Reja; 1 PhotoShopda qatlamlar va ulardan foydalanish




Download 358,52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.11.2023
Hajmi358,52 Kb.
#100222
Bog'liq
37-mavzu



37-Mavzu: PhotoShopda qatlamlar va ulardan foydalanish. PhotoShopda rang 
tizimlari. 
 
Reja; 
1) PhotoShopda qatlamlar va ulardan foydalanish 
2) Qatlamga niqob qatlam qo‘shish 
3) PhotoShopda rang tizimlari.
 
 
PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan 
ishlay olishidir. Qatlam bu shaffof qog‘oz bo‘lib, PhotoShopda qatlamga qo‘shimcha tasvir 
joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi. Har bir qatlamdagi 
tasvimi boshqa qatlamdagi tasvirlardan alohida tahrirlash mumkin. 
Qatlamlardan biz yuqorida foydalangan edik. “O‘zbekiston” mehmonxonasi suratiga to‘rtta 
avtomashinani joylaganimizda ulaming har biri alohida qatlamda joylashgan edi. Bu 
avtomashinalardan birortasining joyini o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, u joylashgan qatlamni tanlab, 
undagi tasvimi surishning 
Photoshop suratga qo‘shilgan yangi tasvirlami avtomatik tarzda yangi qatlamga joylaydi. 
PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin. 
Qatlamlar bilan ishlash uchun asosiy menyuning Слои (Qatlamlar) bo‘li- mida joylashgan 
buyruqlardan foydalanish mumkin. Lekin Слои (Qatlamlar) palitrasidan foydalanish yanada 
qulay. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo‘limidagi Слои 
(Qatlamlar) bandini tan- lash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak. Bu 
palitraning ko‘rinishi rasmda ko‘rsatilgan. Undagi tugmalaming vazifalari bilan tanishib chiqamiz. 
A. Yashirin palitralar; B. Yashirin palitralami ochish; С. Слои (Qatlamlar) jildi; D. Каналы 
(Kanallar) jildi; E. Контуры (Konturlar) jildi; F. Palitrani yashirish va ochish tugmasi; G. 
Palitraning menyusi tugmasi; H. Qatlamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha); I. Qatlamga bo‘yoq 
quyish (0 dan 100 gacha); J. Qatlamning qotirilganligi belgisi; K. Tanlangan qatlamlami bir-biri 
bilan bog‘laydi; L. Qatlamga stil qo‘shadi; M. Niqob qatlam yaratadi; N. Yangi korreksion qatlam 
yaratadi; O. Qatlamlaming yangi guruhini yaratadi; P. Yangi qatlam yaratadi; Q. Tanlangan 
qatlamni o‘chiradi; R. Qatlamni ko‘rsatadi yoki yashiradi. 
Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadiva uning joyini 
o‘zgartirib bo‘lmaydi. Boshqa qatlamlaming o‘mini almash- tirish mumkin. Yuqorida turgan 
qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo‘yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo‘lsa, undan 
keyingi qatlam biroz ko‘rinib turadi. 
Qatlamga niqob qatlam qo‘shish mmnkin. Qatlamning niqob bilan berkitilgan qismini 
o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o‘zgarti- rish kerak bo‘lganda juda qulay. 


Qatlamdagi kamchiliklami bartaraf qilish uchun unga korreksion qatlam qo‘shiladi. Stil qatlam 
esa qatlamga tayyor stilni qo‘llash uchun ishlatiladi. Bo‘yoq quyish qatlami qatlamning ustidan 
bo‘yoq quyish uchun ishlatiladi. 
Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan ishlash qiyinlashadi. Bunday paytda bir necha 
qatlamni bitta guruhga birlashtirish va bu guruh bilan bitta qatlam bilan ishlagandek ishlash 
mumkin. 
Noutbuk va mehmonxona rasmlarini yuklab olamiz. Mehmonxona tas- virini to‘liq ajratib 
(Ctrl+A qo‘shtugmasi), undan nusxa olamiz (Ctrl+C). Noutbuk rasmiga o‘tib, unga nusxani 
joylaymiz (Ctrl+V). Noutbuk rasmiga o‘tish uchun uning oynasining ko‘rinib turgan joyini 
sichqoncha bilan bosish yetarli. Agar oyna boshqa oynalar bilan to‘liq to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa, 
asosiy menyuning Окно (Oyna) boMimining oxirgi bandlarida joylashgan hujjat oynalaridan 
keraklisini tanlaymiz. 
Noutbuk oynasida mehmonxona tasviri paydo bo‘ladi va u ajratib olin- gan (quyidagi 
rasmlardan birinchisi). Asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) bo‘limidagi 
Трансформирование (Shakl o‘zgartirish) bandini va paydo boTgan menyudan Искажение 
(Nochiziqli o‘zgartirish) bandini tanlaymiz. 
Mehmonxona tasviri burchaklarida maxsus markerlar paydo bo’ladi. Ulardan birini sudrab, 
noutbuk ekrani burchagiga olib kelamiz (2-rasm). Mehmonxona tasvirining qolgan uchlaridagi 
markerlami sichqoncha bilan sudrab, kerakli joyga olib kelamiz (3-, 4-va 5-rasmlar). Yana bir 
marta burchak markerlarining rasmdagi noutbuk ekrani burchaklariga to‘g‘ri qo‘yilga- nini 
tekshirib (Ekrandagi tasvir butunlay ko‘rinmasligi kerak), Enter tugma- sini bosamiz. 
Tayyor rasmni yangi nom bilan saqlab qo‘yamiz (6-rasm). Mehmonxona 
Yana bir mashq bajaramiz. PhotoShopga yon oyna suratini yuklab olamiz. Uni to‘liq ajratib, 
nusxalaymiz. Yangi surat yaratamiz. Uning o‘lchamlari yon oyna surati oichamlari kabi bo‘ladi. 
Yangi suratga yon oyna suratining nusxasini joylaymiz (quyidagi 1-rasm). 
Yon oynadagi mototsiklchilaming tasvirini oddiy arqon yoki magnitli arqon uskunasi bilan 
ajratib olamiz. Klaviaturadagi Delete tugmasini bosib, ajratilgan bo'lakni o‘chirib tashlaymiz (2-
rasm). 
tasviri alohida qatlamdajoylashganligi sababli, undagi o‘zgartirishlar boshqa qatlamdagi noutbuk 
tasviriga ta’sir qilmadi: 


