Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;
Hulosa shuki, siz o'ylagan bu dasturlar, ma'lumotlar ombori emas, balki MOBT hisoblanadi.
Ma'lumotlar ombori MOBT'ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma'lumotlar ombori sifatida Oracle'ni tanladim» emas, balki «Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi sifatida Oracle'ni tanladim» to'g'ri bo'ladi.
Maʼlumotlar ombori — tuzilgan va tuzilmagan ma’lumotlardan bilim va tushunchalarni ajratib olish yoki ekstrapolyatsiya qilish uchun ilmiyusullar, jarayonlar, algoritmlar va tizimlardan foydalanadigan fanlararo soha[1][2] va keng doiradagi dastur sohalarida maʼlumotlardan oʻrgangan bilim, malakalarni qoʻllash. U maʼlumotlarni izlab topish va katta hajimli maʼlumotlarni tahlil qilish bilan bogʻliqdir.
Maʼlumotlar ombori — haqiqiy hodisalarni maʼlumotlar bilan tushunish va tahlil qilish uchun statistika, maʼlumotlarni tahlil qilish, informatika va ularga tegishli usullarni birlashtirish tushunchasidir"[3].
Maʼlumotlar ombori matematika, statistika, informatika fani kotekstida koʻplab sohalardan olingan texnika va nazariy bilimlardan foydalanadi[4]. Lekin, maʼlumotlar ombori informatika va axborot texnalogiyalar fanidan farq qiladi. Turing mukofoti sovrindori Jim Grey maʼlumotlar fanning "toʻrtinchi paradigmasi " (nazariy, hisoblash va yangi maʼlumotlarga asoslangan) ilm-fanga oid hamma axborot texnologiyalari taʼsiri va maʼlumotlar toʻfoni tufayli oʻzgarib borayotganligini taʼkidladi[5][6].
Maʼlumot olimi — bu dasturlash kodini yaratadigan hamda maʼlumotlardan tushuncha yaratish uchun uning statistik bilimlar bilan birlashtiradigan inson[7].
Asoslar
Maʼlumotlar ombori fani (data science) — fanlararo soha boʻlib[8], odatda katta maʼlumotlar toʻplamlaridan bilim olishga va ushbu maʼlumotlardan olingan bilim va tushunchalarni keng koʻlamli amaliy sohalardagi muammolarni hal qilish uchun qoʻllashga qaratilgan[9]. Bu sohani tahlil qilish uchun maʼlumotlarni tayyorlash va maʼlumotlar ombori faniga oid muammolarni shakllantirish, maʼlumotlarni tahlil qilish hamda maʼlumotlarga asoslangan yechimlarni ishlab chiqish va keng doiradagi dastur sohalarida yuqori darajadagi qarorlarni xabardor qilish uchun topilmalarni taqdim etishni oʻz ichiga oladi. U kompyuter fanlari, statistika, axborot fanlari, matematika, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, maʼlumotlarni solishtirish, maʼlumotlar integratsiyasi, grafik dizayn,murakkab tizimlar, aloqa va biznes kabi koʻnikmalarni oʻz ichiga oladi[10][11]. Neytan Yau,Ben Frylarning statistikasiga tayangan holda. Bu maʼlumotlar fanini inson va kompyuterning oʻzaro taʼsiri bilan bogʻlaydi: foydalanuvchilar maʼlumotlarni xushyorlik bilan nazorat qilish va oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishi zarur deb takidlaganlar[12][13]. 2015-yilda Amerika Statistikaning Assotsiatsiyasi maʼlumotlar bazasini boshqarishi hamda statistikasini, zamonaviy texnikalarni oʻrganish va taqsimlangan va parallel tizimlarini uchta rivojlanayotgan asosiy professional jamoalar sifatida aniqladi[14].
