• Issiqlik elektr stansiyasi
  • Rеjа: An’anaviy energiya manbalari




    Download 21.42 Kb.
    bet2/4
    Sana28.02.2023
    Hajmi21.42 Kb.
    #43844
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-amaliy mashg’ulot. An’anaviy va noan’anaviy suv va energiya manbalaridan foydalanish.
    Abdatova Atirgul Tulegenova Guljahan boshlang\'ich, Олимова, Бобоев, 10-sinf tarbiya test, ariza, Ona tili to\'garak 6-sinflar 68 soat 2021-yil uchun, 215-Buxgalteriya (sirtqi)-Buxgalteriya hisobi, Ma\'munn, Buxgalteriya amaliy matematika taqvim, Ishlab chiqarish amaliyoti O\'A taqvim, 4 Toshnazarova, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u
    Issiqlik energetikasi. 60–yillarda respublikada elektr energiyasi xosil qilishni ko’p aytirish asosan gazda ishlaydigan yirik IES ni ishga tushirish yo’nalishida olib borildi. Yirik IESlar qurilishi natijasida O’zbekiston energetika sistemasining o’rnatilgan quvvatlari 11,3 ming MVt ga yetdi. Yaqin yillarda Yangi Angren GRESida 8-blak va Talimarjon GRESning 1-blakini ishga tushirish rejalashtirilgan.
    1.2-jadval. Respublikada eng yirik issiqlik elektr stansiyalari

    Nomi

    O’rnatil-gan quv-vatlari, MVt

    Turbo-agregatlar soni

    Qurilgan yillar

    Joylashgan shaxar

    Izoh

    Sirdaryo GRES

    3000

    10

    1972-1981

    Shirin




    Yangi Angren GRES

    1800

    6

    1985-qurilish davom etmoqda

    Nurobod

    Loyiha quvvati 2400 MVt

    Toshkent GRES

    1860

    12

    1963-1971

    Toshkent




    Navoiy GRES

    1250

    11

    1963-1981

    Navoiy




    Angren GRES

    484

    8

    1957-1963

    Angren




    Taxiatosh GRES

    730

    5

    1961-1990

    Taxiatosh




    Talimarjon GRES

    -

    -

    qurilishi 1984 yilda boshlangan

    Nuriston

    Loyixa quvvati 3200 MVt

    1.3-jadval. Yirik issiqlik elektr markazlari

    Nomi

    O’rnatilgan quvvatlar MVt

    Qurilgan yillar

    Joylashgan shahri

    Izohlar

    Farg’ona IEM

    330

    1956-1979

    Kirguli

    Loyixa quvvati 140 MVt

    Muborak IEM

    60

    1985-1988

    Muborak


    Toshkent IEM

    30

    1939-1954

    Toshkent


    Issiqlik elektr stansiyasi – organik yoqilg‘i yoqilishida ajraladigan issiqlik energiyasining elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr stansiyasidir.
    Katta shaharlar issiqlik energiyasi bilan aynan IESlardan ta’minlanadi, ko‘pincha esa elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr markazlardan (IEM) ham foydalaniladi.
    Issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi avvval mexanik, so‘ngra elektr energiyasiga aylantiriladi.
    Bunday elektr stansiyalar uchun yoqilg‘i sifatida ko‘mir, torf, gaz, yonuvchi slaneslar, mazutdan foydalaniladi. IESlar 2 turga: faqat elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kondensatsion elektr stansiyalar (KES) va elektr energiyasidan tashqari issiq suv va bug‘ ko‘rinishidagi issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr markazlari (IEM)ga bo‘linadi.
    Issiqlik kondensatsion elektr stansiyalar yuqori bo‘lmagan FIKga ega bo‘lishadi, chunki energiyaning ko‘p qismi ajraluvchi yoqilg‘i gazlari va kondensatorning sovutadigan suvi orqali yo‘qoladi.
    KESlarni yoqilg‘i qazish koniga bevosita yaqin joyda barpo etish foydalidir. Shu bilan birga, elektr energiya iste’molchilari stansiyadan uzoq masofada joylashishi mumkin.
    Issiqlik elektr markazi kondensatsion stansiyadan IEMda o‘rnatilgan bug‘ni ajratuvchi turbinasi bilan farq qiladi. IEMda bug‘ning bir qismi generatorda elektr energiyasini hosil qilish uchun turbinada to‘liq ishlatiladi, yuqoriroq harorat va bosimga ega ikkinchi qismi esa turbinaning oraliq pog‘onasidan ajratib olinadi va issiqlik ta’minoti uchun ishlatiladi. IEMning foydali ish koeffitsienti 60-70%ga yetadi.
    IEM odatda iste’molchilar – sanoat korxonalari va turar joy massivlariga yaqin barpo etiladi. Ko‘pincha ular olib kelinadigan yoqilg‘ida ishlaydi.
    Ko‘rib chiqilgan issiqlik elektr stansiyalari asosiy issiqlik agregati – bug‘ turbinaning turiga ko‘ra bug‘-turbinali stansiyalarga kiradi. Gaz-turbinali (GTQ), bug‘-gazli va dizel qurilmali issiqlik elektr stansiyalari uncha keng tarqalmagan.
    Issiqlik bug‘-turbinali elektr stansiyalari ancha tejamkor hisoblanadi. Ko‘ngina IESlar yoqilg‘i sifatida ko‘mirdan foydalaniladi. 1 kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun bir necha 100 gramm ko‘mir sarf qilinadi. Bug‘ qozonida yoqilg‘idan ajraladigan energiyaning 90%dan ko‘pi bug‘ga beriladi. Turbinada bug‘ oqimining kinetik energiyasi rotorga uzatiladi.

    Download 21.42 Kb.
    1   2   3   4




    Download 21.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rеjа: An’anaviy energiya manbalari

    Download 21.42 Kb.