Reja: Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha chet el tajribasi Chet el davlatlari bilan o`zaro hamkorliklar




Download 34.05 Kb.
bet1/4
Sana03.06.2022
Hajmi34.05 Kb.
#22797
  1   2   3   4
Bog'liq
Hayot Mustaqil ish
1 Mavzu Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning tavsif, Variant №1 Chiziqli va burchak o`lchagichlar konstruksiyasi Tenz, Microsoft Word, Рақамли қурилмалар, poverhnosti-vtorogo-poryadka



REJA:
1.Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish
2.Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha chet el tajribasi
3.Chet el davlatlari bilan o`zaro hamkorliklar

Erning tabiati yagona, uning qonunlari esa umumiydir. Tabiat davlat va ma’muriy chegaralarni bilmaydi. Olamshumul iqgisodiy vazifalarni bajarish uchun butun dunyo jamoatchiligining kuchini birlashtirishdan iborat ob’yektiv zaruratni anglash butun sayyoramiz miqyosida ekologik inqiroz xavfi kuchayib borgan sari asta sekin yuzaga keldi.


Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish
— davlatlararo hamkorlikning funksiyalaridan biri.
Mavjud xalqaro ekologik qonunchilik asosida yangi huquqiy tuzilma — xalqaro ekologiya huquqi shakllandi. Bu umum e’tirof etgan prinsiplar va xalqaro huquq normalari asosida xalqaro ekologik resurslardan oqilona foydalanish, ularni saqlab qolish hamda insonning qulay atrof tabiiy muhitga ega bo’lish huquqini himoya ko’shish borasidagi davlatlararo ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalarining majmuidir.
Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro huquqiy prinsiplari xalqaro jamoatchilik a’zolari bo’lgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarning birgalikdagi harakatlari natijasida ishlab chiqilgan. Ular BMT Bosh Assambleyasining alohida qarorlarida, Atrof muhit bo’yicha BMT Stokgolm konferentsiyasining, Evropada Xavfsizlik bo’yicha kengashning Yakuniy hujjatlarida (Xelsinki, 1975 y.), Butun jahon tabiat xartiyasining qarorlarida, BMT Atrof muhit va taraqqiyot bo’yicha xalqaro konferentsiyasining qarorlarida (Rio de Janeyro, 1992y.) va boshqa huj- jatlarda bayon etilgan. Ushbu prinsiplar umumlashtirilgan xolda quyidagicha ifodalanadi:
1) inson ekologik huquqlarining ustunligi;
2) davlatning o’z hududidagi tabiiy resurslarga nisbatan suvereniteti;
3) bir davlat ekologik farovonligiga boshqasining ekologik zarari hisobidan erishishga yo’l qo’yib bo’lmaslik;
4) barcha darajalarda ekologik nazoratni amalga oshirish;
5) xalqaro ekologik axborot bilan erkin almashish;
6) davlatlarning favqulodda holatlarda birbirlariga yordam berishi;
7) ekolognk huquqiy nizolarni tinch yo’llar bilan hal etish.
Davlatlar atrof tabiiy muhitni ifloslantirishdan ko’rilgan zararni qoplash hamda ekologik zararning salbiy oqibatlari uchun xalqaro javobgarlik choralarini ishlab chiqish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish majburiyatini oladilar.

Chet ellik ekspertlar O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish uchun yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizi, ya’ni rivojlangan davlatlarga nisbatan 3-4 barobar ko‘p yo‘naltirilayotganini yuksak baholadi. Ular mazmun-mohiyatiga ko‘ra noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi berayotgan yuksak samaralarni alohida qayd etdi. Mamlakatimizda savodxonlik darajasi qariyb 99 foizni tashkil etadi. Bularning barchasi O‘zbekistonda mazkur sohaga oid rivojlanish maqsadlariga erishilganidan dalolat ekani ta’kidlandi


“Dunyoda barcha jabhalarda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar shiddatli texnologik taraqqiyot, aholining ko‘payishi va mehnat bozoridagi ehtiyoj o‘zgarib borayotgan XXI asr talablariga muvofiq tarzda moslashish uchun ta’limga mutlaqo yangi yondashuvlarni taqozo etmoqda, – dedi yaponiyalik ta’lim bo‘yicha ekspert Ushio Miura. – Shu sababli sifatli ta’limdan bahramand bo‘lish, bunday bahramandlik faqat maktab yoki oliy o‘quv yurti doirasida cheklanib qolmasdan, butun umr mobaynida davom etishi g‘oyat muhimdir.

“O‘zbekiston davlat organlari va jamoat tashkilotlarining, xususan, joylarda MRMga erishish borasidagi yaqin va samarali hamkorligi yuksak natijalar bermoqda, – dedi “Save the children” xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi filiali direktori Son Jeong Baye (Janubiy Koreya). – Mamlakatingiz NNTlari bilan birgalikda mazkur vazifalarga to‘liq mos “Obod turmush yili” Davlat dasturini hayotga tatbiq etishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan mamnunmiz.


Tabiiy ofatlar, vafqulodda vaziyatlar ko’pchilikni shoshirib qo’yadi. Bunday vaziyalarda to’g`ri harakatlanish, o’zini tutish qoidalarini yaxshilab o’rganib olish darkor. To’satdan yuz bergan vaziyalarning salbiy oqibatini oldindan bilib bo’lmasligi xatto ular borasida yaxshi tayyorgarlik ko’rgan mamlakatlarni ham shoshirib qo’yadi. Buni Yaponiya misolida ham ko’rish mumkin.
Fuqaro mudofaasi o’rnini bo’lishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorgarlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egalishi bu tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarini favqulodda muhofaza qilish tushuniladi. Bu tizim aholini favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarini xavfli hududlarni xaritalashtirish ,seysmik mustahkam bino va inshoatlarni ko’rish qisqa , o’rta , va uzoq muddatli bashoratlash ishlariga tayyorgarligini amalga oshirmoqda.

Ericson bu tashkilotlar xavfsizlik darajasini belgilaydi , uning madaniyati orqali o’zini samaralariga erishadi hisoblangan deydi U shuningdek bir kompaniya tashkilotning uning doirasida madaniyat – bu xodimlar kutilmoqda va ma’suliyat bor uchun xavfli xatti xarakatlarni vaziyatlarni hisobot boshqarish bo’lishi kerak deb hisoblaydi.Bundan tashqari boshqaruv orqali belgilangan bo’lishi kerak. Kuzatishlar natijasining asosiy maqsadlaridan biri muntazam mas balki xavfsizlik jarayonidan namuna olish (Krause 1997) tanlab xavf xatarlar bilan bog’liq xatti xarakatlarni kuchli xavola etadi




Download 34.05 Kb.
  1   2   3   4




Download 34.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha chet el tajribasi Chet el davlatlari bilan o`zaro hamkorliklar

Download 34.05 Kb.