Statistikaga munosabat
Koʻpgina statistik olimlar, jumladan Neyt Silver, maʼlumotlar fani yangi soha emas, balki statistikaning boshqa nomi ekanligini taʼkidladilar[15]. Boshqalar esa, bu maʼlumotlar ombori fanni: „statistikadan farq qiladi, chunki u raqamli maʼlumotlarga xos boʻlgan muammolar va texnikalarga eʼtibor qaratadi[16]“, deya takidlashgan. Vasant Dharning yozishicha, statistika miqdoriy maʼlumotlar va tavsifga urgʻu beradi. Bundan farqli oʻlaroq, maʼlumotlar ombori fani miqdoriy va sifatli maʼlumotlar (masalan, tasvirlar, matn hamda sensorlar, tranzaktsiyalar yoki mijozlar maʼlumotlari va boshqalar) bilan shugʻullanadi va maʼlumotlar va harakatga urgʻu beradi[17]. Kolumbiya universitetidan Endryu Gelman statistikani maʼlumotlar ombori fanining muhim boʻlmagan qismi sifatida taʼrifladi[18].
Zamonaviy foydalanish
2012-yilda texnologlar Tomas X. Davenport va DJ Patil „Maʼlumot olimi: XXI asrning eng muhum ishi“ deb eʼlon qilishdi bu iborani hatto Nyu-York Tayms[19], Boston Globe kabi yirik shahar gazetalari ham qabul qilindi[20]. Bundan oʻn yil oʻtgach, ular buni yana bir bor tasdiqladilar va ish beruvchilar uchun bu ish har qachongidan ham koʻproq talab qilinmoqda. Maʼlumotlar ombori fanining mustaqil fan sifatida zamonaviy kontseptsiyasi baʼzan Uilyam S. Klivlendga tegishli[21]. 2001-yildagi maqolasida u statistikani nazariyadan tashqari texnik sohalarga kengaytirish tarafdori edi: chunki bu maydonning sezilarli darajada oʻzgartiradi, u yangi nomni kafolatladi. Keyingi bir necha yillar ichida „maʼlumotlar ombori“ yanada koʻproq, kengroq qoʻllanila boshlandi: 2002-yilda Fan va texnologiya maʼlumotlari qoʻmitasi Data Science Journalni ishga tushirildi. 2003-yilda Kolumbiya universiteti The Journal of Data Science jurnalini ishga tushirildi[22]. 2014-yilda Amerika Statistik Assotsiatsiyasining Statistik oʻrganish va maʼlumotlarni izlab topish boʻlimi oʻz nomini Statistik oʻrganish va maʼlumotlar faniga oid boʻlimga oʻzgartirildi, bu maʼlumotlar fanining mashhurligini aks ettiradi[23].„Maʼlumotlar olimi“(data scientist) professional unvoni 2008-yilda DJ Patill va Jeff Xammerbaxerga berilgan[24]. U (National Science Board) Milliy Fan Kengashi tomonidan 2005-yilda "Uzoq umr koʻradigan raqamli maʼlumotlar toʻplami: XXI asrda tadqiqot va taʼlimni qoʻllab-quvvatlash“ hisobotida ishlatilgan boʻlsada, lekin u raqamli maʼlumotlar toʻplamini boshqarishdagi har qanday muhim omilga keng ishora qiladi[25]. Maʼlumotlar ombori (data science) taʼrifi boʻyicha haligacha konsensus yoʻq va baʼzilar buni mashhur soʻz deb hisoblashadi[26]. Katta hajimli maʼlumotlar — bu tegishli marketing atamasi[27]. Maʼlumotlar boʻyicha olimlar katta hajimli maʼlumotlarni foydali maʼlumotlarga tahlil qilish va kompaniyalar hamda tashkilotlarga optimal operatsiyalarni aniqlashga yordam beradigan dasturiy taʼminot va algoritmlarni yaratish uchun javobgardirlar[28].
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma’lum ko‘rinishidagi ichki tuzilishiga, amalgam oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalgam oshirishni ta’minlaydi:
muammoli yo‘naltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi;
oldin kiritigan axborotlardan foydalanishning yengilligi;
murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;
shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari va boshqa vositalarni yaratishning mumkinligi.
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlar ko‘proq foydalaniladi.
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), “Elektron jadvallar” va ma’lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo‘ladi. Keng tarqalganligi bo‘yicha “Ishchi grafiklar” tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o‘rinda turadi.
Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha.
Inson o’z hayoti davomida ko’plab axborotlar bilan ishlaydi. Ular biron-bir narsa yoki jarayonga aloqador (masalan, tabiyat, jamiyat, ular orasidagi munosobatlar va hokazo) ma’lumotlar bo’lishi mumkin.
Narsa yoki jarayonni o’rganishda ularni obyekt deb atash qabul qilingan. Har bir obyekt o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Obyektlarni o’rganish jarayonida ular haqida ma’lumotlar yig’iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning ko’plab usullari mavjud. Kompyuterlar yaratilgunga qadar axborotlar bilan ishlash, asosan qog’ozda amalgam oshirilar edi. Masalan, ma’lumotlar yig’ma jildlarda saqlangan, ularni uzatish esa odatdagi pochta orqali amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ham bu usuldan voz kechilganicha yo’q. Lekin bugungi kunda, ya’ni axborotlar asri davrida katta hajmdagi ma’lumotlarni odatdagi usullar orqali qayta ishlab bo’lmaydi. Ma’lumki, axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish kompyuterning asosiy vazifalaridan biridir.
Kompyuterda ham axborotlarni turli usulda saqlash mumkin. Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari (Blknot yoki MS Word dasturlari) yordamida katta hajmdagi axborotlarni saqlash mumkin. Lekin axborotlarni matn muharrirlari yoki protsessorlari yordamida saqlash va ular bilan ishlash axborotlarni qog’ozda saqlash va kerakli ma’lumotlarni izlash bilan deyarli teng. Ikkinchi tomondan, katta hajmdagi ma’lumotlar ichidan kerakli ma’lumotni tezda topish uchun bu ma’lumotlarni ma’lum bir tartibda saqlash talab etiladi.
Ma’lumotlar bilan ishlashda kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, u holda barcha ishni aftomatlashtirish mumkin. Lekin shunda ham avval barcha ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritib olish zarur.
Bugungi kunda ma’lumotlar bilan ishlashni kompyuterlar yordamida avtomatlashtirish deyarli barcha sohada qo’llanib kelinmoqda. Masalan, avtomobillar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlar, fuqarolarning passport ma’lumotlari, shahar telefon ma’lumotnomalari va boshqalar.
Ma’lumotlar ombori o’zi nima?
Ma’lumotlar ombori – aniq bir sohaga tegishli ma’lumotlarning strukturalangan va o’z nomiga ega bo’lgan majmui.
Ma’lumotlarni struktaralash – ma’lumotlarni ma’lum xususiyatlari bo’yicha birlashtirish.
Masalan, korxonaning ma’lumotlar omborida quyidagi axborotlar saqlanishi mumkin:
Korxonaning ishchi xizmatchilari haqidagi barcha ma’lumotlar.
Korxonaning moddiy va texnik bazasi haqidagi ma’lumotlar.
Omborlardagi zahiralar haqidagi ma’lumotlar.
Tayyor maxsulotlar haqidagi ma’lumotlar va hokazo.
Kompyuterlarda bu kabi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ma’lumotlar strukturasini belgilab olish kerak. Ma’lumotlar omborini tashkil etishda axborotlarni saqlash talab qilinadi.
Ma’lumotlar omborida ustunlar Maydon , satrlar – Yozuv, Maydon va yozuvlar kesish katakchalari esa - Rekvizit deb yuritiladi.
Maydon – ma’lumotlar ombori strukturasini belgilaydi.
Yozuv – o’zaro mantiqan bog’langan maydonlar majmui bo’lib, biror obyektning asosiy xususiyatlarini ifodalaydi.
Ma’lumotlar omborining xususiyatiga qarab , unda axborotlar uch xil shaklda saqlanadi:
1) Iyerarxik (chiziqli) 2) To’rli 3) Relatsion (jadvalli)
Ma’lumotlarning iyerarxik shakli ularni qayta ishlash uchun eng qulay hisoblanadi. Uni quyidagi misolda ko’ramiz.
