Zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari




Download 0,72 Mb.
bet2/3
Sana15.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#235894
1   2   3
Bog'liq
2de770a0-1b38-4260-af3d-d3f37d14f024

Zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari.
Kundalik hayotimizda turli ko`rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli(audio), rasmli, tasvirli(video) va boshqa axborotlar bilan ishlashga to`g`ri keladi.
Axborot texnologiyasi biror obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqidagi axborotlarni to`plash, qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi jarayondir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari–shaxsiy kompyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni o`rnatuvchi axborot texnologiyasi hisoblanadi.
Har bir turdagi axborot bilan ishlash uchun har xil texnik tavsifnomalarga ega bo`lgan axborot qurilmalari kerak bo`ladi. Bu axborot qurilmalari zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik ta`minotini taShaxsiy kompyuteril qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy texnik vositalari sifatida hozirgi kunda kompyuterlar, hisoblash vositalari, audio va video qurilmalar, aloqa vositalari, teletayplar, telefakslar, telekslar, kseroks va boshqalar qo`llaniladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy ta`minoti axborot texnologiyalari ishini taShaxsiy kompyuteril qilish va boshqarishni amalga oshiradi.
Jamiyatimizda axborotlarni uzatish, qabul qilish, xamda axborotlarni tarqatish uchun turli xil qurilmalar qullaniladi. Bu qurilmalarga Xisoblash texnikasi, telegraf, gramyozuv, magnitafon yozuvi, televideniye va radioni misol kilib olishimiz mumkin.
Bu qurilmalarda axborotlarni saqlashda va uzatishda ma`lum bir ko`rinishidagi signallar yordamida amalga oshiriladi. Bu signallar uzluksiz va diskret signallarga bo`linadi.
Radio va televideniyedagi, xamda gramyozuvdagi, magnitafon yozuvidagi qo`llaniladigan signallarning grafik ko`rinishi uzluksiz qiyshiq chiziq xolatida o`zgaruvchan shaklda bo`lib, bunday signallarni uzluksiz yoki anolog signallar deyiladi. Bunga qarama-qarshi telegraf va xisoblash texnikasidagi signallar impuls shaklida bo`ladi va bunday signallarni diskret yoki raqamli signal deyiladi.
Biz xar bir texnikalaridan, ularda qanday signal qo`llanishidan qat`iy nazar imkoniyat darajasida foydalanishni istaymiz.
Informatika soxasida ishlayotgan xodimlar xech bo`lmaganda axborot vositalarida bir turdagi signalni qo`llanilishini istaydilar.
Shuning uchun sifatli bir shakldagi, uzluksiz yoki diskret signal qurilmalarini tanlash va yaratish muammosi paydo bo`ldi.
Uzluksiz va diskret signallarni uzaro taqqoslash uchun ularning quyidagi alohida ahamiyatli farqlari: Uzluksiz signal katta uzgaruvchan qiymatlar to`plamidan iborat bo`lsa, diskret signallar esa ikkita qiymatga ega bo`lib "0" va "1" sonlari orqali ifodalanadi. Bundan ko`rinib turibdiki diskret signalning uzluksiz signalga nisbatan farqi va imkoniyati katta.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, birinchidan diskret signalda poydo bo`lgan xatoliklarni to`g`rilashning osonligi bo`lsa, ikkinchidan bu singnal turida ishlovchi texnik vositalarning qulayligidir.
Shuning uchun xamma turdagi axborot texnikalarining diskret singnalni qayta ishlovchi qurilmalarini yaratish va ulardan keng foydalanish zamon talabi bo`lib qoldi. Natijada barcha rivojlangan davlatlarda axborotlarni diskret signal shaklda uzatuvchi va qabul qiluvchi radiopredatchik va radiopriyomnik, telivizorlar xamda televizion uzatuvchi vositalar yaratilib, ulardan keng foydalanilmoqda.
Agarda diskret televidiniya bilan oddiy televidiniyani solishtirsak, birinchisining imkoniyatlarini yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Masalan: Diskert televidiniyada quyidagi imkoniyatlar mavjud.
