Reja: Kasb tushunchasi. Shaxs qiziqishlari va kasb. Kasblarni psixologik tizimlash professiografiyani




Download 277.49 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi277.49 Kb.
#92965
Bog'liq
sarvinoz
Kompyuter grafikasi, Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani, 2- slayd Ped.tarix

REJA: 1. Kasb tushunchasi. 2. Shaxs qiziqishlari va kasb. 3. Kasblarni psixologik tizimlash. 4. professiografiyaning mohiyati va uning asosiy tamoyillari. 5. Professiografik tadqiqotlarni o’tkazish.

Mavzu: Kasblar va uularning klassifikatsiyasi

Kasb tushunchasi, shaxs qiziqishlari, Kasblarni psixologik tizimlash, kasb ta’lim psixogiyasining asosiy muammosi va shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash, tayyorlash, mehnat faoliyatiga yo’naltirish masalalari haqida tushuncha berish.

Ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi kasblar nomini kiritish zaruriyati kelib chiqadi. Yangi kasblar ro’yxati kechikish bilan rasmiy ma’lumotnomalarga kiradi. Menedjer kasbi bugungi kunda keng tarqalgan ammo rasmiy ro’yxatga kiritilmagan yildan buyon Yekaterinburg shahriga kasb bilim yurtlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi-ya’ni muhandis- pedagoglar ammo rasmiy ma’lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas. Bunday masalalarni ko’p keltirish mumkin.

Kasb, kasbiy faoliyat, professinal faoliyat, professional bilimdonlik, bilish jarayonlari, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol, diqqat, nutq, idrok qilish qonunlari, xotira qonunlari mnemonika yoki mnemotexnika, mnemotexnik usullar. Kasblar tavsifi, kasblar haqida tushunchalar.

Kasb tushunchasi- kasbshunoslikning asosiy kontseptual bosh tushunchasi-bu kasb tushunchasidir. Kasbshunoslikning adabiyotda kasb tushunchasining tavsifi juda ko’p. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi inson doimo tajribadan o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg’ulotdir. Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi.

E.A.klimov o’z ishlarida bu borada bir necha ta’riflarni ilgari suradi. Nisbat batafsil ta’rif quyidagicha. Kasb- jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etiladi bu kuchlar unga sarflangan mehnat o’rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo’ladi.

Kasbiy faoliyatning samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sog’lig’i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi tushuniladi.

Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga ikkit ao’zaro bog’liq bo’lgan tomonlarni ko’rsatish maqsadga muvofiq. Bu o’zaro bog’liq tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chhiqilgan bo’lib ular quyidagilardan iborat.

1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi. Mutaxassisning bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo’ladi, ya’ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari,bilim,ko’nikma, malakalar kasb uchun muhim hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxning zarur bo’lgan imkoniyatlari darajasi;

2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligining ushbu tomoni tezkorligi, o’zgaruvchanligi, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni yechish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, jamoadagi ma’naviy psixologik muhitga bog’liqligi bilan ifodalanadi.

Muvaffaqiyat deganda shaxning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi tushuniladi. Odamlarning bajarayotgan ishini muvaffaqiyatliligini his etishi ikktia hal etuvchi vaziyatlarga ega bo’ladi: haqiqiy natija va ushbu vaziyatvaziyatlarda uning qiziqshlari darajasiga. Ular odam o’z faoliyatida qo’ygan maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofiq muvaffaqiyatga erishishning vositalari, shart-sharoitlari ishlab chiqilgan bo’lib u quyidagi formula asosida beriladi.natija Muvaffaqiyat= qiziqishlar darajasi.

Hozirgi zamonaviy tadqiqodlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-shroitlarni ko’rsatadi: - mutaxassis o’ziga ishongan bo’lishi kerak; -maqsadga erishishga kuchli intilishi kerak;-nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak;-ishga pozitiv yo’nalganlik;-omad alohida mufaffaqiyatlarni ko’ra bilish va shu paytda quvonch va baxtni his etish zarur.

Har qanday kishi o’z oldiga maktab davridayoq yuksak vazifalar qo’ya olishi kerak. U inson maktabda fikrlashni o’rganishi lozim, hayotning mazmuni haqida o’ylashi kerak ( V.P.Zinchenko ) Inson va uning faoliyati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlovchi imkoniyat yaratish orqali mehnatga qiziqish uyg’otish mumkin va uni samara olish tuyg’usini hosil qilishi kerak ( E.A.Klimov )

Insonda qachon mehnat qilishga xohish vujudga keladi? degan savolga qachonki mehnat quvonch keltirganda inson yana ishlashga xohish sezadi(A.Maslou). Agar odam biror ish bilan sidqidildan mashg’ul bo’lishni xohlasa, u o’zining maqsad va qadriyatlarini belgilashi zarur.(A.A.Puzirey)


Download 277.49 Kb.




Download 277.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kasb tushunchasi. Shaxs qiziqishlari va kasb. Kasblarni psixologik tizimlash professiografiyani

Download 277.49 Kb.