Bir kanalli to’g’rilagichning tuzilish sxemasi




Download 29,74 Kb.
bet2/6
Sana11.02.2024
Hajmi29,74 Kb.
#154600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bir fazali toʻgʻrilagich qurilmalari

Bir kanalli to’g’rilagichning tuzilish sxemasi

Ventillar bir tamonlama o’tkazuvchanlikka ega va o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartirishni amalga oshiradi. To’g’rilagichda ularning soni to’g’rilash sxemasiga bog’liq bo’ladi. To’g’rilagichning har bir fazasi kamida bitta ventil zvenosiga ega bo’ladi. Lekin ko’p hollarda talab qilinadigan tok va kuchlanish qiymatini olish uchun har bir ventil zvenosida bir necha ventillar bo’lishi mumkin. Ventillar ketma-ket, parallel va murakkab guruhlarda ulanishi mumkin.



To’g’rilagichdan keyin kuchlanish yoki tok pulslanuvchan bo’ladi. Uni o’zgarmas va o’zgaruvchan tashkil etuvchilardan iborat deb tasavvur qilish mumkin. Telekommunikatsiya apparaturalari pulslanuvchan o’zgarmas tok bilan ta’minlanganda aloqa signallarini uzatishda jiddiy halaqitlar yuzaga kelishi mumkin. Bunga ruxsat etilmaydi va pulsatsiyani kamaytirish choralari ko’riladi. Buning uchun ventillar va ta’minlanadigan apparaturalar orasiga silliqlovchi filtr qo’yiladi. To’g’rilagichning chiqish kuchlanishi 10...15 foizga o’zgarishi mumkin bo’lgan ta’minot o’zgaruvchan kuchlanish qiymatiga bog’liq. Telekommunikatsiya apparaturalarida ko’pincha bunday sezilarli tebranishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun zamonaviy to’g’rilagichlarda filtrdan keyin tok va kuchlanish stabilizatorlari qo’yiladi. Bu zvenodan tashqari to’g’rilash qurilmasida kommutatsiyalash apparaturasi, himoyalash zanjiri va boshqalar bo’lishi mumkin.
To’g’rilagichlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo’ladi. Boshqarilmaydigan to’g’rilagich chiqish kuchlanishini boshqarish imkoniyatini bermaydi. U hamisha U0=K·U2 munosabat orqali aniqlanadi ( bu erda U0– chiqishdagi o’zgarmas tok kuchlanishi, U2–to’g’rilagich kirishidagi o’zgaruvchan tok kuchlanishi, K–to’g’rilash sxemasining doimiy koeffitsienti).
Agar bunday to’g’rilagichda chiqish kuchlanishini o’zgartirish kerak bo’lsa, kirishdagi kuchlanishni o’zgartirishga to’g’ri keladi. Boshqariladigan to’g’ri–lagichlarda yuklamadagi o’zgarmas tok kuchlanishini to’g’rilagich ishlashi jarayonida to’g’rilagich ish rejimiga ta’sir qilgan holda o’zgartirish mumkin.
To’g’rilash qurilmasini quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:

  1. to’g’rilash sxemasi bo’yichabir fazali va ko’p fazali, bitta yarim davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli );

  2. quvvat bo’yichakichik quvvatli (100 Vt gacha), o’rta quvvatli (5 kVt gacha), katta quvvatli (5 kVt dan yuqori);

  3. to’g’rilangan tok chastotasi bo’yichasanoat chastotasi (50Gts), oshirilgan chastotali (400 yoki 1000Gts), yuqori chastotali (1000Gts dan yuqori);

  4. kuchlanish bo’yichakichik kuchlanishli (250 V gacha), o’rta kuchlanishli (1000 V gacha), yuqori kuchlanishli (1000 V dan yuqori);

  5. ish yuklamasining rejimi bo’yichauzoq vaqtli, impulsli, qisqa vaqtli;

  6. to’g’rilagichga yuklamaning reaktsiyasi bo’yichaaktiv, induktiv va sig’im reaktsiyali.



Download 29,74 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 29,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir kanalli to’g’rilagichning tuzilish sxemasi

Download 29,74 Kb.