-kadr tasvirini to`tatish;
-ko`rilayotgan tasvirni kerakli qismlarini kattalashtirish;
-tasvirni kitob varogiga uxshab varoqlash;
-ranglarni uzgartirish;
-ekranda bir vaqtning uzida bir necha tasvirlarni xosil qilish;
-tasvirga xarakatlanuvchi va xarakatlanmaydigan yozularni qo`yish xamda xosil qilish;
-kadr burchagida kichik o`lchamda vaqt (soat, minut)ni ko`rsatish.
Xozirgi kunda axborotlarni keng ommaga uzatishda va tarqatishda televidiniya, radio vositalaridan keng foydalaniladi. Bu vositalar yordamida biz mamlakatimizdagi va boshqa mamlakatlardagi siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy o`zgarishlar to`g`risida, madaniyat, sport va boshqa soxalardagi yangiliklardan xabardor bo`lamiz.
Xalq xo`jaligining turli soxalarida axborotlarni qayta ishlash va katta xajmdagi axborot to`plamlarini saqlash uchun EXMlaridan keng foydalanilmoqda.
EXMlar avval turli xil matematik xisob kitob ishlarini bajargan bo`lsa, xozirgi kunda axborotning turli shakllarini sifatli qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Masalan:
-ilmiy va iqtisodiy masalalarni yechish;
-turli xil grafik tasvirlarni chizish;
-texnologik jarayonlarni boshqari va boshqalar.
Oxirgi yillarda EXMlarni ishlab chiqarilishi taraqqiyoti natijasida shaxsiy kompyuterlar yaratildi. Bu shaxsiy kompyuterlar yordamida aloxida foydalanuvchilar ishlarini bajarish imkoniyati yaratildi.
Shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi sifatida ilmiy xodim, konstruktor, texnolog, uqituvchi, medesina xodimi va boshqalar bo`lishi mumkin. Bunga asosan foydalanuvchilar uzlariga tegishli va zarur bulgan axborotlarni qayta ishlashi xamda bu kompyuter xotirasidagi axborotlar to`plamidan foydalanishlari mumkin.
Masalan: Ilmiy tekshiruv ishlari, konstruktorlik va texnologig yaratuvchilik, adminstrativ boshqarish, rejalashtirish, moliyaviy xisob kitob va xisobotlarni tayyorlash kabi vazifalarni kompyuter yordamida zamonaviy axborotlar texnologiyasiga asosan bajarish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Shaxsiy kompyuterlar foydalanuvchilarga axborot kiritish turli qurilmalarining keng turi tavsiya etiladi. Shunday bo`lsada, ko`pincha Shaxsiy kompyuterlar yagona kiritish qurilmasi-klaviatura bilan ishlab chiqariladi. Keng ko`lamda qo`llanishi jixatdan klaviaturadan so`ng uni funksional jixatdan to`ldiruvchi turli xil manipulyatorlar va asosan “sichkon” xilidagi manipulyatorlar qo`llaniladi.
Shaxsiy Kompyuterning afzallik tomonlari:narxining arzonligi;-atrof muxit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanishning avtonomligi; boshqarish, fan, ta`lim, maishiy turmush, soxasida uning xilma-xil qo`llanishlariga moslashuvchanligini ta`minlovchi arxitekturasining tez uzgaruvchanligi; ishning yuqori darajada ishonchliligi. Shaxsiy kompyuter asosiy bloklarining tarkibi va vazifasini ko`rib chikamiz.
Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: boshqaruv moslamasi(BM)-mashinaning barcha bloklariga zarur paytda bajariladigan operasiyalar uziga xosligi va avvalgi operasiyalar natijalari bilan uzaro boglangan boshqaruvning muayyan signallarini uzatadi va shakllantiradi; bajariladigan operasiyalarda foydalanuvchi xotira uyachasi adresini shakllantiradi va Shaxsiy kompyuterning tegishli bloklariga bu adresni uzatadi.
