-rasm. Nurlanishlarning elektr maydonda og‘ishi




Download 206.5 Kb.
bet4/11
Sana24.03.2021
Hajmi206.5 Kb.
#13491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.4-rasm. Nurlanishlarning elektr maydonda og‘ishi.

Alfa, beta-zarrachalar va  - nurlanish shuningdek turli moddlar orqali o‘tishi qobiliyati bo‘yicha ham farqlanadi,  - zarrachalar eng kam singib o‘tish qobiliyatiga ega va manbadan 75 – 80 mm masofada havo orqali o‘tayotganda o‘z energiyasini to‘la yo‘kotadi; - zarrachalar 6 millimetrli alyuminiy qotishmadan yasalgan listda to‘liq yutiladi yoki manbadan 7 – 7,5 m masofada havo muhitida to‘la yutiladi; - nurlanish 500 mm qalinlikdagi po‘lat buyumlar orqali ham singib o‘ta oladi.

Amalda ko‘pincha sun’iy izotoplardan foydalaniladi, ularda yadro reaksiyalari ularning yadrolarini ma’lum kinetik energiyali zarrachalar bilan bobardimon qilish orqali chaqiriladi. Neytronlar va deytronlar ta’siridagi reaksiyalar eng keng tarqalgan. Zaryadi yo‘qligi tufayli neytron atom yadrosiga oson kiradi va shuning uchun ham yadro reaksiyalarning amalga oshirish uchun eng samarali foydalanishi mumkin. Neytronlar bilan bombardimon qilinganda atom yadrosi neytronni tutib oladi, bunda yadro zaryadi o‘zgarmaydi, ammo uning massasi bir birlik ortadi, natijada yadro nobarqaror (uyg‘ongan) holatga keladi, bu esa uning o‘z o‘zidan emirilishiga olib keladi. YAdro reaktorlari neytron generatorlar, shuningdek tabiiy radioaktiv nurlanish manbalari neytronlar manbai hisoblanadi.

Izotopning aktivligi vaqt birligida emirilayotgan radioaktiv modda atomlarining soni bilan belgilanadi. Radioaktiv emirilish qonuni eksponensial bog‘lanish ko‘rinishga ega:N = N0e-t bu erda N - vaqt t dagi radioaktiv yadrolar soni; N0 - boshlang‘ich t = 0 paytdagi yadrolar soni; e - natural logarifm asosi bo‘lib, u 2,718 ga teng;- emirilish doimiysi.

Radioaktiv atomlar soni ikki marta kamayadigan T1/2 vaqt oralig‘i yarim emirilish davri deyiladi. Bu vaqt ichida qolgan yadrolar soni N = N0/2 ga teng bo‘ladi. U holda N0/2 = N0 e-T1/2 yoki 1/2 = e-T1/2. Bundan T1/2 = 0,693/. YArim emirilishi davri nurlanish manbaining miqdori, shakli va geometrik o‘lchovlariga bog‘liq bo‘lmaydi va defektoskopiyada qo‘llaniladigan turli hil radioaktiv elementlarda bir necha kundan bir necha yil oralig‘ida bo‘ladi (3.1-jadval).



Download 206.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 206.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Nurlanishlarning elektr maydonda og‘ishi

Download 206.5 Kb.