Reja: Kirish: Asosiy qisim




Download 21.6 Kb.
bet1/6
Sana10.04.2023
Hajmi21.6 Kb.
#50021
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5300826938548430796
Saburbayeva Zuxra, 1. Xotirani zaxiralash. Xotirani statik va dinamik taqsimlash o‘, Yulduz , Казакбаева Шахноза, uch yoq, pikir, “Tarmoq xavfsizligi” fanidan test savollari (2), 001QAYTA O‘ZLASHTIRISH UZB taza, 000002MUSTAQIL ISH titl, O3bNVK1PZITnGkq7lclvnVJ9rk5tTrZl4LIt9B0f, bUDTwVS2Pix3m2GlkrZkb2yFxgn1KJWBxQb2PTh8, mutolaa, Algoritm-4, 10-sinf-Tarbiyaviy-soat-konspekt


Telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniya uchun Oʻzbekiston respublikasi telekommunikatsiya bozorini oʻrganish va tahlil qilish. Materiallarni tayyorlab, kompaniya uchun istiqbolli marketing dasturini tuzish

Reja:

Kirish:
Asosiy qisim:
1) Marketing boʻlimlari funksiyalari va vazifalari;
2) Telekommunikatsiya sohasida marketing tadqiqotlari;
3) Kompaniyaning xizmatlari tarif setkalari tahlili;
4) Kompaniyaning reklama dasturini ishlab chiqish;
5) Marketing strategiyasini va taktikasini ishlab chiqish
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish:
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to’rtta marketingni muqobil maqsadlarga ajratiladi.
1.Iste’mol darajasini oshirish;
2.Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;
3.Iste’mol tanlovini maksimallashtirish;
4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish.
Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o’sishga olib keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni kamayishiga olib keladi.
Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan tovar (xizmat) xossalariga to’liq mos kelishiga erishishni ko’zlaydi.
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday tovar (xizmat)larni turli xillarini ko’rsatib, ularning xodimlariga to’liq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo’lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash va tovar (xizmat) narx bo’yicha maqbul bo’lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan sifatni anglatadi.
1) Marketing boʻlimlari funksiyalari va vazifalari;
Marketingning asosiy tamoyillari:
Iste’molchiga yo’naltirilganlik.
Kelgusiga yo’naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo’ljalni olgan bo’lishi kerak.Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo’naltirilganlik.Marketing faoliyati natijasi o’lchamli bo’lishi kerak (bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o’sishi).Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
iste’molchilarga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish kerak;
bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarni muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashkil etish kerak;
firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga kontsentrlashganini kuchaytirish;
marketing kontseptsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash;
korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish; tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o’zaro ta’sirini ushlab turish;
tovar bozori yoki firma imiji (obro’yi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat. Marketing-menejment funktsiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o’rganadi.
Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa funktsiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funktsiyalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi. Marketingning vazifalari. Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;
tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
bozorni egallash;
rentabellik;
moliyaviy barqarorlik;
ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;

Download 21.6 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 21.6 Kb.