Tizimli shinani boshqarish mikroprosessor yordamida bevosita yoki ko`pincha qo`shimcha mikro chizma-boshqarishning asosiy signallarini shakllantiruvchi shina kontrollerlari orqali amalga oshadi.
AX ikki turdagi yodda tutuvchi moslama: doimiy va operativ yodda tutuvchi (DYoTM), (OYoTM) moslamalarga ega.
Tashqi xotira moslamalari sifatida kassetali, magnit tasmali yodda tutuvchi moslamalar(strimmerlar), yodda tutuvchi moslamalar, optik disklardagi yiguvchilar(CD-ROM) va boshqalar foydalaniladi.
Tashqi moslama (TM) istalgan xisoblash kompleksining eng muxim tarkibiy qismidir. Shuni aytish kifoyaki, TM ba`zan qiymatiga ko`ra butun Shaxsiy kompyuter qiymatining 50-80 foizini taShaxsiy kompyuteril etadi. TM tarkibi va xususiyatlari bo`yicha Shaxsiy kompyuterni boshqaruv tizimlari va umuman xalq xo`jaligida qo`llash imkoniyati va samaradorligiga ko`p jixatdan bog`lik bo`ladi.
Multimedia vositalariga axborotni nutqli kiritish va chiqarish moslamalari;xozirda keng tarqalgan skanerlar;yuqori sifatli videova tovushli platalar, tasvirni videokamerag`videomangnitafondan ko`chiruvchi va uni Shaxsiy kompyuterga kirituvchi videoegallash(video-grabber) platasi ; kuchaytirgichli, tovushli kolonkali, katta videoekranli yuqori sifatli akustik va video aks ettiruvchi tizimlar kiradi.
Tizimli shina va Shaxsiy kompyuter MPga namunaviy tashqi moslamalar bilan bir qatorda integral mikrochizmali ayrim qo`ushimcha platalarni xam kiritish mumkin ular mikroprosessor : matematik qo`shimcha prosessor, xotiraga tugri kiradigan kontroller, kirish chiqish qo`shimcha prosessori, uzilishlar kontrolleri va boshqalarning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi va yxshilaydi. Mikroprosessor, boshqacha aytganda, markaziy prosessor-Central Processing Unit(CPU)-bir yoki bir necha katta (KICh) yoki uta katta (UKICh) integral chizmalar ko`rinishid`a bajarilgan axborotni qayta ishlashning funksional tugallangan dasturiy-boshqaruv moslamasidir.
Mikroprosessor ma`lumotlari shinasining razryadligi umuman Shaxsiy kompyuter razryadligini belgilaydi. MP adresi shinasining razryadligi-uning adresli makonini belgilaydi.
Adresli makon -bevosita mikroprosessorga junatilishi mumkin bulgan asosiy xotira uyachalarining eng ko`p miqdoridir.
Birinchi mikroprosessor 1971 yilda Intel (AKSh) firmasi tomonidan chiqarildi. Xozirgi paytda bir necha yuz turli xil MPlar chiqarilmoqda. Biroq eng mashxur va keng tarqalganlari Intel va unga o`xshash firmalar MPlaridir.
Barcha MPlar 2 guruxga bo`linadi:
-buyruqlarning to`liq to`plami bo`lgan CISC tipidagi MP (Complex Instruction Set Computing);
-buyruqlarning qisqartirilgan to`plami bo`lgan RISC turidagi MP (Reduced Instruction Set Computing) (xozirgi paytda bu modellar ishlab chiqish bosqichida);
IBM PC (International Business Mashine) turidagi zamonaviy Shaxsiy kompyuterlarning ko`pida CISC tipidagi MPdan foydalaniladi.
