• Fokus masofa.
  • Nuqsonlarning shakli va ularning chokdagi o‘rnini topish




    Download 206.5 Kb.
    bet10/11
    Sana24.03.2021
    Hajmi206.5 Kb.
    #13491
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Nuqsonlarning shakli va ularning chokdagi o‘rnini topish.To‘g‘ri chiziqli qirralarga ega, nurlanishning tarqalishi yo‘nalishiga paralel joylashgan nuqsonlar (yaxshi payvandlanmay qolgan joylar) silindrik (shlakli kirishmalar) yoki shar (bo‘shliqlar) yoki boshqa shakldagi (2.10-b,v rasm) nuqsonlarga qaraganda tasviri chegaralari (2.10-a rasm) juda aniq bo‘lgani sababli ancha yaxshiroq aniqlanadi. Haqiqatdan, yaxshi payvandlanmaganlik tushayotgan nurlanish dastasi kesishi bo‘yicha o‘zgarmas balandlikka (S) ega, hajmiy nuqsonlarda esa bu balandlik o‘zgaruvchan bo‘ladi va shuning uchun bu holda tasvirning qorayish zichligi plyonkaning butun maydoni qorayishi zichligigacha, nuqson diametri bilan aniqlanadigan maksimum qiymatga asta sekin va bir tekis pasayadi. Buning natijasida tasvir aniq bo‘lmaydi, binobarin, ko‘z bilan ko‘rilayotgan suratning aniqligi (kontranstligi) ham yomonlashadi.

    2.10-rasm. Nuqson shaklining uning tasviri aniqligiga ta’siri



    a-to‘g‘ri burchakli, b-sharsimon, v-trapetsiyasimon.
    Nurlanish nuqsonlar bo‘ylab o‘tganda, ya’ni  burchak 00 ga teng bo‘lganda nuqsonlarni eng yaxshi aniqlash kuzatiladi. Nuqsonni nurlanishning yo‘nalishga ma’lum bir burchak ostida mo‘ljal qilinganda (orientatsiyada) aniqlanuvchanlik yomonlashadi, bu holda nurlanish dastasi butun balandlik (S) ni o‘tmasdan, balki uning ma’lum bir qismini o‘tadi. Bunda yoritish sezgirligi nuqsonni ochib berish kengligi () bilan aniqlanadi. Amalda balandligi etarli katta (S) bo‘lgan nuqsonlarning ochilish kengliklari () juda kichik bo‘lgan nuqsonlar juda tez uchrab turadi. Bu holda plyonkada nuqson tasvirining proeksiyasi nuqsonli va nuqsonsiz joylarda plyonkaning qorayish zichliklaridagi farqning juda kamligi sababli ko‘rinmaydi. Bunday nuqsonlarga, masalan, yoriqlar, tortishib qolgan neprovarlar, uchlar bo‘yicha eritilmagan joylar kiradi. Bunga o‘xshash nuqsonlarni aniqlash ehtimoli juda kichik (~35 – 40%). Listlarning paralel sirtlarida joylashgan prokat listlardagi qatlamlarga ajralish aniqlanmaydi. SHu sababga ko‘ra tavrli, burchakli va ustma ust birikmalarda chokning katetlari bo‘yicha payvandlanmay qolgan joylar kuchsiz aniqlanadi.

    Fokus masofa. Fokus masofa kattaligini oshirish nurlanishning susayish energiyasiga o‘xshash uni yanada yumshoq qiladi, buning oqibatida nazoratning sezgirligi yaxshilanadi. SHuni ta’kidlash joizki, fokus masofa (F) yoritish vaqti (t) bilan quyidagi munosabat orqali bog‘langan bog‘langan: t / t0 = (F / F0)2 , bu erda t - tanlangan fokus masofa F, sm dagi yoritish vaqti; t0 - nomogramma bo‘yicha olingan fokus masofa F0, sm, dagi yoritish vaqti. Fokus o‘lchami qanchalik kichik bo‘lsa, suratda nuqson tasvirining relefi shunchalik aniq bo‘ladi, yarim soya sohasi shunchalik kichik, nazorat sezgirligi shunchalik yuqori bo‘ladi.



    Download 206.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 206.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nuqsonlarning shakli va ularning chokdagi o‘rnini topish

    Download 206.5 Kb.