|
Reja. 2016-yil O’zbekiston uchun tarixiy o’zgarishlar davri bo’ldi
|
bet | 2/3 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #262297 |
Bog'liq Diyorbek2016 – Sog‘lom ona va bola yili
Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oya jamiyatda chuqurroq anglab yetilishiga va qaror topishiga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, sog‘lom va ahil bo‘lishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida, shuningdek 2016 yil O‘zbekiston Respublikasida “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin, quyidagilar uning ustuvor vazifalari va amalga oshirilishi yo‘nalishlari etib belgilansin:oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va chora-tadbirlar bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘I jalb etilgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini;davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlari Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda amalda ishtirok etishi va aniq ulush qo‘shishi aks ettirilgan holda uning amalga oshirilishidan keng jamoatchilik doimiy ravishda xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
|
| |