Zamonaviy axborot texnologiyasining asosini taShaxsiy kompyuteril qilgan kompyuterlar hozirgi kunda axborotlarni sifatli uzatish va qabul qilishda juda muhim ahamiyatga egadir. Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to`plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni butunlay boshqacha ko`rinishda amalga oshirish mumkinligini ko`rsatdi. Bunda asosiy o`rinni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ishni bunday taShaxsiy kompyuteril etish axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va foydalanishni osonlashtiradi. Bundan tashqari axborotning ustida bajarilayotgan ishlar sifatli bajariladi.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma`lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog`liq faoliyat sohalari taShaxsiy kompyuteril qiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta`lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin:
muayyan predmetlarni o`qitishda kompyuter dasturlari;
kompyuter darslari – ko`rgazmali material sifatida;
ta`lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini taShaxsiy kompyuterillashtirishda;
ta`lim oluvchilarning ilmiy izlanishlarini taShaxsiy kompyuterillashtirishda;
ta`lim oluvchilarning o`qishdan bo`sh vaqtlarini to`g`ri taShaxsiy kompyuteril qilish masalalarini hal etishda va boshqalar.
Umuman hozirgi kunda har bir taShaxsiy kompyuterilot, o`quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari unumli qo`llanilib kelinmoqda.
Axborot texnologiyalari, ayniksa telekommunikasiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muxim tarkibiy kismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloka vositalari soxasidagi yutuklariga tayanadi.
Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikasiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar taShaxsiy kompyuteril etadi.
Bir qator olimlar axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ko`rsatadilar:
-axborot inqirozi muammosi xal etildi, ya`ni axborot mo`l-ko`lligi va axborot taqchilligi o`rtasidagi ziddiyat yechildi;
-boshqa zaxiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta`minlandi;
-rivojlanishning asosiy shakli axborot iktisodiyoti bo`ladi;
-eng yangi axborot texngika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan xolda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi;
-axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha soxalarini qamrab olib, umumiylik xususiyat kasb etmokda;
-butun insoniyat sivilizasiyasining axborot birligi shakllanmoqda;
-zamonaviy axborot vositalari yordamida xar bir insonning butun sivilizasiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshdi.
Ijobiy tomonlardan tashqari, salbiy oqibatlar xam oldindan ko`rilgan:
ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko`prok ta`sir ko`rsatishi;
axborot texnologiyalari odamlar va taShaxsiy kompyuterilotlarning xususiy xayotini buzib yuborishi;
v) sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi;
g) ko`pgina odamlarning axborot jamiyati muxitiga moslashishi qiyinligi. “Axborot elitasi” (axborotlarni qayta ishlash bilan shugullanuvchi kishilar) va iste`molchilar orasida muammolar vujudga kelishi xavfi.
Moddiy ishlab chiqarishga yunaltirilgan sanoat jamiyatida allaqachonlar klassik iqtisodiy kategoriyalar bo`lgan bir necha asosiy zaxira turlari ma`lum, ya`ni:
Moddiy zaxiralar - ijtimoiy maxsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun muljallangan mexnat predmetlari yigindisidir, masalan, xom- ashyo, materiallar, yokilg`i, energiya, yarim tayyor maxsulotlar, detallar va xokazolar.
Tabiiy zaxiralar - kishilarning moddiy va ma`naviy extiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat obyektlari, jarayonlari, sharoitlaridir.
Mexnat zaxiralari - jamiyatda ishlash uchun umumiy ma`lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir.
Moliyaviy zaxiralar - davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida o`tgan pul mablag`laridir.
Energetika zaxiralari - energiya quvvati mavjud maxsulotlar, masalan, ko`mir, neft, maxsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va xokazolar.
Kibernetika, sungra xisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo`lishi va rivojlanishi bilan axborot so`zi uzining dastlabki ma`nosini saqlab qolgan bo`lsada, ayni paytda bir qator yangi ma`nolarga xam ega bo`ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim xaqida ma`lumotlar, dalillar, bilimlar yigindisini tushunamiz. Tizim xaqidagi axborot yoki kuzatish yo`li bilan yoki xam tabiiy, xam modelli tajribalar natijasida yoki mavxum gipotetik tizimlarni o`rganish - mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.
