Reja: Elektr yoritish qurilmalarini tanlash. Yoritish normalari




Download 60.59 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi60.59 Kb.
#58599
Bog'liq
teshaboyev sh

REJA: 1.Elektr yoritish qurilmalarini tanlash. 2.Yoritish normalari

Elektr yoritish qurilmalarini tanlash  Hozirgi davrda sanoat korxonalarida bo’layotgan umumiy energiya iste’molidan 10-15% elektr yoritishga sarflanadi. Elektr yoritish tarmoqlarida elektr energiya sarfini kamaytirish uchun lampa va yoritgichlarni to’g’ri tanlash kerak, ulardan oqilona foydalanish va kuchlanishni kerakli darajada saqlab turishkerak. Elektr energiya sarfi qabul qilingan yoritish normalari, yoritgichlarni turlari va ularning ish rejimlari bilan bog’liqdir.

Yoritish qurilmasi mumkin qadar kam elektr energiyasi va pul mablag’ini sarflab talab qilingan ko’rish sharoitlarini ta‟minlashlozim. Ko’rish sharoiti ravshanlikning ko’rish maydonidagi rejasi va taqsimlanishi bilan aniqlanadi. Amaliy sharoitlarda ravshanlikni hisoblash va o’lchash juda ko’p qiyinchiliklar bilan bog’liq. Shuning uchun ish yuzasidagi yoritilganlik darajasini me’yorlashda uning qaytarish koyeffitsiyenti hisobga olinadi. Bizning kundalik tajribamiz shuni ko'rsatadiki, biror ishning o’zini har xil darajadagi yoritilganliklarda bajarish mumkin.

Yoritilganlikni ko'tarishni davom ettirsak ko’rish qulayligiga, ya’ni har qanday operatsiyani bajarishga yetadigan yoritilganlikka erishish mumkin. Ko’rish qulayligini ta’minlashga kerak bo’ladigan yoritilganlik ishlatilayotgan yorug’lik manbalari nurlanishining spektral tarkibiga bog’liq bo’ladi.Hozirgi vaqtda o’rnatilgan yoritilganlik me’yorlari hamma korxona va uyushmalar uchun majburiy hisoblanadi. Yoritilganlik me’yorining qiymati bir qancha faktorlarga bog’liq bo’lib, ulardan asosiylariga quyidagilar kiradi:

-Ko’rilayotgan detal ish yuzasining qaytarish koyeffitsenti. Qaytarish koyeffitsenti qancha katta bo’lsa, uning yorqinligi shuncha katta bo’ladi va boshqa teng sharoitlarda ish yuzasiga kam yoritilganlik kerak bo’ladi: -Ko’rilayotgan detalning eng kichik burchak o’lchami (detal kichik o’lchamining undan ko’zgacha bo’lgan masofaga nisbati); -fon va detal orasidagi tiniqlik; -ko’rish kuchlanganligini nisbiy davomiyligi; -yuzalarning ko„rish maydonida atrof foni ravshanligidan katta farq qiladigan ravshanlik bo’lishi; -ish jarayoniga jarohatlanish xavfi darajasi. Yoritilganlikni tanlashda asosiy me’yoriy xujjat sifatida “Qurilish me’yorlari va qoidalari” misol bo’ladi.

Yoritilganlik sifati faqat yoritilganlik darajasi bilan aniqlanmaydiu quyidagi asosiy sharoitlar yig’indisidan iborat: -ish yuzasi bo’ylab yoritilganlikni bir tekisda taqsimlash; -ish yuzasida soyalarning bo’lmasligi; -vaqt ichida yoritilganlikning doimiyligi; -ko’rish maydonida qamashtiruvchi yorqinliklarni bo'lmasligi; -nurlanishning spektral tarkibi. Har bir muay'an holat uchun yorug’lik manbai va yoritgich turini to’g’ri tanlash, loyihalashtirilayotgan yoritish qurilmasining texnik va iqtisodiy samarasini qandaydir darajada to’g’ri aniqlab, uning uzoq va ishonchli ishlashini belgilab beradi.

 lyuminestsent lampalarni qo’yidagi hollarda tadbiq etish mumkin: a) ranglarni farqlash talab qilinadagan ishlar bajariladigan xonalarda; b) uzoq vaqt ko’rish bilan bog’liq ishlar bajarilayotgan xonalarda; v) tabiiy yorug’lik tushmaydigan va odamlar uzoq turadigan xonalarda; g) chorvachilik va parrandachilik xonalarida, agarda u xayvon va parrandalar holatiga yaxshi ta’sir etishni ta’minlasa va mahsuldorligini oshirsa.

Yoritish normalari ish bajariyotgan xizmatchilar, saqlanayotgan mol yoki parranda va o’simliklarni yoritilganlik tomonidan optimal sharoitlarni yaratish  bilan bog’liqdir. Masalan, kafaslarda saqlanayotgan tovuqlar uchun ozuqa tarqatish transporter yuzasidagi normalashtirilgan yoritilganlik quyidagicha - lyuminestsent lampalar uchun-75lk; - cho’g’lanma lampalar uchun - 30lk.

Adabiyotlar: 1. Radjabov A., Ibragimov M., Berdыshev A. Energiya tejamkorlik asoslari. O‟quv qo’llanma.- T.: ToshDAU, 2009 y. 2. Allayev K.A., Xoshimov F.X. EnergosberejenIye na promыshlennыx predpriyatiyax.Uchebnoye posobiye.–T.: Fan. 2014 g.


Download 60.59 Kb.




Download 60.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Elektr yoritish qurilmalarini tanlash. Yoritish normalari

Download 60.59 Kb.