Misol. Axborotlar omboridan Toshkent shahar , Qorasuv 8-dahasi, 104-uy, 87-xonadonni izlab keluvchi mexmonning yo’nalishi quyidagicha bo’ladi:
1. Barcha davlatlar ichidan O’zbekistonni topadi.
2. O’zbekiston hududidagi barcha shaharlar orasidan Toshkentni tanlaydi.
3. Toshkent shahridagi dahalardan Qorasuv – 8 ni topadi.
4. Qorasuv 8-dahasidagi barcha uylardan 104-uyni topadi.
5. Xonadonlar orasidan kerakli 87-xonadonni izlaydi,
Ma’lumotning bunday ko’rinishi iyyerxik shakli deb nomlanadi.
Agar yuqoridagi misollar biror pog’onadagi ma’lumotlar boshqa pog’onadagi ma’lumotlar bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lansa, ma’lumotlarning bunday shakli to’rli shakl deb nomlanadi.
Iyerarxik va to’rli modellarning sxematik ko’rinishi.

Yuqoridagi sxema ko’rinishida ifodalash nisbatan qiyin bo’lgan ma’lumotlar ham bor. Masalan, 9-sinf o’quvchilari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi keltirilgan jadval ko’rinishida ifodalash juda qulay.



Familyasi
Ismi
Otasining ismi
Tug’ilgan sana
Telefon raqami
Qiziqishi
Azimova
Malika
Azim qizi
1991
189-45-34
Shaxmat
2
Begmatov
Shahob
Bahrom o’g’li
1991
342-43-41
Futbol
Ma'lumotlarni saqlash nima?

Ma'lumotlarni saqlash (DW) turli manbalardan ma'lumotlarni to'plash va boshqarish uchun mazmunli biznes-tushunchalarni taqdim etish jarayonidir. Ma'lumotlar ombori odatda heterojen manbalardan biznes ma'lumotlarini ulash va tahlil qilish uchun ishlatiladi. Ma'lumotlar ombori-ma'lumotlarni tahlil qilish va hisobot berish uchun qurilgan BI tizimining o'zagi.


Bu ma'lumotlarning strategik ishlatilishiga yordam beradigan texnologiyalar va komponentlarning aralashmasi. Tranzaktsiyalarni qayta ishlash o'rniga so'rov va tahlil qilish uchun mo'ljallangan biznes tomonidan katta hajmdagi axborotni elektron saqlashdir. Ma'lumotlarni axborotga aylantirish va uni foydalanuvchilarga o'z vaqtida farq qilish jarayonidir.
QCDga bo'lgan ehtiyoj o'tgan asrning 90-yillarida, korxona sektori turli xil biznes ko'rsatkichlarini hisobga olish uchun turli xil axborot tizimlaridan faol foydalanishni boshlaganda paydo bo'ldi. Har bir bunday dastur mahalliy ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish muammosini muvaffaqiyatli hal qildi, masalan, buxgalteriya hisob-kitoblarini bajarish, operatsiyalarni o'tkazish, kadrlar bo'yicha tahlil va hk.

Bu dastur MS Office lardan biri bo’lib, uning yuklanishi ilgari tanishilgan usullar kabi bajariladi. Access dasturida tez-tez uchraydigan tushunchalarning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz.


Oynaning birinchi sarlavha satrida amaliy dasturning nomi Microsoft Access deb yozilgan, 2-satrida esa quyidagi:
Файл, Правка, Вид, Вставка, Сервис, Окно, Справка
menyu satrlari joylashgan.
Uchunchi (to’rtinchi,...) satrlarda asboblar paneli (ko’p hollarda «Вид» menyusining Standart paneli) piktogrammalari joylashgan.
Asboblar panelining tagidagi qism ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda 1-rasmdagi muloqat oynasi hosil bo’ladi. Bu oyna yordamida biz yangi MB ni (Новая база данных ...) tashkil qilishimiz yoki mavjud MB (На моем компьютере ...) ni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
MS Access oynasi asosan 7 ta ob’ektdan iborat :
1.«Таблицы» (Jadval)—MB ning asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar saqlanadi.
