|
Masalan: gullar, barglar va hokazo
|
bet | 4/6 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 369,72 Kb. | | #261029 |
Bog'liq 1544075061 73098Masalan: gullar, barglar va hokazo.
Bu guruhda tarbiyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga qaratib boradi. Chunki qirqish va yopishtirishning sifati butun bir ishning, applikatsiyaning sifatiga ta’sir etadi. O‘quv yilining boshida bolalar bilan doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chunki bolalar bu usulni o‘rta guruhda yetarli darajada egallamagan bo‘ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga bo‘lib, qirqib yopishtirishni o‘rgangach, ularning qirqishning ratsional usuli, ya’ni garmoshka usulida qog‘ozni buklab qirqishga o‘rganadilar. Ammo yilning boshida dumaloq shaklidagi predmetlarni qirqishni mustahkamlashga tarbiyachi quyidagi mavzularda ishlar berishi mumkin. Masalan: kuzgi barglar, sabzavot, mevalar, qo‘ziqorinlar va hokazo. O‘quv yili davomida bolalar predmetli applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan: samolyot, raketa, mashinava hokazo. Qog‘ozni garmoshka usulida buklab qirqishga turli hil predmetlarni taklif qilish mumkin. Masalan: bargli shoxcha, gullar, archa o‘yinchoqlari. Shuningdek, dekorativ applikatsiya bo‘yicha ham shar, sochiq, kvadrat, gilam, doira, tarelka va shuningdek tayyor siluetlarni zontik, choynak, fartuk kabilarni bezatishni taklif etish mumkin. Bolalarni simmetrik figuralarni qirqishga o‘rgatishda tarbiyachi simmetrik tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni taklif etadi. Masalan: guldon, nok, kapalak, masxaraboz va hokazo.
Bolalar predmetli, dekorativ applikatsiyadan tashqari mazmunli applikatsiya ham bajaradilar. Masalan: quyonning bo‘g‘irsoq bilan uchrashuvi, qor bosgan uycha, qiz bayroq ushlab turibdi va hokazo. Katta guruhda bolalar o‘z ixtiyorlari bilan ham applikatsiya ishlarini bajaradilar. Bolalar olgan bilim, malakalar asosida o‘zlari mustaqil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar jamoa ishlar bajaradilar. Gullar va afsonaviy qushlar tasvirlangan gilam, sevimli o‘yinchoqlari va boshqalar.
Katta guruhda ham applikatsiya mashg‘ulotida tasvirlash kerak bo‘lgan predmetlarni tahlil qilishga katta o‘rin ajratiladi va unda bolalarni savollar bilan faollashtirilsa, katta guruhlarda esa bolalarni mustaqilligini qo‘proq ta’minlaydi. Tahlil jarayonida bolalar predmetning shakliga, rangiga, turli xil xususiyatlariga e’tibor berishi lozim. Xalq amaliy san’ati asarlarini ko‘rib tahlil qilishga, bolalarga ranglar garmoniyasining go‘zalligini sezishga, ko‘pincha kompozitsiyaning mazmundorligini ochishga o‘rgatiladi. Bu guruhdan namunadan ayrim hollarda, ya’ni ishning yakunini namoyish qilishda foydalanish mumkin. Har bir qirqish usullarini ko‘rsatib berishga maqsadga muvofiq bo‘lmadi. Tarbiyachi ko‘proq bolalarning o‘zlarini faollashtirib, bolalarning o‘zlariga mustaqil ravishda qirqish yo‘llarini, yopishtirish tartibini qidirib topishga undaydi. Agarda yangi qirqish yo‘llari kiritiladigan bo‘lsa, tarbiyachining o‘zi qirqish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Masalan: qat-qat usulida qirqish, ayniqsa, simmetrik figuralarni qirqishda bolalar ancha qiynaladilar. Shuningdek, tarbiyachi ayrim predmetning qog‘ozdagi tasviridan foydalanish mumkin (qo‘l harakatlari bilan yurgizib chiqish). Dastlab tarbiyachi «predmetning yarmi» deb tushuntirish asosida bolalar usulni tushunib yetadilar. Bu guruhda bolalar qog‘ozni qo‘l bilan yirtib, mayda bo‘lakchalardan foydalanib tasvirini hosil qilishga o‘rganadilar. Tarbiyachi bolalarni mustaqil, ijodiy ishlashga o‘rgatib, mazmundor applikatsiya yaratishga, tayyorlov guruhga o‘tgach ularning applikatsiya bo‘limi ancha murakkablashadi. Ular qirqimning yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu usullari - bir necha marta buklangan qog‘ozdan qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. Shu bilan bu guruh bolalarni turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. Shu bilan birga rang spektrining barcha ranglaridan foydalanishga o‘rganadilar.
