|
Axborot xafsizligining zaruratlari
|
bet | 4/7 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 160,02 Kb. | | #253703 |
Bog'liq 1. Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro standartlar haqida. -fayllar.orgAxborot xafsizligining zaruratlari.Axborot va uni saqlab turuvchi jarayonlar,axborot tizimlari va tarmoq infratuzilmasi biznesning bebaho aktivlari bo’lib hisoblanadi. Axborot xavfsiligini aniqlash, ta’minlash, saqlab turish va yaxshilash tashkilotning raqobatbardoshliligi, qadrliligi, daromadliligi, qonun hujjatlariga muvofiqligini va ishbilarmonlik obro‘sini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Tashkilotlar, ulaming axborot tizimlari va tarmoqlar xavfsizlikning turli kompyuter firibgarligi, ayg‘oqchilik, zararkunandalik, vandalizm, yong‘inlar yoki suv toshqinlari kabi tahdidlar bilan ko‘proq to‘qnashmoqdalar. Zararming bunday kompyuter viruslari, kompyutemi buzib ochish va xizmat ko’rsatishdan bosh tortish kabi hujumlar manbalari keng tarqalmoqda, tajovuzkor bo‘lib bormoqda va ko‘proq mahorat bilan shakllanmoqda. Axborot xavfsizligi biznesning jamoat va xususiy sektorida, shuningdek, kritik infratuzilmalami muhofaza qilishda muhim. Axborot xavfsizligi ikkala sektorda ham yordam berishi kerak,masalan, elektron hukumatni yoki elektron biznesni joriy qilishda tegishli xavflardan mustasno bo‘lish yoki ulami kamaytirish uchun. Umumiy foydalanishdagi tarmoqlaming va xususiy tarmoqlaming birgalikda ishlashi, shuningdek, axborot resurslaridan birgalikda foydalanishi axborotdan foydalanishni boshqarishni qiyinlashtiradi. Ma’lumotlarga taqsimlab ishlov berishdan foydalanish tendensiyasi markazlashtirilgan nazorat samaradorligini susaytiradi. Ko‘pgina axborot tizimlarini loyihalashda xavfsizlik masalalari e’tiborga olinmas edi. Texnik vositalar bilan erishilishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik darajasi bir qator cheklashlarga ega, binobarin, tegishli boshqaruv vositalari va protseduralar bilan ta’minlanishi kerak. Axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha zarur tadbirlami tanlash puxtalik bilan rejalashtirish va detallashtirishni talab qiladi. Axborot xavfsizligini boshqarish, kamida tashkilot barcha xodimlarining ishtirok etishiga muhtoj. Shuningdek, yetkazib beruvchilar, mijozlar yoki aksiyadorlaming ishtirok etishi ham talab qilinishi mumkin. Bundan tashqari, begona tashkilot mutaxassislarining maslahatlari kerak bo‘lib qolishi mumkin. Agar axborot xavfsizligi sohasini boshqarish bo‘yicha tadbirlar axborot tizimini loyihalashtirish bosqichida texnik topshiriqqa kiritilsa, ancha arzonga tushadi va samaraliroq bo‘ladi.
|
| |