2.«Запросы» (So’rov)—bu ob’ekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajarishga muljallangan.
3.«Формы» (ko’rinish)—bu ob’ekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko’rib chiqish imkonini beradi. Shakl to’zilishi bir qancha matn­li maydonlar, tugmalardan iborat bo’lishi mumkin. Demak, ko’rinish (forma)–ekran ob’ekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
4.«Отчет» (Hisobot)—bu ob’ekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi.
5.«Макросы» (Makros)—makrobuyruqlardan iborat ob’ekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan
tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
6.«Модули» (Modul)—Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi va nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi.
Bundan tashqari,
7.«Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’ekt ham mavjud. Bu ob’ekt HTML kodida bajarilgan, Web — sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’ektdir.
MS Access da ma’lumotlar bazasini yaratish.
Biror ma’lumotlar bazasini loyixalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun Windows oynasining masalalar panelidagi «Пуск» tugmachasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmachasi bosiladi va «Все программы» bo’limiga o’tib, Microsoft Office→Microsoft Access bandi tanlanadi.
Dastur ishga tushgandan keyin ekranda dasturning quyidagi umumiy ko’rinishi paydo bo’ladi.
Microsoft Access ning dastlabki oynasida 7 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud.
Bular:
«Открыть» (Ochish);
«Конструктор» (Tuzuvchi);
«Создать» (Yaratish) tugmachalaridir .
«Открыть» (Ochish) tugmachasi joriy ob’ektni ochadi. Agar bu ob’ekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi.
«Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning strukturasinigina ochib, uning maz­munini emas, balki to’zilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. Bordi-yu, ko’rinish bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar emas, balki MB ni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
«Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadval, so’rov, shakl va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartiblar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi:
mexanik usul bilan;
avtomatlashtirilgan holatda;
jadval ustasi (Мастер таблиц) bilan.
Endi har bir ob’ekt ustida qisqacha tushuncha berishga harakat qilamiz.
Ma’lumotlar bazasining ob’ektlarini yaratish.
«Мастер таблиц» (Jadval ustasi) yordamida MB ni yaratish.
Biror MB ni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun MB ning strukturasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MB ning yaxshi strukturasi talablarga mos keladigan, samarali MB ni yaratish uchun asos bo’ladi.
MS Accessda MB ni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa ob’ektlarni kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MB ning har bir elementini alohida aniqlashga to’gri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan ko’proq foydalanishadi. Unda «Мастер таблица» (jadval ustasi) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma’lum turdagi MB ni birdaniga yaratib, so’ngra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MB ni yaratishning eng sodda usulidir.
1. MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo’lgan oynadan «Мастер таблица» (Ustani ishga tushirish) parametri tanlanib, “ok” tugmachasi bosiladi. Agar MB oldindan ochilgan bo’lsa yoki dastlabki muloqot oynasi yopilgan bo’lsa, uskunalar panelidagi «Создать базу данных» (MB ni yaratish) tugmachasi bosiladi.
2.Sichqoncha ko’rsatkichini kerakli MB ning «Шаблон» (andozasi) ustiga joylashtirib, chap tugmachasi ikki marta bosiladi.
3. Ochilgan «Файл новая баз» (Yangi baza fayli) muloqot oynasidagi «Папка» (Jild) ruyxatidan, yaratilayotgan MB ni saqlab qo’ymoqchi bo’lgan papka tanlanadi. So’ngra «Имя файла» (Fayl nomi) maydonida MB ning nomi kiritiladi va «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi.
4. Keyingi muloqot oynasida usta yaratilayotgan MB qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma’lumot chiqaradi. Ushbu muloqot oynasining quyi qismida quyidagi tugmachalar joylashgan:
«Отмена» (Bekor qilish) - Ustaning ishini to’xtatadi;
«Назад» (Orqaga)—Usta ishida bitta oldingi qadamga qaytadi;
«Dalee» (Keyinga)—Usta ishida keyingi qadamga utadi;
«Готово» (Tayyor)—Tanlangan parametrli MB ni yaratish ustasini ishga tushiradi. Ushbu tugmachani bosishdan oldin MB da saqlanadigan axborot ekranga chiqariladi;
5. Ishni davom ettirish uchun «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
6. Ochiladigan muloqot oynasi quyidagi ruy­xatdan iborat bo’ladi:
MB ning jadvallari ruyxati;
Tanlangan jadvalning maydonlari ruyxati.