Siluet qirqish - eng murakkab usullardan biridir. Siluet kiritish jarayonida bola doimo predmetning obrazni xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil qilinayotgan shaklning yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. shuning uchun bolalarni siluet kirishga o‘rgatishni sodda shakllaridan baliqlar, sabzavot, mevalardan boshlash lozim.
К atta guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishda quyidagi vazifalar turadi: Bolalarni to‘g‘ri harakat bo‘ylab qirqish, dumaloq shakllarni va ikkiga buklangan qog‘ozni qirqishga o‘rgatiladi. Bir nechta qismdan tuzilgan predmetlarni hosil qilishga, geometrik shakllaridan chiroyli dekorativ naqsh tuzishga o‘rganadilar. Demak, bu guruhda asosiy vazifa qirqishning xilma-xil usullarini egallashdan iborat ekan. Oldin bu guruhda ham o‘rta guruhdagi kabi mavzularda, faqat qismlar soni ko‘paytirilib qorbobo, qalpog‘i boshida yoki qo‘lida xaltasi bilan, samolyot esa qanotlarida yulduzi bilan va qorboboning yuz qismidan mayda qismlarini: burun, ko‘z va boshqalar. Bu guruhda bolalar ba’zi shakllarni ikkiga buklangan qog‘ozdan, shoxchasi barglari bilan. Bu usullarni ishlatilishi vaqtni ancha tejaydi va chiroyli mazmun yoki kompozitsiyani tayyorlash mumkin. Qog‘ozni ikkiga buklab qirqish, bir-biriga simmetrik shakllarni qirqishni osonlashtiradi. Bu usuldan foydalanib bolalar vaza, barglar, sabzavot va mevalarni shaklini qirqadilar. Katta guruhda bolalar shakllarni qog‘ozning uchini qo‘li bilan tekislab, barmoqlarda qirqishga o‘rganadilar. Katta guruh bolalarning ishlaydigan ish mazmuni shu bolalarda qirqishning ko‘nikma va malakasini rivojlantirishdir. Dekorativ applikatsiya ishlarida esa, bu guruhda faqatgina tayyor geometrik shakllar berilmay, balki xilma-xil o‘simlik shakllaridan barg gullar va boshqalarni elementlari kiritiladi.
Т ayyorlov guruhga o‘tgach, ularning appilikatsiya bo‘limi ancha murakkablashadi ular qirqishning yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu usullar-bir necha marta buklangan qog‘ozdan qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. Shu bilan birga bu guruh bolalarini turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli Applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. Shu bilan birga spektrning barcha ranglaridan foydalanishga o‘rganadilar.
S iluet qirqish - eng murakkab usullaridan biridir. Siluet qirqish jarayonida bola doimo predmetining obrazini xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil qilishayotgan shaklining yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bolalarni siluet qirqishga o‘rgatishni sodda shakllaridan (baliqlar, sabzavot va mevalar) dan boshlash lozim.
Кatta guruh bolalarini applikatsiya qilishga o‘rgatishda qirqimning turli usullarini egal lash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning tasavvuriga asoslangan holda tarbiyachi bolalar bilan naturani, uning qismlari, tuzilishini tahlil qilib, alohida qimlarga ajratib ko‘rsatadi. Namunada bolalar predmetni birinchi marta tasvirlayotgan bo‘lishsa foydalanish mumkin. Uni tahlil qilishni bolalarning o‘ziga topshirish mumkin bo‘ladi. Agar bolalar o‘zlariga tanish predmetni bir necha qismlari bilan tasvirlanayotgan bo‘lishsa, namuna o‘rnini natura bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan, oddiy uyni emas, afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni;
К atta va tayyorlov guruhlarda bir necha namunalardan foydalanib, ko‘rsatish tavsiya etiladi. Chunki bu narsa bolalarning ijodiy faolligini tarbiyalaydi. Bu guruhda bolalar qog‘ozni ingichka buklab simmetrik shakllar qirqishga o‘rganadilar. Bu albatta qiyin usul, shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab tanishtirishda qog‘ozni buklab chizilgan kontur berishni tavsiya etadi. Bolalar bu usulni egallab olgach ularni qunt bilan chamalab qirqishga o’rgatiladi.
К atta guruhda jamoa bo‘lib applikatsiyalar bajariladi. Masalan: «Akvariumdagi baliqlar», «O‘tloqdagi gullar», «Ko‘chadagi uy va mashinalar». Har bir bola ishning qaysidir qismini bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fondga birlashtiriladi. Tarbiyachi ishni bolalarni hoxishiga qarab taqsimlaydi. Ba’zi jamoa ishlarni bajarishda bolalar 4-5 ta bo‘lib, guruhchalarga birlashishadi.
|
| |