• Ishni boshlash. Hisob parametrlarini sozlash. Tashkilotning hisob siyosati.
  • Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot.
  • Tashkilot to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritgach Boshlang‘ich yordamchidan foydalanish tavsiya etiladi
  • Reja Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot




    Download 2.98 Mb.
    bet1/9
    Sana01.02.2023
    Hajmi2.98 Mb.
    #40602
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-марузa Professional Buxagalteriya amaliyoti
    696c8667-bf2b-4128-9da4-5da2ac7abbbb, Ч Маҳмуова июль мақола 2022й yangi 2, Toʼlaganov Dilmurod Mirjalolovich

    1. Maruza Buxgalter kasbiga qo‘yiladigan talablar (4 Soat)

    Reja

    1. Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot.

    2. Ishni boshlash. Hisob parametrlarini sozlash. Tashkilotning hisob siyosati.

    3. Professional buxgalterlarning etika kodeksi. Kodeksning umumiy qo‘llanilishi. Oshkora amaliyotni amalga oshirayotgan professional buxgalterlar. Biznesda faoliyat yuritayotgan professional buxgalterlar.

    4. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi. Moliyaviy hisobotning xalqarostandartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash. Imtihonlarni topshirish. Xarajatlarni qoplash tartibi.



    1. Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot.

    Yangi ma’lumotlar bazasini birinchi marotaba ishga tushirishda konfiguratsiyadan foydalanish bo‘yicha kelishuv bilan tanishish va uning shartlarini qabul qilish zarur.

    Bundan keyin dasturda ishni boshlash mumkin. Tashkilot to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritish uchun Pomoshnik vvoda svedenii ob organizasii yordamchisi ishga tushadi



    Tashkilot to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritgach Boshlang‘ich yordamchidan foydalanish tavsiya etiladi Tashkilot to‘g‘risidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritgach, foydalanuvchiga boshlang‘ich sozlamalarni o‘rnatish imkonini beruvchi Boshlang‘ich yordamchi ochiladi
    “Bistroe osvoenie 1S : Buxgalterii 8 ” elektron qo‘llanmasi Bistroe osvoenie 1C:Buxgalteri 8 elektron qo‘llanmasi (Spravka → Bistroe osvoenie 1S:Buxgalteriya 8) dastur bilan ishlashni endi boshlayotganlar uchun mo‘ljallangan.

    Ish stoli
    Asosiy menyu yordamida hujjatlarga va ma’lumotlar bazasining boshqa ob’ektlariga kirish amalga oshiriladi, buni bajarishning muqobil usuli Rabochiy stol hisoblanadi. Ish stoli navigaciya paneli (chaptomonda) va ish maydonidan iborat.Ish maydonining yuqori qismida ushbu bo‘lim bo‘yicha hujjatlar ro‘yhati joylashgan. Quyi qismida ma’lumotlar, yangi hujjatni kiritish hamda ushbu hisob bo‘limi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash uchun havolalar joylashgan


    Masalan, Bank bo‘limidagi Paltejnoe poruchenie havolasiga bosilganda yangi hujjat kiritish uchun shakl ochiladi, Vipiska banka havolasiga bosilganda esa shunday nomdagi ishlanma shakli ochiladi. OSV poschetu 5100, Kartochka scheta 5100, Analiz scheta 5100 havolalaridan foydalangan holda Bank bo‘limida eng ko‘p ishlatiladigan hisobotlarni tezda shakllantirish mumkin. Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar, ishlanmalar, ma’lumotnomalar va hisobotlarning bunday tasvirlanishi hisobning alohida hududini olib boruvchi buxgalter uchun ish stoli sifatida hizmat qilishi mumkin.

    Download 2.98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot

    Download 2.98 Mb.