|
Reja: Elektr zanjirlarining ish rejimlari
|
bet | 7/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 291,79 Kb. | | #144806 |
Bog'liq 2 - Mavzu
6.2 – rasm.
Bu usulda zanjir-ning har bir berk kon-turining o‘z toki mavjud deb faraz qilinadi. Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan, kon-tur toklaridan foydala-nib tenglamalar tuzila-di. Hisoblab topilgan kontur toklari asosida tarmoq toklarining qiy-mati aniqlanadi. 6.2-rasmda ko‘rsatilgan sxema uchun kontur toklari usulini qo‘llaymiz. I11 va I22 bilan kontur toklarini belgilaymiz.
Birinchi kontur uchun
(R1+R2)I11+R5(I11-I22)=E1+E5,
yoki (R1+R2+R5)I11-R5I22=E1+E5 .
Ikkinchi kontur uchun
(R3+R4)I22+R5(I22-I11)=-E5-E4,
yoki
-R5 I11+(R3+R4+R5)I22=-E5-E4 .
Bu tenglamalarni quyidagicha yozamiz:
(6.7)
bu erda
(6.7) tenglamalar sistemasi hisoblanib topilgan kontur toklari asosida tarmoq toklari aniqlanadi. Zanjirning konturlar soni qancha bo‘lsa, tuziladigan tenglamalar ham shuncha bo‘ladi.
Ushbu usulda asosan sxemada birdan ortiq EYUK manbalari bo‘lsa, elektr zanjiri har bir EYUK manbaining ta’siridan hosil bo‘lgan xususiy toklar uchun alohida (bosqichma-bosqich) hisoblanadi. Har bir bosqichda sxemada bitta EYUK manbai qoldirilib, qolgan barcha manbalar vaqtincha nolga teng deb faraz qilinadi va barcha tarmoklarda shu EYUK ta’sirida oqayotgan toklar topiladi. Zanjirda nechta EYUK manbai bo‘lsa, hisoblash ishlari shuncha marta bajariladi. Ammo zanjirdagi barcha qarshiliklar va sxemadan vaqtincha ajratilgan manbalarning ichki qarshiliklari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Agar manbalarning ichki qarshiliklari berilmagan bo‘lsa, u nolga teng deb qabul qilinadi. Agar biror murakkab elektr zanjiri m ta EYUK manbaidan va n ta tarmoqdan tashkil topgan bo‘lsa, u holda k - nomerli ixtiyoriy tarmoqning Rk qarshiligidan sxemadagi har bir EYUK ta’siridan hosil bo‘lgan kabi turli qiymat va yo‘nalishlarga ega bo‘lgan xususiy toklar oqib o‘tadi. Tarmoqlardan oqib o‘tayotgan toklarning haqiqiy qiymatlari ayrim manbalar ta’sirida hosil bo‘lgan xususiy toklarning algebraik yig‘indisiga teng
. (6.8)
|
| |