Reja: Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi. Texnika xavfsizligi haqida. Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi




Download 78.5 Kb.
bet2/4
Sana01.02.2022
Hajmi78.5 Kb.
#16901
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi. Texnika xavfsizli
6-mavzu. AXBOROT TIZIMLARINING TUSHUNCHASI, Ахборот хавфсизлигини таъминлаш усуллари, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta – maxsus ta’lim vazirligi, dep-materiallar-varaq, 2.Mavzu.New person. GrammarPersonal pronoun (3), Семья, Sug\'diyona Komp amaliy ish 6
Mexanik mashinalar davri. Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592-1636) tomonidan 1623 yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki jildli qo'lyozmasi topilgan. Qo'lyozmadagi chizmalar ichida o'n uchta raqamli sonlarni qo'sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo'lib, ular asosida mashina yaratilganda, bu qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma`lum bo'ldi. Shunga ko'ra, uyg'onish davrining buyuk rassomi, matematigi italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Vilgelm Shikkard yasagan mexanik hisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotda qo'llanilmadi.
"Frantsuzlarning Arximedi" degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642 yilda keyinchalik keng ko'lamda go'llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun asos bo'lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi.
Ana shu ixtiro tufayli duyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:

  • Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?

  • Hisoblash uchun lozim bo'lgan boshlang'ich sonlarni mashinada qay usulda kiritish kerak?

  • Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?

  • Amal bajarish davomida o'nliklarni qanday qilib o'tkazish kerak?

  • Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?

1662-1645 yillarda Pascal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakillarini yaratdi. Ularning eng mukammali 1645 yilda yaratildi va "arifmetik mashina" yoki "Paskal g'ildiragi" deb nomlandi.
1820 yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator- "Arifmometr" ni yaratdi. U qariyib 90 yil (ba`zi kichik o'zgarishlar bilan qayta ishlangan holda) qo'llanildi.

Download 78.5 Kb.
1   2   3   4




Download 78.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi. Texnika xavfsizligi haqida. Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi

Download 78.5 Kb.