Ushbu ruyxatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan bo’ladi. Odatda deyarli barcha maydonlar belgilanadi. Maydonchalar uchun bayroqcha belgisini o’rnatish yoki olib tashlash bilan jadvalga maydonlarni kiritish yoki kiritmaslik mumkin. Shundan so’ng «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
7.Ustaning keyingi qadamida taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jixozlash tanlab olinadi va «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
8. Usta ishining keyingi bosqichida MB uchun yaratilayotgan hisobotlar ko’rinishi aniqlanadi.
9.Ochilgan navbatdagi muloqot oynasi hisobotga sarlavha qo’yish va rasm belgilash imkonini beradi. Ular keyingi barcha hisobotlarda tegishli joyda paydo bo’ladi. Agar rasm kerak bo’lsa «Да» (Ha) yozuvining oldiga bayroqcha o’rnatiladi va unda «Рисунок» (Rasm) tugmachasi ishlatiladi.
10.Bu tugmacha bosilganda rasmni tanlash «Выбор рисунка» oynasi ochiladi.
11.Oxirgi oynada «Готово» (Tayyor) tugmachasini bosish ustani MB ni to’zish uchun ishga tushirib yuboradi va u avtomatik ravishda yuqorida belgilangan parametrli MB ni yaratadi.
Yangi ma’lumotlar bazasini ustaning yordamisiz, mus­taqil ravishda yaratish mumkin. Buning uchun MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo’lgan oynadan «Новая база данных» (Yangi MB) parametrini tanlab, Ok tugmachasi bosiladi. Agar MB oldindan ochilgan yoki ishga tushirish oynasi yopiq bo’lsa, uskunalar panelidagi «Создать базу данных» (MB ni yaratish) tugmachasini bosish va sichqoncha ko’rsatkichini yangi MB belgisi ustiga olib borib, tugmachasi ikki marta bosiladi. Shundan so’ng «Имя файла» (Fayl nomi) qatoriga baza nomi yoziladi va «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi. Natijada bo’sh bo’lgan MB ning tanasi hosil qilinadi.
Ma’lumotlar bazasini ochish.
MB ni ochishning ikki usuli mavjud, ya’ni uni Access MBBS­ ni ishga tushirish jarayonida yoki u bilan ishlash jarayonida ochish mumkin.
MB ni Access dasturi bilan ishlash jarayonida ochish uchun «Файл» menyusidan «Открыть» (Ochish) buyrug’i tanlanadi. Shundan so’ng ochilgan oynadan foydalanib, quyidagi ishlar bajariladi:
1. Adreslar panelida yorliq ustida sichqoncha belgisini joylashtirib tugmacha bosiladi yoki «Папка» (Jild) maydonida kerakli MB joylashgan disk yoki jild tanlanadi;
2. Jildlar ruyxatida kerakli jild ustida ikki marta sichqoncha tugmachasi bosiladi va MB joylashgan jild ochiladi;
3.Agar kerakli MB topish imkoni bo’lmasa «Сервис» tugmachasi bosiladi va «Найти» (Topish) buyrug’i tanlanadi;
4. «Найти» (Topish) muloqot oynasida izlash uchun qo’shimcha shartlar kiritiladi, so’ngra kerakli parametr ustida sichqoncha tugmachasi bosiladi;
5. MB ni faqat o’qish, ya’ni tahrirlamasdan ko’rib chiqish uchun ochganda «Открыть» (Ochish) tugmachasi yonidagi strelkali tugmacha bosiladi va «Открыть для чтения» (O’qish uchun ochish) varianti tanlanadi;
6.Access MBBS i ishga tushirilganda ekranda muloqot oynasi paydo bo’ladi;
7. Muloqot oynasidan «Открыть базу данных» (MB ni ochish) bo’limi tanlanadi va taklif etilayotgan barcha mavjud MB ruyxatidan kerakli MB si sichqoncha tugmachasini MB ning yozuvi va nomi ustida bosish bilan ochiladi.
