Reja: Elektr himoya vositalari. Umumiy talablar




Download 127,34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.01.2024
Hajmi127,34 Kb.
#135663
Bog'liq
Reja Elektr himoya vositalari. Umumiy talablar



ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING
TURLARI, ULARGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR VA FOYDALANISH
QOIDALARI
Reja:
1. Elektr himoya vositalari. Umumiy
talablar.
2. Shaxsiy ekranlovchi to‘plamlar
(komplektlar).
3. To‘siq qurilmalari. Xavfsizlik
plakatlari va belgilari.


Elektr himoya vositalari.Umumiy talablar
• 1000 Voltdan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya
vositalarining izolyasiyalovchi qismi, dastak tomonidan elektr izolyasiyalovchi
materialdan tayyorlangan ajratgich halqa yoki tirgovich bilan ajratiladi.Ajratgich
halqaning tashqi diametri, dastakning tashqi diametridan kamida 10 mm ga ortiq
bo‘lishi kerak.Izolyasiyalovchi qism bilan dastak chegarasini, faqat bo‘yoq bilan
ajratib qo‘yish man qilinadi.Ajratgich halqa esa, izolyasiyalovchi qismning bir bo‘lagi
hisoblanadi.1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan
himoya vositalaridagi tirgovichning balandligi texnik shartlarda keltirilgan talablarga
mos kelishi lozim. Himoya vositalarini ishlatish jarayonida ularning ajratgich halqa
yoki tirgovichni tashqarisidagi izolyasiyalovchi qismiga tegish man qilinadi.
Elektrizolyasiyalovchi trubkadan tayyorlangan himoya vositalari konstruksiya-sida,
trubka ichiga chang va suv kirishiga qarshi chora ko‘rilgan bo‘lishi zarur. Ushbu talab
izolyasiyalovchi chang tortuvchi shtangalarga taalluqli emas.


Shaxsiy ekranlovchi to‘plamlar (komplektlar)
• Shaxsiy ekranlovchi to‘plamlar, xodimlarni 50 Gs chastotali kuchlanishi 500 kV
bo‘lgan elektr uskunalari yuzaga keltiradigan, kuchlanganligi 60 kV/m gacha
bo‘lgan elektr maydoni ta‘siridan shaxsiy himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish mumkin bo‘lgan
hollarda, ya‘ni panellarda, elektr yuritmalarda, ishlab turgan yig‘malarda va 1000
V kuchlanishgacha bo‘lgan zanjirlarda ishlashda, elektr asbob-uskunalarni oldini
olish (profilaktik) sinovida (bevosita sinov o‘tkazayotgan shaxslar uchun), elektr
payvand-lash ishlarida shaxsiy ekranlovchi to‘plamlardan foydalanish man
qilinadi. Havo harorati 42°S dan yuqori bo‘lganda ekranlovchi to‘plamlarni
ishlatish tavsiya qilin-maydi. Bunday hollarda statsionar yoki ko‘chma
ekranlovchi uskunalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ekranlovchi
to‘plamlarga maxsus ish kiyimi, poyafzal, qo‘l va boshni himoya qiluvchi vositalar,
yuzni himoya kiluvchi ekran (kerak bo‘lgan taqdirda), strubsinali yerga ulagich
simlari kiradi.


To‘siq qurilmalari. Xavfsizlik plakatlari va
belgilari
• To‘siq qurilmalari, ishchilarning bexosdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli
masofagacha yaqinlashishdan saqlash, hamda taqsimlovchi uskuna-lar uchastkalariga kirish
yo‘llarini to‘sish uchun qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalariga shchitlar kiradi. Shchitlar alif shimdirilgan
va rangsiz lak surtilgan quruq taxtadan yoki tiniq elektrizolyasiyalovchi materialdan
tayyorlanishi lozim.Ularga xavfsizlik texnikasi plakatlari mahkamlanishi yoki "Elektr uskuna-
larini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari"ga muvofiq yozuvlar yozib qo‘yilishi lozim.
Shchitning tuzilishi mahkam, qulay, qiyshayishi va ag‘anashiga imkon bermaydigan choralar
ko‘rilgan, og‘irligi esa, bir kishi ko‘tarib o‘rnatadigan bo‘lishi kerak. Shchit balandligi kamida 1,7
m, pol bilan pastki qismi oralig‘i ko‘pi bilan 10 sm bo‘lishi shart. Shchitlar shunday o‘rnatilishi
kerakki, ular xavf paydo bo‘lganda xodimlarning xonadan chiqib ketishiga xalaqit bermasligi
zarur. Xavfsizlik plakatlari va belgilari (bundan keyin plakatlar va belgilar), xatolik bilan ish
joyiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan kommutatsion apparatlar harakatini ta‘qiqlash,
kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqin-lashish xavfli ekanligini ogohlantirish,
mehnat xavfsizligining muayyan talablari bajarilganidan so‘ng, ma‘lum harakatlarni amalga
oshirishga ruxsat berish, turli ob‘ektlar, qurilmalar va ularning joylashgan o‘rnini ko‘rsatish uchun
qo‘llanilishi zarur.

Download 127,34 Kb.




Download 127,34 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Elektr himoya vositalari. Umumiy talablar

Download 127,34 Kb.
Pdf ko'rish