• Xulosa
  • Reja: Kirish Asosiy qism Shaxta maydonini ochish




    Download 58.47 Kb.
    bet1/4
    Sana13.04.2023
    Hajmi58.47 Kb.
    #50943
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olishnin
    2 5292216474012753312, 2-маъруза (2), 3-маъруза, Shpur va skvajinalarni burg’ilash., AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI, Davranov Nodirbek ekologiya

    Mavzu: Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish.


    Reja:


    Kirish
    Asosiy qism
    1. Shaxta maydonini ochish.
    2. Shaxta maydonini qazishga tayyorlash.
    3. Shaxta maydonini qazib olish ishlari.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish.
    Rudali konni yoki uning bir qismini (rudali yoki shaxtali maydonning) qazish uchun yer osti koni deb nomlanuvchi kon qazish sanoat korxonasi barpo etiladi. Kon bitta yoki bir nechta ishlab chiqarish-xo‘jalik birliklariga – shaxtalarga ega bo‘lishi mumkin, qaysiki ularning har birida yer osti usulida rudani qazib olish amalga oshiriladi. Kon tushunchasi o‘z ichiga kon tarmog‘ini (yer qa’rining unda mavjud bo‘lgan rudali qatlamlarni sanoatda ishlash uchun mo‘ljallangan qismi), yer usti inshootlarini, yer osti kon lahimlarining barchasini, kon mashinalari va komplekslarini, energetik qurilmalarni va rudaning yer osti qazib olinishini ta’minlovchi ishchilar jamoasini qamrab oladi. Kon tarmog‘iga kiruvchi va ishlanishi lozim bo‘lgan konning balansli zaxirasi kon maydoni, alohida shaxtali ishlanishi lozim bo‘lgani – shaxtali maydon deyiladi.
    Yaqin joylashgan bir nechta er osti konlari va karerlari (ochiq usulda qazib oluvchi kon qazish korxonalari), boyitish fabrikasi, ko‘pincha esa metallurgiya zavodi ham yagona sanoat korxonasiga – kon qazish, kon-boyitish, kon-metallurgiya kombinatlariga yoki ishlab chiqarish birlashmasiga birlashadi.
    Kon qazish korxonasi uchun boshlang‘ich xom-ashyo bo‘lib ruda hisoblanadi, belgilangan narxlar qo‘yilgan mahsulot esa so‘nggi mahsulot bo‘lib hisoblanadi. SHu sababli rudali massa ham so‘nggi mahsulot bo‘lishi mumkin, agar unga narxlar belgilangan bo‘lsa, va kon ham xo‘jalikli mustaqil birlik hisoblanadi. Agar narx konsentratga belgilangan bo‘lsa, unda boyitish fabrikasi va alohida sexlar kabi kondan iborat kombinat yoki ishlab chiqarish birlashmasi xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘ladi. Va nihoyat, agar narx xomaki metallga belgilangan bo‘lsa, unda ishlab chiqarish birlashmasi (kombinat) metallurgiya zavodini ham xuddi sex kabi o‘z ichiga oladi.
    Zamonaviy yer osti koni — bu yirik yuqori mexanizatsiyalashgan sanoat korxonasi. Rangli metallurgiyada unumdorligi 100—300 ming. t/yil gacha bo‘lgan yer osti konlari kichik konlar va unumdorligi 1,5—3 mln t/yil bo‘lgan konlar yirik konlar hisoblanadi, qora metallurgiyada va kon-kimyo xom-ashyosini(apatitlar, Konnning xizmat muddati, odatda, 30-60 yil va undan ortiqni tashkil etadi. Eski konlarni kengaytirishga va qayta ta’mirlashga harakat qilinadi.
    Har bir konda yer osti lahimlari tarmog‘ining masofasi o‘nlab kilometrlar bilan o‘lchanadi, ba’zan esa yuzlab kilometrdan oshib ketadi. O‘zimizdagi yer osti konlarini qazish chuqurligi 1200—1800 m gacha yetadi, 300 dan 700—800 m gacha o‘zgarib turadi. Kanadada chuqurligi 2600 m gacha bo‘lgan konlar, AQSHda - 3000 m gacha, Hindistonda - 3250 m gacha, Janubiy Afrika Respublikasida hatto 3850 m.gacha bo‘lgan konlar mavjuddir.

    Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun konchilik korxonasi
    tuziladi, uning tarkibiga rudnik, shaxta, karer va ba'zan boyitish fabrikasi
    ham kiritiladi.
    Rudnik - maxsus hujjat bilan ajratilgan yer usti va yer osti uchastkasida
    joylashgan, konni qazib oluvchi konchilik korxonasi bo'lib, bitta yoki bir
    nechta ishlab chiqarish birligi - shaxtalar, shtolnyalar, karerlar va xizmat
    ko'rsatuvchi yordamchi sexlardan iborat bo'lgan konchilik korxonasiga
    aytiladi. Rudnik korxona sifatida yagona ma'muriy-texnikaviy boshqarmaga
    ega.
    Shaxta - konchilik korxonasining mustaqil ishlab chiqarish birligi
    bo'lib, yer osti usulida unga ajratilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismida
    foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini amalga oshiradi.
    Konning bir qismini rudnik shaxta yoki karer qurish uchun ajratilgan
    maydonini tegishlicha rudnik, shaxta yoki karer maydoni deb aytiladi.
    Ayrim holda rudnik maydoni bittagina shaxta maydonidan iborat bo'lsa,
    u holda shaxta va rudnik haqidagi tushuncha bir xil bo'ladi.

    Download 58.47 Kb.
      1   2   3   4




    Download 58.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish Asosiy qism Shaxta maydonini ochish

    Download 58.47 Kb.