MB ni mustaqil ravishda yaratilganda u bo’sh bo’ladi. Uning ob’ektlarini foydalanuvchining o’zi yaratishiga to’g’ri keladi. Quyida biz MB ob’ektlaridan jadval, so’rov, shakl va hisobotlar yaratishni ko’rib chiqamiz.
Jadvallar yaratish
Bo’sh jadval yaratish.
Microsoft Access dasturi yordamida bo’sh jadvalni yaratishning quyidagi usullari mavjud:
-MB ni to’laligicha yaratadagan MB ning ustasini kullash. Bunday usta yangi bazani yaratadi, xolos. Uning yordamida MB ga yangi jadval, shakl­ yoki hisobotlarni qo’shib bo’lmaydi;
-Jadvallar ustasi oldindan aniqlangan jadvallardan yaratilayotgan jadval uchun maydonni tanlash imkonini beradi;
-Jadval holatida ma’lumotlarni bevosita bo’sh jadvalga kiritish;
-Konstruktor holatida jadval maketining barcha parametrlarini aniqlash.
Jadval yaratishda ishlatilgan usulning turidan kat’i nazar, xar doim jadval maketini o’zgartirish, masalan, yangi maydonlar kushish, qiymatlarini urnatish va boshka­larni bajarish uchun «Конструктор» holatini qo’ullash imkoniyati mavjud.
Jadvallar ustasi yordamida jadval yaratish
Buning uchun quyidagi algoritmdan foydalaniladi:
1. MB oynasiga o’tish. Bir oynadan ikkinchi oynaga o’tish uchun F11 tugmachasi bosiladi;
2.«Таблица» (Jadval) ilovasida «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
3.«Мастер таблиц» (Jadvallar ustasi) elementida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi, natijada ekranda muloqot oynasi hosil bo’ladi;
4.Jadvallar ustasining muloqot oynasidagi ko’rsatmalarga rioya qilish.
Jadvalga ma’lumotlarni kiritish yo’li bilan jadvalnihxosil qilish.
Buning uchun quyidagi algoritm bajariladi:
1.MB oynasiga o’tiladi;
2.«Таблица» (Jadval) ilovasida «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
3.«Режим таблиц» (Jadval holati) elementida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi. Natijada ekranda 20 ta ustun va 30 ta satrdan iborat bo’sh jadval hosil bo’ladi. Alohida ko’rsatma berilmasa, ustunlar «Поле1», «Поле2» va hokazo nomlarini oladi;
Shakl strukturasida quyidagi bo’limlar mavjud:
-shakl sarlavhasi bo’limi, ma’lumotlar sohasi va shaklga izohlar berish bo’limi.
Ma’lumotlar sohasiga tegishli barcha narsalar boshqaruv elementi bo’ladi. Boshqaruv elementi ostidagi fonli rasm shakl ishchi maydonining o’lchamini ko’rsatadi.
Boshqaruv elementlari ozod va bog’langan maydonlarga bo’linadi. «Надпис» (Yozuv) boshqaruv elementi ozod maydondir. Ushbu boshqaruv elementi ustida, so’ngra shaklda sichqoncha tugmachasi bosilsa, matn yozish uchun ramka paydo bo’ladi. Unga kerakli matnni kiritilib, Enter tugmachasi bosiladi.
Jadval maydonlaridagi ma’lumotlar aks etadigan boshqaruv elementlari bog’langan maydon deyiladi. Ularni yaratish uchun uskunalar darchasidagi «Поле» (Maydon) elementi ishlatiladi.
Hisobotlar yaratish.