Mehmonxona suratini yuklab, undan nusxa olamiz. Nusxaning o‘lcham- larini kichiklashtirib, 
yon yna ustiga qo‘yamiz (3-rasm). 
Mehmonxona va avtomashina suratlan joylashgan qatlamlaming o‘mini almashtiramiz. 
Buning uchun qatlamlar palitrasini ocbamiz. Слой 1 degan yozuv ustiga yoki u joylashgan 
havorang to‘rtburchak ustiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosib turib, yuqoriga 
sudraymiz. Слой 2 yozuvi tepasida chiziq paydo bo'lishi bilan sichqoncha tugmasini qo‘yib 
yuboramiz. 
Natijada avtomashina joylashgan birinchi qatlam yuqoriga chiqib, mehmonxona qatlami 
pastga tushadi, mehmonxona faqat avtomashina oynasi- dan ko'rinib turadi. Forming oq rang! esa 
hech qayerda ko‘rinmaydi. Agar avtomashina tasvirini fondan boshqa qatlamga 
nusxalamaganimizda uning o‘mini o‘zgartirib bo'lmas edi. Avtomashina fonda bo‘lmagani uchun 
uning oynasidagi tasvimi o‘chirganimizda uning o‘mini fon rang! egallamaydi, u shaffof
ko‘inishga o‘tadi. 
PhotoShopda shakl o‘zgartirishlar va qatlamlardan foydalanishga misol sifatida berilgan 
rasmdan kublar yasab, ulami yig‘ishga urinib ko‘ramiz. Berilgan rasm va olingan natija quyida 
keltirilgan: 


Vazifani bajarish algoritmini keltiramiz: 
1. Kub tomonlariga qo‘yilishi kerak boTgan rasmni yuklab olamiz, awal ко‘rib chiqilgan 
ramka uskunasi yordamida (klaviaturada C tugmasini bosib chaqiriladi) undan 80x80 o‘lchamli 
qismini kesib olamiz. 
2. Yangi tasvir yaratamiz (Ctrl+N). Uning oTcharnlarini 1000x800 qilib o‘matamiz. 
3. Birinchi tasvirga o‘tib, uni to'liq ajratib olamiz (Ctrl+A) va nusxalay- miz (Ctrl+C). 
Dddnchi tasvirga o‘tib, unga birinchi tasviming ikki nusxasini joylaymiz (Ctrl+V). 
4. Joylangan ikkinchi nusxa ajratilgan holda turibdi. Uni kursomi bosh- qarish tugmalari 
yordamida yoki Рука (Dastak) uskunasini tanlab, birinchi nusxaning tepasiga olib kelamiz. 
YODDA SAQLANG! 
Tasvirga joylangan nusxa ajratilgan holda qoladi. Boshqa uskuna tan- laguncha uni sichqoncha 
yordamida, yangi joyga o‘tkazish mumkin. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Mehmonxona suratini boshqa suratdagi kompyuter ekraniga joylang. 
2. Mehmonxona suratini boshqa suratdagi avtomashinaning yon oynasiga joylang. 
3. Yon oynasida mehmonxona rasmi boTgan avtomobil rasmini suratdagi kompyuter ekraniga 
joylang. 
4. Kublami boshqa usullarda joylab, yangi tasvirlar yarating. 
5. 0‘zingizning fotosuratingizdan kub yasab, ular bilan tasvirni to’ldiring. 
6. Qatlamlaming joyini almashtirish qanday amalga oshiriladi? 
UYGA VAZIFA 
Oilaviy fotosuratlaringizdan uchtasini olib, ulami kubning uchta tomoniga joylang. 

Download 358,52 Kb.




Download 358,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja; 1 PhotoShopda qatlamlar va ulardan foydalanish

Download 358,52 Kb.
Pdf ko'rish