Tajriba o`tkazilguncha mavjud bo`lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi - aposterior deyiladi. Axborot olish jarayoni ko`pincha statistik xususiyatga ega bo`lgani uchun tizim xaqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki extimollashgan xam bo`lishi mumkin.
Xozirgi paytda axborotni qanday tushunish xaqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot - xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari iste`mol etuvchi zaxira bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi axamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iktisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san`at, tibbiyot kabilarning turli masalalari xaqidagi mavjud ma`lumotlar,axborot zaxiralaridan foydalanishni taShaxsiy kompyuteriletish intellektual va iqtisodiy xayotga tobora ko`proq ta`sir ko`rsatmoqda.
Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari xaqidagi fan-texnika ma`lumotlari, bilimlari yigindisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining ma`lumot usuli va “xom- ashyo”sidir.
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli soxalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi maxsulotlar yigindisidir, ya`ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste`mol etish faqat jamiyatning intellektual xayoti bilan cheklanadi.
Ko`rinib turibdiki, bu talkinlardan birinchisi eng to`liq, axborot jarayonlari ko`p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan xam, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha soxalariga kirib bormoqda.
Operatsion sistema tushunchasi.
"Operatsion sistema" tushunchasiga aniq ta`rif berish qiyin. Chunki "sistema" so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; "operatsion" so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada "amal" degan ma`noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so'z bilan aniq tavsiflab bo'lmaydi.
Xo'sh, unda "Operatsion sistema"ni qanday tushunish kerak? Avval uning foydalanuvchisi to'g'risida fikrlashaylik.
"Operatsion sistemaning foydalanuvchisi" tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo'lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi-mazkur sistemada ishlashi mumkin bo'lgan shaxs.
Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqatni ta`minlaydi va bu muloqat operatsion sistema deb yuritiladi.
Operatsion sistemani disk operatsion sistemasi yoki qisqacha DOS deb ham yuritiladi.
EHM operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim harakatlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, elektr chirog'ini yoqmoqchi bo'lsangiz, ulagichdagi tugmani bosishingiz, suv tarmog'idan suv olmoqchi bo'lsangiz, jo'mrakni burashingiz etarli. Keng ko'lamdagi xizmat ko'rsatish
qurilmalari va tarmoqlari majmuisiz, bu resurslar (misolimizda suv va elektr toki) ni olish uchun ko'pdan-ko'p ishlarni bajarish lozim bo'lar edi. Masalan, katta orolda yolg'iz qolgan kishi suv olishi uchun o'zi quduq qazishi; o'tin yoki qurilish uchun lozim bo'lgan yog'och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo'nishi; oziq-ovqat uchun o'zi bug'doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo'ladi.
EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma`lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko'rsatilishi kerak edida). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko'p ishlarni engillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo'l kelmoqda.
Xo'sh, mazkur "yordamchi" dasturlar majmui bo'lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo'lar edi?
Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang'ich ma`lumotlar va natijaviy axborotlar qaerda joylashishini ko'rsatishi talab qilinadi.
Agar siz EHMning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni qo'llamoqchi bo'lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak. Shuningdek qurilmalar ishlashi bilan bog'liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo'lar edi. Demak, "yordamchi" dasturlarning xizmati beqiyos ekan.
Ta`kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko'ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo'ladi, shunday bo'lsada, ularning vazifasi yagona - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta`minlashdan iborat. EHM "dasturli ta`minoti", "texnik ta`minoti" va " operatsion sistema"
o'rtasidagi uzviy bog'lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.

Dasturli ta`minot o'z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparatli ("vositaviy") asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturli ta`minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qat`iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo'ladi:
Ishonchlilik. Sistema o'zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo'lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo'lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga etkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o'z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ha-laqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma`lumotlarini o'zgalar xatolari ta`siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o'zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o'zi ancha ix-cham bo'lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.
Qulaylik. Operatsion sistemada ko'p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.



Download 0,72 Mb.
1   2   3




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari

Download 0,72 Mb.