Hisobotlar ko’p jihatdan shakllarga o’xshaydi. Shuning bilan birga shakllar va hisobotlar orasida muhim bir farq borki, u ham bo’lsa hisobotlar faqat ma’lumotlarni chop etishga muljallanganligidadir. Ularda ma’lumotlarni chiqarish uchun boshqaruv elementlariga bo’lgan zarurat yo’q. Shuning uchun hisobotlarda ruyxatlardan, ruyxatli maydonlardan va boshqa ayrim elementlardan voz kechiladi.
Hisobotlar uchun Jadvallar yoki Shakllar holatini o’rnatish mumkin emas. Hisobot uchun faqat «Конструктор» va «Предварительный просмотр» (Oldindan ko’rish) holatlarini tanlash mumkin.
Hisobotni yaratish uchun MB ning muloqot oynasida «Отчеты» (Hisobotlar) ilovasini tanlash va «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi. Natijada «Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasi paydo bo’ladi.
Uning yordamida hisobotlar quyidagi usullar bilan yaratiladi: avtomatik tarzda, hisobotlar ustasi yordamida yoki qo’lda mustaqil ravishda.
Hisobotlar ustasi barcha qiyin ishlarni o’z zimmasiga olib, hisobotni tez yaratish imkonini beradi. Hisobotlar ustasi chakirilgandan so’ng ekranga chiqadigan muloqot oynalarida so’raladigan zarur ma’lumotlar kiritiladi va foydalanuvchining javoblari asosida hisobot yaratiladi.
«Автоотчет» (Avtohisobot) yordamida hisobot yaratish.
«Автоотчет» hisobot yaratish vositasi bo’lib, unda ombordagi jadvallar va so’rovlardagi barcha maydonlar va yozuvlar chiqariladi. Bunda asosiy qilinadigan ishlar quyidagilardan iborat:
1. MB muloqot oynasida «Отчет» (Hisobotlar) ilovasi tanlanadi;
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
3. «Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasida quyidagi bo’limlardan biri tanlanadi:
-«Автоотчет: в столбец» (Avtohisobot: ustunli)-har bir maydon sarlavhasi chap yonida bo’lgan alohida satr­ni tashkil etadi.
-«Автоотчет: ленточный» (Avtohisobot: tasmali)-har bir yozuv maydoni alohida satrni tashkil etadi. Bunda sarlavha har bir sahifaning ustida chop etiladi.
4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi jadval yoki so’rov tanlanadi;
5. Ok tugmachasi bosiladi;
Hisobot ustasi yordamida hisobot yaratish.
1. MB muloqot oynasida «Отчет» (Hisobotlar) ilovasi tanlanadi;
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
3. «Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasida kerakli hisobot ustasi tanlanadi. Bunda ustaning bajarishi mumkin bo’lgan ishlari ruyxati muloqot oynasining chap qismida chiqadi;
4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi jadval yoki so’rov tanlanadi;
5. Ok tugmachasi bosiladi;
6. Agar 3-qadamda hisobot ustasi, diagramma ustasi yoki yopishtiriluvchi suratlar ustasi tanlab olingan bo’lsa, ularga tegishli muloqot darchalarida chiqadigan ko’rsatmalarni bajarish lozim. Agar avtohisobot ustalaridan biri tanlab olingan bo’lsa, hisobot avtomatik tarzda yaratiladi.
Yaratilgan hisobotga o’zgartirish kiritish kerak bo’lsa, buni «Конструктор» holatida bajarish mumkin.
Hisobot ustasisiz hisobot yaratish.
1. MB muloqot oynasida «Отчет» (Hisobotlar) ilovasi tanlanadi;
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
3. «Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasining «Конструктор» holati tanlanadi;
4. Hisobot tuzishda ishlatiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jadval yoki so’rovlar tanlanadi;
5. Ok tugmachasi bosiladi.
6. Yangi hisobot «Конструктор» holatining hisobot oynasida paydo bo’ladi.
Hisobot strukturasi.
Har qanday hisobot strukturasi quyidagi bo’limlardan iborat:
hisobot sarlavhasi;
yuqori kolontitul;
ma’lumotlar sohasi;
quyi kolontitul;
hisobot izohlari.
Download 27.71 Kb.




Download 27.71 Kb.